Navoi davlat pedagogika instituti "matematika va informatika" fakulteti "informatika" kafedrasi "informatika o


Startap loyihalarning oddiy kichik biznes loyihalardan farqi



Download 132,45 Kb.
bet2/3
Sana22.04.2022
Hajmi132,45 Kb.
#573742
1   2   3
Bog'liq
KURS ISHI[1]

Startap loyihalarning oddiy kichik biznes loyihalardan farqi
Bugungi kunda jahondagi eng yirik internet-kompaniyalar sanalgan Google, Amazon, Facebook kabilar ham o'z vaqtida oddiygina startap bo'lishgan. Hozirda esa, ularga o'xshagan yirik "akulalar" kichkina hamda kelajakda istiqboli bor startaplarni tinmay sotib olishmoqda. Bu narsa startap egalariga ham yoqadi, chunki endi uning startap firmasi yirik va ishonchli qo'llarda, bundan tashqari bir necha million dollar pul ham ishlab olishmoqda. Bir paytlar Internetda startaplar haqida o'qib qolganimda, shunday fikrga ko'zim tushgandi: startap egalari o'zlariga tez-tez "Google bizni qachon sotib olarkin?" degan savollarni berisharkan. Ushbu blog postni yozishimga ikki narsa sabab bo'ldi: birinchisi — Dropbox tomonidan Mailbox electron pochta servisining, ikkinchisi — LinkedIn tomonidan Pulse yangiliklar aggregatorining sotib olinayotgani haqidagi yangiliklar. Shunday qilib, butun dunyoga mashhur bulutli servis egasi — Dropbox kompaniyasi iPhone uchun elektron pochta dasturini ishlab chiqqan Mailbox'ni sotib olganligini ma'lum qildi. Dropbox blogida yozilishicha, Mailbox'ni sotib olishga sabab — har ikkala servis ham o'z oldiga o'xshash maqsadlarni qo'yishgan. "Dropbox servisi sizning kompyuteringizdagi papkalarning o'rnini bosmaydi — aksincha, ularni yanada yaxshiroq qiladi. Mailbox ham xuddi shunday, u elektron pochtaning o'rnini bosmaydi — lekin, uni yaxshiroq qiladi". Xarid qiymati ommaga oshkor qilingani yo'q, shunday bo'lsa-da TechCrunch texnoblogi anonim manbalarga tayanib xabar qilishicha, ushbu xarid Dropbox'ga 100 million dollarga tushgan. Mazkur dastur ustida ish olib borayotgan 14 ta dasturchining hammasi endilikda ishni Dropbox jamoasi bilan davom ettiradi. Endi quyidagi gaplarni diqqat bilan o'qing. Mailbox dasturi 2013-yilning fevral oyida (!) chiqarilgan bo'lib, u Gmail elektron pochta qutisidagi xatlar bilan ishlash uchun mo'ljallangan. Ana, ko'ryapsizmi, dastur ishga tushganiga hali ikki oy bo'lmasdan, u 100 million dollarga sotilmoqda. Ikkinchi yangilik esa Pulse yangiliklar aggregatori haqida. Shaxsan o'zim Pulse'dan bir-ikki marta foydalanib ko'rganman, lekin internet-trafikni ko'p yevorgani uchun foydalanmay qo'yganman. Shunday bo'lsa-da, menga ularning yangiliklarni bir joyga yig'ish, ularni boshqarishga nisbatan ajoyib yondashuvi yoqqandi. Mana, kuni-kecha LinkedIn ishbilarmonlar tarmog'i Pulse'ni sotib olayotganligi haqida xabar chiqdi. Turli xabarlarga ko'ra, xarid qiymati 50-100 million dollarga baholangan. Bundan tashqari, Pulse'ni qo'lga kiritish uchun Microsoft va Yahoo ham kurashgan, ammo g'alaba LinkedIn tomonidan bo'lgan. Eslatib o'taman, LinkedIn so'nggi yillarda startaplarni sotib olishga ancha-muncha mablag' sarflamoqda. Xususan, u taqdimot ishlari uchun mo'ljallangan SlideShare servisini 119 million dollarga, aloqalar ro'yxatini boshqaruvchi Rapportive servisini 15 million dollarga sotib olgandi. Pulse ilk marta 2010-yilda iPad uchun chiqarilgandi. Keyinchalik uning barcha iOS-qurilmalar uchun hamda Android-versiyalari chiqarildi. 2013-yilning boshiga kelib uning foydalanuvchilari soni 20 milliondan oshib ketdi. Yuqorida men hikoya qilgan startaplar dengizdan bir tomchi xolos. Dunyoda har kuni bunday xaridlardan bir nechtasi amalga oshiriladi. Shunday ekan, siz ham harakat qiling, kallangizni ishlating. Odamlar uchun kerakli, ular foydalanadigan, ular qiziqadigan servis yarating. Ajab emas, biror kun kelib sizning startapingizni ham yirik "akulalar" sotib olishi mumkin! So'ngi yillar davomida biznesning Startup turkumiga kiruvchi katta va kichik loyihalar haqida ko'plab eshitishimiz mumkin. Oddiy odamlarga Startup nima deb so'rasang qaysidur botanik uyda o'tirib yangi biznes idea o'ylab topib qisqa vaqtda milliarder bo'lib ketgani haqidagi hikoyalarni havas bilan aytib berishadi. Oddiygina talaba yotoqhonada hozirda bir necha yuz milliard dollarga baholanadigan Facebookni yaratgani, yoki garajda oyoq yalang yurib "Apple" kompaniyasini yaratgan Stiv Jobs haqidagi filmlarni tomosho qilib ofisdagi ishini tashlab o'z Startup loyihalarini boshlaganlar ham kam emas. Bizning olamimiz Startup larga to'la va biz ular bilan yashaymiz, ammo har kim ham Startup aslida nima va nega bazi loyihalar shunday atalishini tushunavermaydi. Startup tushunchasi inglizcha "startup, startup company" atamasidan kelib chiqgan bo'lib, qandaydur qoyilmaqom biznes ideani hayotga tadbiq qilish va buning ortidan katta daromad orttirish maqsadida boshlangan loyihalarga aytish mumkn, odatda bunday loyihalar 2-5 kishidan tashkil topgan kichik guruhlar tomonidan olg'a suriladi. Hozirgi kunda esa Startup loyiha deganda albatta qandaydur zamonaviy tehnologiyalar ishtirokidagi jarayon natijasida katta daromadni ko'zlagan loyihalarni tushunish mumkin. Ushbu nom bilan atalishga loyiq deb topilgan loyihalar esa albatta insonlarning qaysidur muommosini hal etishi yoki kundalik yumushini yengillatishi lozim. Albatta har qadnay yangi biznes ham Startuplar sirasiga kirmaydi, quyida Startup lohalarning oddiy kichik biznesdan farqi keltirib o'tilgan:
Betakrorlik - sizning loyihangiz hech qachon boshqalar tomonidan ishga tushurilmagan loyiha bo'lishi lozim, agarda shunchaki boshqalar faoliyat yurutayotgan odatiy biznesni ko'chirma qilmoqchi bo'lsangiz sizning loyihangiz Startup loyiha emas, startup loyihalar ostida yotuvchi idea bu nimadur yangi yaratish yoki avvaldan bor narsani yangilashi lozim.
Qamrov maydoni - oddiy kichik biznes bu boshqaruvchi tomonidanbelgilangan ma'lum bir chegaralardan chiqmasdan faoliyat yurutadi. Startup loyihalar esa hech qachon o'z faoliyat doirasini chegaralamaydi, uning maqsadi imkon qadar kengroq rivojlanish.
Chiqish strategiyasi - oddiy kichik biznesning kelajagi bir necha 10 yillab davom etadi va odatda bir kishiga tegishli boladi yoki meros sifatida avlodlarga qoldiriladi. Startup loyihalarda esa eng boshidan reja loyiha keraklicha rivojlantirilgach yaxshigina daromad evaziga boshqa sotib yuborish yoki IPO sifatida fond birjasiga qimmatli qozg'ozlar shaklida bo'laklarga bo'lib sotiladi. Maqola so'ngida Startup loyihlar haqida takidlab o'tishimiz lozim bo'lgan muhum masalardan biri bu Startup loyihalarning har kuni 10 lab o'ylab topilishi va odatda ko'pgina Startuplar mag'lubiyatga uchrab qisqa muddatda yo'qolib ketishidadir. Statistik ma'lumotlarga qaraganda yashab qolish va muvaffaqiyatga erishish bahtiga har 10 tadan bittagina Startup loyiha erisha olarkan. Startup – hali qilinmagan innovatsion biznes g’oya. U boshqa biznes g’oyaga o’xshamagan, noyob imkoniyatlarga ega hisoblanadi. Startup - bu noyob mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqish va uni bozorga chiqarish uchun bir yoki bir nechta tadbirkor tomonidan tashkil etilgan yosh kompaniya. O'zining tabiatiga ko'ra, odatdagi startap asoschilar yoki ularning do'stlari va oilalari tomonidan dastlabki mablag' hisobidan kichik operatsiyasiga aylanadi. 
So'nggi bir necha yil ichida IT-startaplar juda mashhur bo'lib, tez-tez muhokama qilinmoqda. Biroq, har doim ham emas, balki har kim ham ushbu kontseptsiyaning mohiyatini tushuntirmaydi. Ushbu maqolada biz startaplar nima ekanligini, ular boshqa biznes turlaridan qanday farq qilishini, shuningdek qaysi shaklda va kim tomonidan yaratilganligini tushunamiz. Ko’plar aytishadi: men startup qilyabman, lekin aslida bu startup kontseptsiyasiga ega emas, aslida bu oddiy biznes loyiha. Masalan deb bemalol ayta olaman aynan “
Download 132,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish