Natural english



Download 0,65 Mb.
bet13/92
Sana29.01.2022
Hajmi0,65 Mb.
#418133
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92
Bog'liq
Jumanazar Khushbekov 0-2

3-qoida. Yosh bolalar bir-ikki yoshdan gapirishni boshlashadi. Ular 1-2 yil kechalari bilan grammatika o‘rganib chiqishadimi? Aslo yo‘q. Chet elda bir necha yil yurganlar qanday qilib o‘sha tilni yaxshi o‘rganib ketadi? Har ikkalasida ham qobiliyat umuman ahamiyatga ega emas (menimcha, har birimiz, albatta, biror sohada qobiliyatlimiz).
Xo‘sh, ular buni qanday eplaydi?
Yosh bolalar ko‘p eshitishadi. Eshitish yordamida ongostida (ingliz tilida subconsciously) gaplarning tuzilish shakllari o‘rnashib qoladi. Shu sababli ular keyin osonlik bilan gapira olishadi.
Yoshi katta o‘rganuvchilar esa o‘rgangan tilini tezda amalda qo‘llaydi, shu sababli chet davlatda yashayotganlar o‘sha mamlakat tilini oson o‘rganishadi.
Tadqiqot darslarda mana shu holatlar e’tiborga olinsa va zarur sharoit yaratilsa, 6 oy davomida ong ostida gap shakllari mustahkam o‘rnashib qolishini, bu esa tilni osonlik bilan o‘zlashtirishga olib kelishini ko‘rsatdi.
Demak, yana bir qoida yaratamiz. Bu qoidamiz 3 qismdan iborat.
1. Tinglang. 2. Tinglang. 3. Tinglang.
6 oy davomida ingliz tilini faqat eshiting. Yosh bolalar asosan oson va tushunarli bo‘lgan gaplarni eshitadi. Siz ham osongina, tushunarli nutqlarni tinglang.
*Agar mazkur kitobdagi darslarimizning so‘zlarini tushunmasangiz, tinglash payti tarjimasiga qarab boring.
Toki kitobga qaramasdan bemalol tushuna oladigan darajaga yetguningizcha tarjima hamrohligida tinglang. Esingizda tursin, 6 oy mobaynida shunchaki darsdan darsga o‘tib ketaverish maqsadga muvofiq emas. Shu olti oy davomida o‘zingizni ingliz tilini o‘rganishda erishajak g‘alabangizga to‘liq bag‘ishlang!
3-darsning xulosasi: Tinglang! Tinglang! Tinglang!
4-qoida. Nima uchun shuncha ko‘p odam ingliz tilida gapira olmaydi? Men o‘z tajribam hamda izlanishlarim natijasida bitta xulosaga keldim: ular har bir darsni chuqur o‘rganishmaydi. Bugun bir mavzuni, ertaga ikkinchisini o‘rganib ketaveradi. Chuqur o‘rganish – bu ingliz tilini o‘rganish uchun asosiy kalit hisoblanadi.
Demak, darslarimizning har birini ko‘rsatilgandek eshiting. Ya’ni har bir darsni kamida 7 kun yoki 10 kun, kuniga kamida 1 soatdan vaqt ajratib, 20 martadan 30 martagacha (imkon bo‘lsa, yanada ko‘proq) eshiting. 40 marta tinglasangiz, juda zo‘r. 50 marta bo‘lsa, super. Shoshilmang. Sekin-sekin ildamlang. Sekin bo‘lsa-da, chuqur o‘rgansangiz, yaxshi gapirib ketasiz. Birdaniga ko‘p dars eshitish kerak emas.
4-qoidaning xulosasi: chuqur o‘rganing.
5-qoida. Grammatikani hikoyalar yordamida o‘rganing. Bizning mashg‘ulotlarimizda POV darslari deb nomlangan darslar bor. Bu darslarda bir hikoya turli zamonlarda, masalan, avval o‘tgan, keyin kelasi, so‘ng hozirgi zamonda beriladi. Bir hikoyani har xil zamonda eshitaverganingizdan keyin o‘z-o‘zidan ingliz tilida zamonlardan to‘g‘ri foydalana boshlaysiz. Shu tarzda grammatikadan testlarni ham osonlik bilan yechasiz va yuqori ko‘rsatkichlarga erishasiz.
5-qoidaning xulosasi: POV hikoyalaridan foydalaning.
6-qoida. Men ingliz tilim juda zo‘r deb o‘ylar edim. Toshkentga o‘qishga kelganimda amerikalik hamda avstraliyalik ingliz tilida gapiruvchilarni uchratib qoldim. Ingliz tilini qanchalik yaxshi bilmayin, ular bilan umuman gaplasha olmadim. Chunki ular juda tez gapirishardi, tushunib ulgurmasdim. Men biladigan salomlashish usullaridan umuman foydalanishmasdi. Boshqacha gapirishardi. Sezdimki, biz o‘rganayotgan va ular gapiradigan ingliz tili ancha farqli. O‘rganayotgan ingliz tilimiz haqiqiy amerikaliklar yoki avstraliyaliklar, britaniyaliklar gapiradigan jonli til emas, balki soxta bir narsa ekan. Siz haqiqiy ingliz tilini o‘rganing. Tezkor suhbatlar grammatikani tahlil qilib o‘tirishingizni kutmaydi. Siz birdaniga ingliz tilida o‘ylashni o‘rganing. Buni keyingi qoidamda tushuntirib ketaman.
6-qoidaning xulosasi: haqiqiy ingliz tilini o‘rganing, kitoblarda yozilgan soxta tilni emas. U ingliz tili sizga umuman kerak bo‘lmaydi.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish