Kalit so‘zlar:
Kubik metodi, “Kimyoviy elementlarni bilasizmi?” , “Har qadamda element”,
“Kimyoviy pantomima”, “Konseptual xarita”, bumerang, domino o‘yin metodlari.
Ta’lim tizimiga shiddat bilan kirib kelayotgan innovatsiyalar, pedagogik texnologiyalar,
interfaol metodlarning ta’lim beruvchi tomonidan o‘zlashtirilib va amalda qo‘llanilib borilishi,
o‘qituvchining o‘z ustida tinimsiz izlanishini talab qiladi. O’qituvchi dars jarayonida o‘z
o‘quvchilarini kimyo faniga ijodkorlik nuqtai nazari bilan qarashashlarini tashkil qilishi, ularda
izlanuvchanlik xususiyatlarini shakllantirishi va albatta, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va
metodlardan foydalangan holda darsni tashkil yetishi kerak bo‘ladi.
Amaliyotdan ma’lumki, dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol
metodlarni va didaktik o‘yinlarni keng qo‘llash o‘quvchilarning asabiy zo‘riqishlarini bartaraf
qiladi, ular faoliyatining shaklini almashtirib turish, diqqatlarini dars mavzusining asosiy
masalalariga jalb qilish imkoniyatini beradi.
Interfaol metodda beriladigan ta’lim bir vaqtda bir nechta masalani hal yetish imkoniyatini
beradi. Bulardan asosiysi – o‘quvchilarning muloqot olib borish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini
rivojlantiradi, o‘quvchilar orasida emotsional aloqalar o‘rnatilishiga yordam beradi, ularni jamoa
tarkibida ishlashga, o‘z o‘rtoqlarini fikrini tinglashga o‘rgatish orqali tarbiyaviy vazifalarning
bajarilishini ta’minlaydi.
Kimyo darslarida zamonaviy interfaol metodlardan kubik metodini qo‘llash yaxshi samara
beradi .
Kubik metodi
Mavzu: Temir mavzusini umumlashtirish(takrorlash).
Bunda sinf o‘quvchilari 6 ta guruhga ajratiladi va kubikning har bir tomoni raqamlar bilan
belgilanadi. Doskaga esa kubikning 6 ta tomoni uchun guruh nomlari yoziladi.
1. Tashviqotchilar 2. Geologlar 3. Fiziklar
4. Kimyogarlar 5. Biologlar 6. Texnologlar .
Har bir guruh galma-galdan kubik tashlaydi. Kubikda qaysi son tushsa guruh a’zolari guruh
nomidan kelib chiqqan holda javob berishadi. Masalan: “1” tushsa temirning kimyoviy belgisi,
davriy jadvaldagi o‘rni, atom tuzilishi, atom massasi, valentligi, qanday oksidlanish daraja-larini
namoyon qilishi ya’ni umumiy tavsif beradi; “2” tushsa temirning tabiatda qanday minerallar
shaklida tarqalishi, yer po‘stlog‘idagi miqdori, meteoritlar tarkibida uchrashi haqida; “3” tushsa
temirning o‘ziga xos fizik xossalari haqida; “4” tushsa temirning kimyoviy reaksiyalarga kirishishi,
amfoterlik xossasi, zang qanday hosil bo‘lishi haqida; “5” tushsa temirning tirik organizmlarda
jumladan inson organizmidagi ahamiyati, kamqonlik kasalini kelib chiqish sabablari haqida; “6”
tushsa temirning olinish usullari, undan tayyorlanadigan qotishmalar sanoatda va turmushimizda
juda muhimligi haqida ma’lumotlar berib boriladi.
O’qituvchi yo‘naltiruvchi va hakam vazifasini bajarib turadi va o‘quvchilarni rag‘batlantirib
boradi. Bu metodning afzalligi shundaki, o‘quvchilar kimyo fanining ko‘p tarmoqliligi, boshqa
fanlar bilan chambarchas bog‘liqligini o‘rganishadi. Bu esa o‘quvchilar zehnining o‘tkirlashishiga
va fikrlash doirasining kengayishiga zamin yaratadi.
Dars jarayonida, o‘quvchi asosiy kuch, ta’lim jarayonining sub’ekti bo‘lishi kerak, ya’ni o‘qish,
o‘rganish, mutolaa qilish o‘quvchi zimmasiga o‘tishi lozim. O’qituvchi esa, bilim berishdan,
o‘quvchilarning bilimlarni mustaqil egallashlariga ko‘maklashishi lozim. Umumta’lim maktablari
94
Do'stlaringiz bilan baham: |