26. O’quvchilar sovg’alarni bog’lash uchun 4m 50 sm tasma sotib olishdi. Agar har bir sovg’aga 150 sm tasma sarflansa , nechta sovg’a bog’langan?
27. Ikkita bir xil yuk mashinasi sement tashidi . Birinchi mashina 13 marta , ikkinchi mashina eas 17 marta tashidi. Bunda birinchi mashina 78 t sement tashidi. Ikkinchi mashina necha tonna sement tashigan?
28. Kitob 240 betdan iborat . Har kuni 6 betdan o’qilsa , kitobni necha kunda o’qib tugatish mumkin?
29. Qo’ylar kuniga 5 kg yem yesa , 900 kg yem qo’ylarga necha kunga yetadi?
30. Do’konda go’sht 55000 so’m turadi. Durdona 220000 ming puliga qancha go’sht olishi mumkin?
To’rt amallarga doir masalalar.
7 ta qatorning har biriga 24 tadan pomidor ko’chati ekildi.So’ng bu qatorlarning har biriga yana 8 tadan qo’shimcha ko’chat ekildi. Jami necha tub ko’chat ekilgan?
Saodat bir son o’yladi. Uni oldin 15ga ko’paytirdi,so’ng uni alohida yana 45ga ko’paytirdi. Natijalarni qoshganda 1500 hosil bo’ldi.Saodat qaysi sonni o’ylagan?
Ishchi bir soatda 17 ta detal , shogirdi esa 12 tadetal tayyorlaydi.Ular 7 soat davomida birgalikda qancha detal tayyorlashadi?
Teatr chiptasi kattalar uchun 25000 , bolalar uchun 12000 so’m turadi.Agar oilada ikkita kattalar va uchta bolalardan iborat bo’lsa , bu oila teatr chiptasi uchun qancha to’lasi lozim?
Sinfda 30 ta o’quvchi bor. Agar sinfda qizlar 3 kg dan, o’g’il bolalar 5 kgdan makulatura yig’ishsa , sinf bo’yicha jami 122kg makulatura yig’iladi. Sinfda nechta o’g’il va nechta qiz bolalar o’qiydi?
Velosipedchilar birinchi kuni 154 km , ikkinchi kuni birinchi kundagidan 23 km ko’p, uchinchi kuni esa ikkinchi kundan 13km kam masofani bosib o’tdilar. Velosipedchilar uch kunda qancha masofani bosib o’tishgan?
Avtomabil 240km yo’lni 4 soatda bosib o’tishi kerak eda . Lekin avtomabil tezligi 20 kmga oshirildi. Avtomabil manzilga qancha vaxt oldin yetib keladi?
Ali , Soli va Vali tarozida o’z vaznlarini o’lchashdi. Ma’lum bo’lishicha, Ali bilan Solining vazni birgalikda 57 kg , Solining bilan Valining vazni 56 kg, Ali va Valining vazni 61 kg ekan.Har bir bolaning vazni qancha ekanligini toping?
Tikuv sexida har biri 30 m dan bo’lgan 9 to’p va har biri 40 m dan bo’lgan 13 to’p mato bor edi. Bu matoning 243 metri ishlatildi. Sexda necha metr mato qoldi?
Sayohatchi bir shahardan ikkinchi shaharga bormoqchi.U oldin avtomabilda 70km/h tezlikda 2 soat yo’l bosdi. So’ng piyoda 4 soat 5 km/h tezlik bilan yurdi. Shuda ikkinchi shahargacha yana 14 km yo’l qoldi. Bu shaharlar orasidagi masofa qancha?
Bir o’ram elektr simidan oldin 14 m , so’ngra yana 12 m kesib olindi. Shundan keyin o’ramda 15m sim qoldi. O’ramda oldin necha metr sim bo’lgan?
Qopdagi kartoshkadan birinchi kuni 12 kg , ikkinchi kuni 50kg ishlatildi. Qopda 31 kg kartoshka qolgan bo’lsa,oldin qopda necha kg kartoshka bo’lgan?
Oshxonada 60 kg karam bor edi. 4 kun har kuni 12 kg dan , qolgan karam esa keying uch kunda kuniga baravardan ishlatildi. Keyingi 3 kunda necha kilogrammdan karam ishlatilgan?
10 ta yashikka 7 kg dan, 3 ta yashikka esa 10 kg dan pomidor joylandi. Bu yashiklarga hammasi bo’lib necha kilogram pomidor joylangan?
Oromgohda 3 ta katta yotoqxona va 4 ta kichik yotoqxona bor.Katta yotoqxonalarning har biriga 16 tadan, kichik yotoqxonalarning har biriga esa 9 tadan karavot qo’yilgan . Bu yotoqxonalarga hammasi bo’libnechta karavot qo’yilgan?
Bolalar bog’chasining bir guruhida 25 ta , ikkinchisida esa 23ta bola bor. Bu guruhlardagi har bir bolada 2 tadan pufak berish uchun nechta pufak kerak bo’ladi?
Uchib ketayotgan g’ozlar soniga yana shuncha qo’shib, chiqqan natijaga yana 10 ni qo’shsak umumiy g’ozlar soni 100 ta bo’lsa , uchib ketayotgan g’ozlar nechta bo’lgan?
Odilning bir nechta daftari bor. Komilning daftarlari esa odilnikidan ikki marta ko’p.Ularning hamma daftarlari 36 ta bo’lsa , bolalarning har birida nechtadan daftari bo’lgan?
Bobo 60 yoshda , ota bobodan 25 yosh kichik . Nabiraning yoshi , boboning yoshidan 10 marta kichik bo’lsa, bobo , ota va nabiraning umumiy yoshi nechada?
O’quvchilar maktab bog’iga 10 tub gilos ko’chati, gilos ko’chatlaridan 3 marta ko’p shaftoli , gilos hamda shaftoli ko’chati qancha bo’lsa , Shuncha olma ko’chati o’tqazishgan.O’quvchilar necha tup olma ko’chati o’tqazishgan?
Parranda fabrikasi do’konlarga 6000 dona tuxum yetkazib berish kerak . Har birida 350 dona bo’lgan 10 yashik va har birida 150 dona bo’lgan 4 yashik tuxum jo’natildi. Do’konlarga yana qancha tuxum yetkazib berishi kerak?
Qadoqlangan choyning massasi qutisi bilan birga 130g. 38 ta qutidagu choyning massasi 3800 g bo’lsa , jami qutilar massasini toping.
Duradgorda 9 ta yog’och taxta bor edi. U bir nechta taxtaning har birini 5 bo’lakka bo’lib arraladi. Shunda unda taxtalar soni 33 ta bo’lib qoldi. Duradgor nechta taxtani bo’laklarga bo’lib arraladi?
Tog’ga chiqishga jami 2 soat 45 minut , tog’dan tushishga esa 1 soat 35 minut sarfladi. Bu sayohatuchun jami qancha vaxt sarflandi?
Korxonada 2 kunda 1424 ta o’yinchoq tayyorlandi. Har kuni bir xilda tayyorlansa , 3 kunda nechta o’yinchoq tayyorlanadi?
Har bir xaltachaga 6 tadan , har birqutiga 5 tadan olma solindi. Hamma olmalar soni 27 ta bo’lsa , nechta xaltacha va nechta qutiga olma solingan ?
Do’konga 310 ta xonbaliq va 370 ta zog’ora baliq keltirildi. Har kuni 150 tadan baliq sotilsa, 3 kundan keyin nechta baliq qoladi?
Do’konga 2340 ta non keltirildi . Tushgacha olib kelingan nondan 3 marta kam , tushdan keyin qolgan non sotildi. Tushdan keyin qancha non sotildi?
Eldor uyiga birinchi kun 12 yashik , ikkinchi kuni xuddi shunday 9 yashik pecheniy olib keldi. Agar bir yashik pecheniy 12000 so’m tursa u ikki kunda qancha pul sarflagan?
Sportchi toq kunlari 3km, juft kunlari 2 km yuguradi. Sportchi bir haftada necha kilometr yuguradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |