58
Февраль 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА МИЛЛИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
TEXNOLIGIYA FANIDAN TO‘GARAKLARNI TASHKIL QILISH
Yo’ldashova Gulbaxor Komilovna
Shovot tumani 38-son maktab o‘qituvchisi
Telefon: +998 (91) 424 86 82
gulbaxorkomilovna_8682@inbox.uz
Annotatsiya:
Ushbu maqola texnologiya fanidan to‘garaklarni STEAM ta’limi asosida
to‘garaklarni tashkil qilish haqida.
Kalit so‘zlar:
Mexatronika, robototexnika, to‘garak, zamonaviy kasblar, dasturlash.
Texnologiya ta’limining muhim jihati shundaki, texnologiya ta’limi barcha fanlarda
o‘quvchilarning egallagan bilimlarini amalda ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari,
texnologiya fanining asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarga kasblar haqida to‘liq ma’lumot
berish va ularni kasb- hunarga yo‘naltirish hisoblanadi. ”Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv
dasturi”ning ishlab chiqilishi texnologiya darsi dasturiga tub burilish bo‘ldi. Bunda sinflar kesimida
dasrlarning uzluksizligi ta’minlanganligi, “Mexatronika, robototexnika” bo‘limlarining kiritilishi
juda muhimligi bilan ajralib turadi.Texnologiya faniga yangidan kiritilgan “Mexatronika va
robototexnika” bo‘limlari o‘quvchi yoshlarni kelajak hayotga tarbiyalashda, zamonaviy kasblarni
egallashlarida muhim o‘rin tutadi.
O‘quvchilar robototexnikani o‘rganish orqali turli dasturlash tillarini o‘rganadilar. Robot yasash
jarayonida o‘quvchilar boshqa qator fanlardan egallagan bilimlarini amaliyotda qo‘llaydilar. Uni
dasturlashda esa informatika fanidan egallagan bilimlarini namoyon qiladilar, boshqa dasturlash
tillarini ham o‘rganishlariga to‘g‘ri keladi. Hozirda ijtimoiy tarmoqlarsiz insonning hayotini
tasavvur qilish qiyin. O‘quvchilarimiz “One Million Uzbek Coders” loyihasida ishtirok
etib, ”Coursera” kurslarida ta’lim olib, IT sohasida ham ko‘pgina yutuqlarga ega bo‘lmoqdalar.
Innovatsion texnologiyalar jamiyatning ajralmas qismiga aylanmoqda. Maktab o‘quvchilarini
hozirda dasturlash, modellashtirish, dizayn-loyihalash, robototexnika, robot dizayni sohalari
qiziqtirmoqda. Axborotni olish, qayta ishlash va amaliyotda foydalanish STEM ta’limi dasturining
asosini tashkil etadi. Bunda o‘quvchi bilim va izlanishlari asosida loyihalash ishlarini bajarishi kerak
bo‘ladi. Amaliy faoliyat jarayonida bilimlarni olish, amaliyotda foydalanish, konstruksiyalash,
texnik ijodkorlik qobiliyatlarini oshirishga qaratiladi.
O‘quvchilarga “Mexatronika, robototexnika” ga oid bilimlarni berish, STEAM dasturini amalga
oshirish vazifalarini to‘garak mashg‘ulotlarida amalga oshirish mumkin. To‘garak mashg‘ulotlarini
tashkil qilishda quyidagi jihatlarni e’tiborga olish kerak:
1. Tanlash erkinligi (O‘quvchiga kichik bo‘lsa ham tanlash erkinligini berishimiz kerak.
Masalan, ularga bir biror narsani yasash vazifasini berib yasash uchun materialni (yog‘och, karton,
fomeks, tunuka) tanlash imkonini berishimiz mumkin.
2. Bajarish uchun qadamlar. Berilgan vazifani bajarishda o‘quvchining qo‘ygan qadamlarini
tanlash imkonini beramiz. Bunda o‘quvchi o‘ziga bo‘lgan ishonch hissini tuyadi va o‘zi mustaqil
harakat qilib, qobiliyatlarini namoyon qiladi.
3. Kutilmagan vaziyatlar. Amaliy ish davrida kutilmagan vaziyatlarning bo‘lishi ham muhim.
Masalan, tayyorlanadigan buyum uchun ketadigan xom ashyoni aniqlash vahokazo.
4. Ta’limda ochiqlik bo‘lishi ham muhim. Bunda berilgan topshiriq( hammaga bir xil ) bo‘yicha
bajarilgan mashqlarni hamma ko‘rib turadi, o‘quvchilar bir- birlariga ko‘maklashadilar, xatolari
bo‘lsa tuzatadilar, bir- birlariga yordam beradilar.
Texnologiya fanidan to‘garaklarni tashkil qilish muhim masala. Shunday ekan, to‘garaklarni
an’anaviy bo‘lib qolgan mavzularda emas, balki, zamonaviy talab darajasidagi mavzularda tashkil
etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: