UzDJTU
Ingliz Filologiyasi fakulteti
2120-guruh talabasi
Nasriddinova Azizabonuning
"Adabiyot nazariyasi" fanidan
Yakuniy nazorat uchun tayyorlangan Asar taqdimoti
.
Asarlari: "Ziyorat" yoki "Sehrgarlar kitobi" (1987), "Alximik" (1988), "Brida" (1990), "Valkiriyalar" (1992), "Maktub" (1994), "Riyo Pedro qirg'og'ida..." (1994), "Beshinchi tog'" (1996), "Dunyolar jangi kitobi" (1997), "Payg'ambarning ishqiy maktubi" (1997), "Veronika o'lishga qaror qildi" (1998), "Shayton va Prim xonim" (2000), "Otalar, bolalar va bobolar" (2001), "O'n bir daqiqa" (2003), "Zohir" (2005), "Portobellolik jodugar" (2007), "G'olib bir o'zi qoladi" (2008), "Alif" (2011), "Daryo kabi" (2012)
Muallif biografiyasi
Paulo Koelo bugungi jahon adabiyotining eng mashhur yozuvchilaridan. U 1947-yil 24-avgustda Braziliyaning Rio de-Janeyro shahrida tug'ilgan. Uning romanlari jahonning deyarli barcha tillariga tarjima qilingan. XX asrning 90-yillarida yaratilgan «Alkimyogar» va «Beshinchi tog’» romanlari, ayniqsa, katta shuhrat qozondi.
Asar nomi: "Alkimyogar"
Janri: roman
Muallif metodi:Romantizm
Tematik tasnif
Buyuk yozuvchi Paulo Koeloning shaxsiy afsona ommalashgan fantastik va qisman biografik asari oddiy cho'pon yigitning alkimyogar darajasiga yetushgungacha boshidan o'tkazgan voqea va hodisalarini hikoya qiladi. Ushbu Asar cho'pon yigitning ko'rgan tushi izidan ergashishi va o'z qalbiga quloq solib boshidan o'tkazgan qiziq va ibratli hikoyalari haqida.
Asar mavzusi
Asarning bosh mavzusi bu inson maqsadlari yo'lida uchrovchi to'siqlar va jur'atsizlikdir. Ushbu asar bosh qahramoni o'z hayotdagi maqsadlariga erishish va o'z taqdirini to'g'ri topish yo'lida duch kelgan barcha to'siq va sinovlarni yengib o'tadi va so'ngida unga va'da qilingan xazinaga erishadi.
Happy every day
Title
Here to add your text, mainly to avoid large sections of text.Here to add your text
Text
Text
Asar g'oyasi
Paulo Koelo o'zining "Alkimyogar" asarining bosh g'oyasi sifatida "o'z taqdirim" tushunchasini tanlaydi. Asarda insonlar nega o'z taqdirlarini topa olmasligiga sabablar va uni maqsadiga erishishga undovchi qalb haqida so'z yuritiladi.
Asar sarlavhasi haqida
Ushbu asar sarlachasi sifatida "Alkimyogar' so'zi olingan. Buning sababi shuki, asar bosh qahramoni asar so'ngida oddiy cho'ponlikdan alkimyogarlik darajasiga erishadi. Uning bu darsga yetishishiga hech qanday kitob yordam bermaydi, u barcha bilimlarni tabiatni kuzatish va his qilish orqali egallaydi.
Asar tuguni
Alkimyogar asarining tuguni sifatida Santyoganing Salim shohi Maliksiddiq bilan uchrashuvini keltirish mumkin.Santyoga bir tushni ayni ikki marotaba takror ko'radi va uni tabir qildirmoqchi bo'ladi , ammo tushini tabirlagan lo'lining gaplari unga xazinasini qidirish uchun turtki bo'lolmaydi . Shunda u keksa Maliksiddiqqa duch keladi. Maliksiddiqning qumga yozgan yozig'ida Santyoga butun hayotini va umri davomida barchadan sir tutib kelgan haqiqatlarini o'qiydi va bu keksaga ishonishga majbur bo'ladi. Santyoga Maliksiddiqning gaplariga quloq solib yo'lga otlanadi va shu lahzadan uning butun sarguzashtlari boshlanadi
Asarning kulminatsiyasi
Asarning kulminatsion qismi oddiy cho'pon yigit Santyogoning 200 yoshli donishmand Alkimyogar bilan uchrashishi va u bilan bo'lgan suhbat natijasida qahramonimiz fikrning tubdan o'zgarishidir. Ushbu uchrashuvdan so'ng Santyagoning fikri takomillashtirish o'zgaradi va o'z yo'lida duch kelgan alomatlarni yanada chuqurroq anglashni o'rganadigan.
Asarning yechimi
Inson hayotda qo'ygan maqsadiga erishish uchun nafaqat amaliy jihatdan harakat qilishi, balki o'zi ko'ngliga quloq solishi zarur. Buning sababi shundaki, qalb va aqlning yaqinligi maqsadizmizga tezroq yetishishga hamda boshlangan ishimiz yakuni Go'zal bo'lishi uchun yordam beradi. Ushbu asarning yechimi sifatida qahramonimizning o'z qalbiga quloq solishi tanlangan. Asarimiz bosh qahramoni o'z qalbiga quloq solganli va o'z aqlidan to'laqonli foydalangani uchun asar oxirida o'z tushidtushida ko'rgan xazinasiga erishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |