Апрель 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА МИЛЛИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
2) kasbiy mohirlik, ya’ni har qanday muammoli vaziyatda qiyinchilikni o‘z bo‘yniga olish va
ishni hal etishda tashabbuskor bo‘lish;
3) 3) emotsional, ya’ni hissiy jalb etuvchanlik.
Biz talaba-yoshlarda yetakchilik qobiliyatlarini milliy qadriyatlarimiz, qomusiy allomalar,
buyuk va tarixiy siymolar, davlat arboblarining bizga qoldirgan so’nmas meroslarini o’rganish
orqali ham shakllantirishimiz mumkin. Yuqorida misol tariqasida keltirilgan «Temur tuzuklari»
ayniqsa boshqaruv, rahbarlik faoliyatida alohida ahamiyatga molik. Abu Nars Forobiy boshqaruv
tizimida ilm va san’atning maxsus turlari borasida fozil, aqlli va turli darajali mahoratga ega
bo’lgan kishilarning o’rnini alohida ifodalagan. Abu Nasr Forobiy esa davlat boshqaruvchisining
12 fazilatini sanab o’tadi. U, «…bu 12 fazilat bir kishida mujassam bo’lsa – o’sha odam davlatni
boshqarsin, agarda bu 12 fazilat 12 kishida mujassam bo’lsa unda davlat boshqaruvini o’sha 12
ta odam birgalikda olib borishi kerak», - deb ta’kidlagan. Shunday ekan yetakchi, boshqaruvchi
bo’lish uchun maxsus qobiliyat, tarbiya, tayyorgarlik, fazilat va sifatlar bo’lishi lozim.
Talabalarda yetakchilik qobiliyatini shakllantirish nima sababdan bu qadar muhim degan savol
tug’ilishi mumkin. Mamlakatimiz rivojlangan davlatlar qatoriga qo’shilar ekan, ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish, fan-texnika, ilm-fan taraqqiyoti globallashuv natijasida bo’lishi tabiiydir. Ammo bu
globallashuvning salbiy oqibatlari; turli oqimlarning paydo bo’lishi, «ommaviy madaniyat»ni
turmush tarzimizga singib ketishi, milliy qadriyatlarimizni yo’qolib ketishi, yot g’oyalarning hali
endi ham psixologik, ham fiziologik shakllanayotgan talaba-yoshlarga ta’siri bo’lmoqda. Bularga
qarshi esa hozirda respublikamizning har bir muassasasi, tashkiloti, pedagog-o’qituvchilar, ishchi-
xodimlari o’zlarining soha va kasblaridan kelib chiqqan holda kurashmoqda.
Bo’lajak yetakchi va rahbarlarni shakllantirish hozirgi taraqqiyot davrida rivojlangan
mamlakatlarning strategiyalaridan biridir. Odamlarning psixologiyasi va turmushiga o’nlab yillar
davomida ko’pincha zo’ravonlik yo’li bilan boshqarilgan rahbarlikni bir zumda o’zgartirish mumkin
emas. Buning uchun ijtimoiy jamoalar o’rtasidagi rahbarlik munosabatlarining keskinlashuviga
va ularni bir-biriga qarama-qarshi qo’yishga barham berish yo’li bilan jamiyatni boshqarish
va o’zgartirish zarurligiga odamlarni ishontirish, harakatga keltiruvchi rahbarlik kuchlarini va
boshqarishning rag’banlantiruvchi omillarini o’zgartirish mumkin».
Mustaqillikdan keyin bo’lib o’tgan o’zgarishlar, ta’lim tizimidagi islohotlar barchamizga
ma’lum. Ayniqsa, mustabid tizimidagi ko’r-ko’rona ergashish bu xalqning mustaqil fikrlashini,
erkin tanlovini, shaxsiy ehtiyojlarining qondirilishini, milliyligini, madaniyatini yo’qotib borar
edi. O’z milliyligini, o’z madaniyatini saqlab qololmagan xalqdan qanday qilib Vatanga sadoqat,
oilani asrash, ota-onani e’zozlash kabi yuksak insoniy fazilatlarni kutish mumkin. Shuning uchun
ham mustaqillik insonlarning erkin fikrlashi, o’z fikrini himoya qilishi, dunyoqarashini o’stirishi,
barcha uchun belgilangan bir xil qolipni emas, o’zining shaxsiy sifatlari va individual qobiliyatlarini
inobatga olgan holda harakat qilish va o’ziga maxsus sharoitni yaratishni keng targ’ib qildi. Bu
targ’ibotni insonlar ongidagi bo’shliq erkinlikni, demokratiyani noto’g’ri tushunish oqibatida
shaxsiy va moddiy mafaatlarni ehtiyojdan qat’iy nazar qondirish, egosentrik xarakterning
shakllanishini yuza keltirdi.
Talaba-yoshlarda shakllantirilayotgan «rahbarlik», «liderlik» fazilatlari barchada bir xil mavjud
bo’lavermaydi. Buning uchun esa, eng asosiysi, unda qobiliyat bo’lishi lozim. Balki shuning
uchun ham rahbarlik, boshqaruvchilik - bu san’atdir. San’at – bu qabiliyat, tug’ma va albatta,
yillar davomida tinimsiz mehnat natijasida tarbiyalangan, shakllangan va rivojlangan iste’doddir.
Psixologik nuqtai nazardan insonda mavjud qobiliyat uning xarakter xislatlariga, xatti-harakatiga,
turmush-tarziga, faoliyatiga, shaxslararo munosabatiga bevosita ta’sir qiladi. Har qanday qobiliyat
shaxsning ijtimoiy hayotida yillar davomida tarbiyalanib, takomillashtirilib borilmasa u dogmatik
holatda, ya’ni turg’un holatida qolib ketadi va rivojlanmaydi. Shuning uchun yetakchilik qobiliyati
mavjud talabalarga alohida e’tibor qaratishimiz lozim.
Rahbar o’z qobiliyati, iste’dodini ishga solib izlanadi, shu maqsadda hayotni, odamlarni chuqur
o’rganadi. Natijada to’plangan bilimlari, tajribalarini boshqaruvning umumiy qonuniyatlari asosida
shakllantirib o’zining rahbarlik usulini yaratadi. U o’z boshqaruv usullarini shakllantirishda
mutlaqo erkin shaxsdir, ammo uning rahbarlik usuli ijobiy natija berishi kerak.
Rahbarlik faoliyatining samaradorligi rahbar shaxsining tafakkuri, aql-idrokiga ham bevosita
bog’liq bo’ladi. Tafakkur rahbarga keng va chuqur fikrlay olish, yaxshini yomondan, foydani
zarardan, muhimni nomuhimdan bexato ajrata olish imkoniyatini beradi. Bu hammaga ham nasib
qilavermaydigan yuksak fazilat bo’lib, agar rahbarda ular shakllangan bo’lsa, bunday rahbar
67
Do'stlaringiz bilan baham: |