National researches of uzbekistan: conferences


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/101
Sana15.04.2022
Hajmi2,69 Mb.
#553699
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati 
1. Maxsudova M. Muloqot psixologiyasi
2. Андреева Г.М. Социальная психология.
3. Бодалев А.А. Личность и общение. 
4. Леонтьев А.А. Психология общения
5. Международная конференция «психология общения и доверия: теория и практика» 
6-7 ноября 2014 г.
6. Казанский педагогический журнал №2, 2019
7. http://www.vashpsixolog.ru/teenager/43-communicate/82-ommunicate-teenager-with-
adults
8. http://elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/13843-muloqot-
psixologiyasi


96
Апрель 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА МИЛЛИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
MAKTAB TA’LIMINI RIVOJLANTIRISHDA AMALIYOTCHI PSIXOLOGLARNING 
TUTGAN O‘RNI
Usmonova Gavharshodbegin Toyir qizi, 
Jiyanova Ozoda Xolmanova
Navoiy viloyati Karmana tumani 
5-DIUM amaliyotchi psixologlari
Annotatsiya: 
Mazkur maqolada ta’lim tizimini yanada rivojlantirishda amaliyotchi 
psixologlarning tutgan o‘rni, amaliy ko‘nikmalarini va malakalarini amaliyotga tadbiq etish, 
turli xil metodalrni amaliyotda qo‘llash bosqichlari pedagogik-psixologik tahlil qilingan.
Kalit so‘z: 
malaka, ko‘nikma, kasbiy bilim, mahorat, korreksiya, profilaktika, psixologik 
xizmat, aqliy qobiliyat, tashxis. 
Mustaqil davlatimizning barcha sohalarda tez suratda ijtimoiy rivojlanib borishini unda 
yashayotgan fuqarolarning ijodiy va ma’naviy o‘sishlarisiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Insonlardagi 
ijobiy shaxsiy sifatlarning rivojlanishi va shakllanishi, asosan, ularning maktab davrlariga to‘g‘ri 
keladi. Shuning uchun o‘sib kelayotgan yosh, bunyodkor avlod kelajagini har tomonlama 
takomillashgan va ijtimoiy taraqqiyot talablariga to‘la-to‘kis javob bera oluvchi ta’lim tizimining 
muvaffaqiyatli tatbiqisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ta’limning muvaffaqiyati esa tashkil etilgan 
o‘quv faoliyatining har bir o‘quvchi shaxsiga, uning ijtimoiy taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi bilan 
belgilanadi. Bu mas’uliyatli vazifani, ayniqsa, bugungi kunda psixologik xizmatsiz tasavvur 
qilib bo‘lmaydi. Davlatimizning 2016-yil 14sentyabrdagi O‘RQ-406 sonli «Yoshlarga oid davlat 
siyosati tog‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2017- yil 7-fevraldagi PF-4947sonli «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida’gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 
14-avgustdagi PQ3907-sonli «Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, 
ularga ta’limtarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi Qarori va bu qaror ijrosini ta’minlash, shuningdek, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus 
davlat ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash tizimini 
yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-
yil 12iyuldagi 577-sonli «O‘quvchilarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash ishlarini 
yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaror va farmoishlar ta’lim muassalarida psixologik 
xizmat faoliyatiga va bu faoliayatni olib boruvchi amaliotchi psixologlar zimmasiga masulyatli 
vazifalarni yuklaydi. 
Shunday ekan, psixologik xizmatning aniq vazifalari belgilab berilgan bir davrda o‘sib 
kelayotgan yosh avlodni axborot-psixologik xurujlarning xavfi, Internet jahon axborot 
tarmog‘ining salbiy ta’siri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan «ommaviy madaniyat»ning kirib 
kelishi holatlarining oldini olish, o‘quvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-
hunarga moyilliklari asosida to‘g‘ri kasb-hunar tanlashlariga ko‘maklashish, turli yosh davrlarida 
o‘quvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan kuzatib borish, ta’lim-
tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning aqliy taraqqiyotida sodir bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan har qanday salbiy og‘ishlarning oldini olish, iste’dodli va iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, 
ularning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini o‘rganish, qobiliyatlarini 
namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, pedagogik jamoalarda 
sog‘lom psixologik muhitni yaratish va qo‘llab-quvvatlash, jamoa a’zolarining hissiy-emotsional 
holatlari, shaxslararo munosabatlar va ziddiyatli xattiharakatlarni korreksiyalash, ularning 
psixologik madaniyatini yuksaltirish, pedagog xodimlar, o‘quvchilar hamda ota-onalarning 
psixologik-pedagogik bilimlarini oshirishga ko‘maklashish, pedagog xodimlar, ota-onalar va 
jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligini ta’minlash ishlarida psixologlar qanday ishlarni 
amalga oshirmoqdalar. Bu vazifalarni amalga oshirishda ularga faqat nazariy bilimlarning o‘zi 
yetarli bo‘layabdimi? Xush maktab psixologlari qanday muommolarga duch kelishmoqda. 
Psixologik xizmatning tarkibiy qismi tuzilishi ishlab chiqilgan, har bir bo‘g‘ining oldiga 
ma’lum vazifalar qo‘yilganligiga qaramasdan, bu bo‘g‘inlar to‘laqonli faoliyat yuritayabdimikan? 
Ayniqsa, pastki bo‘g‘in, yani viloyat, tumanlar va maktabdagi bo‘g‘inlar qay darajada ish olib 
bormoqdalar? Bu yo‘nalishning samaradorligi shu bo‘g‘inlarga bog‘liq emasmi? Aytish joizki, 


97

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish