NAVBAHOR TUMAN XALQ TA’LIMI BO`LIMIGA QARASHLI 20-UMUMIY O`RTA TA’LIM MAKTAB DIREKTORINING
BUYRUG`I
2022-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj,ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o`rinlarini eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo`yish to`g`risida.
O`zbekiston Respublikasining 2020 yil 20-oktyabrdagi O`RQ-642-son “Aholi bandligi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasi, “Nogironligi bo`lgan shaxslarning huquqlari to`g`risida”gi Qonunning 43-moddasi,O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3001-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5-dekabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o`rinlarini band qilib qo`yish tartibi to`g`risida”gi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan, tuman Aholi Bandligiga ko`maklashish markazining 2021-yil 15-sentyabrdagi 18/06-01/14-1026-sonli xati hamda tuman hokimligining 2021-yil 23-oktyabrdagi 79-5-73-Q/21-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida
BUYURAMAN:
1. Tuman Aholi Bandligiga ko`maklashish markazining 2021-yil 15-sentyabrdagi 18/06-01/14-1026-sonli xati hamda tuman hokimligining 2021-yil 23-oktyabrdagi 79-5-73-Q/21-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. O`zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to`g`risida”gi Qonunga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj,ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun o`rin ajratilsin.
3. “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o`rinlarini band qilib qo`yish tartibi to`g`risida”gi Nizomni tasdiqlash haqidagi 965-sonli qarori hamda tuman hokimligining 2021-yil 23-oktyabrdagi 79-5-73-Q/21-sonli qarorining 1-ilovasiga asosan 2022-yil uchun belgilangan 2ta ish o`rni uchun 14 yoshgacha bolalari va nogiron bolalari bo`lgan yolg`iz ota,yolg`iz ona va ko`p bolali ota-onalar va umumiy o`rta,kasb-hunar ta’limi muassasalarini tamomlagan yoshlar,oliy ta’lim muassasasini davlat granti bo`yicha ta’lim olgan bitiruvchilar uchun ajratilsin.
4. Maktab direktori va kadrlar bilan ishlash mas’ul xodimiga:
- Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5-dekabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o`rinlarini band qilib qo`yish tartibi to`g`risida”gi 965-sonli qaroriga muvofiq ko`rsatilgan ish o`rinlarini tashkil etish;
- O`zbekiston Respublikasi aholini ish bilan ta’minlash to`g`risidagi qaroriga asosan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ish bilan ta’minlash maktabning umumiy miqdorining 25 %ni ajratish band etish;
- 14 yoshgacha bolalari va nogiron bolalari bo`lgan yolg`iz ota,yolg`iz ona va ko`p bolali ota-onalarva umumiy o`rta,kasb-hunar ta’limi muassasalarini tamomlagan yoshlar,oliy ta’lim muassasasini davlat granti bo`yicha ta’lim olgan bitituvchilarga ish o`rni ajratish:
- har bir kvota toifasi bo`yicha ish o`rinlarini band qilib qo`yiladigan kasblar va lavozimlar ma’lumotlarini buyruq nusxalarini tuman hokimligi Bandlikka ko`maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining belgilab berilgan kvota ish o`rinlarini bajarish vazifasi topshirilsin va taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
5. Ushbu buyruqning bajarilish nazoratini o`z zimmamda qoldiraman.
Maktab direktori V.Sanaqulov
Navbahor tumani
2021 yil 16-dekabr
№ 137
Do'stlaringiz bilan baham: |