2-qoida.
Ko‘pchilik ingliz tilini o‘rganishdan asosiy maqsad
gaplashish, muloqot qilish ekanini unutib qo‘yadi. Buning
oqibatida faqat «grammatik olim»lar yetishib chiqmoqda.
O‘zim 11 yil davomida ingliz tilini o‘rganib «grammatik
olim» bo‘lgan edim. Darslarda grammatika qoidalari bobida
kursdoshlarimni, hatto ba’zan universitet o‘qituvchilarini ham
mot qilib qo‘ya olardim. Lekin shunchalik kuchli grammatika
ham erkin gapirishga yordam bera olmagan. Bu hol faqat menda
emas, balki dunyo bo‘ylab juda ham ko‘plab o‘quvchilarda
takrorlanyapti. Ushbu kitob esa «grammatik olimlar» emas, balki
ingliz tilida erkin gaplasha oladigan odamlarni tarbiyalashga
mo‘ljallangan.
2-qoidaning xulosasi:
grammatik qoidalarni o‘qishni
to‘xtating. Grammatikasiz to‘g‘ri gapirish mumkinmi? Mumkin.
Qanday deysizmi? Birozdan so‘ng bilib olasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |