Насослар ва насос станциялари


Maishiy oqova suvlar nasos stansiyalari binolarini komponovkalash



Download 13,37 Mb.
bet46/114
Sana22.07.2022
Hajmi13,37 Mb.
#838380
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   114
Bog'liq
fayl 1824 20210916 (1)

Maishiy oqova suvlar nasos stansiyalari binolarini komponovkalash


Mamlakatimizda nasos stansiyalari binolari bo‘yicha amalga oshirilgan klassik texnik echimlar namunalari o‘quv qo‘llanmalarda keltirilgan. Kurs va diplom loyihasi maqsadlarida esa bu kabi nasos stansiyalarini loyihalashtirishning asosiy jihatlarini ko‘rib chiqamiz.
Maishiy oqova suvlar nasos stansiyalarini loyihalashtirishda qabul rezervuari, panjarali xona, mashinalar zali, ko‘makchi va maishiy xonalar ko‘pincha ikki qismdan – er osti va er usti qismlaridan tashkil topgan bir binoda joylashtiriladilar (tayyor).


Nasos stansiyalari binolarining er osti qismi


Nasos stansiyasi binosining er osti qismi suv o‘tkazmaydigan yopiq (yaxlit) devor bilan ajratiladi. Devorning bir tomonida qabul rezervuari va uning ustidagi panjarali xona, boshqa tarafida — mashinalar zali joylashadi. Mashinalar zalini odatda panjarali xonadan biroz kattaroq qilib loyihalashtiradilar. Bunda ajratib turuvchi devor quduqning o‘rtasidan o‘tmasligi ham mumkin. Gorizontal markazdan qochma nasos agregatlari ko‘pincha mashinalar zalini qabul rezervuaridan ajratib turgan devor bo‘ydab bir qator qilib joylashtiriladi. Nasos agregatlarini yoqish va o‘chirish, nasos stansiyasining qabul rezervuaridagi oqova suvlar darajasiga (sathiga) bog‘liq ravishda avtomat tarzda loyihalashtiriladi. Agar birinchi nasos yoqilib, ishga tushganidan so‘ng rezervuardagi suv sathi ko‘tarilishda davom etsa, u holda ikkinchi nasos yoqiladi, va h. k.
Yuqorida aytilgani kabi, normativ hujjatlarda suv ketkazish tizimlarining nasos stansiyalaridagi nasoslar nije urovnya haydalayotgan oqova suvlarning sathidan pastroq qilib o‘rnatish tavsiya etiladi. Buning uchun nasoslar shunday joylashtiriladiki, ularning so‘ruvchi patrubkalari o‘q belgilari birinchi nasos agregati unga qo‘shib yoqiladigan qabul rezervuaridagi oqova suvlar sathidan 0,3- 0,5 m past bo‘ladi. Kurs va diplom loyihalashtirishi jarayonida, nasos agregatlari uzil-kesil tanlab olinganidan so‘ng, ularning o‘rnatilish chizmalaridan foydalangan holda, nasos agregatlari fundamentlari va mashinalar zali poli darajasi belgilari aniqlanadi. Mashinalar zali poli darajasi belgisi va nasos agregatlarining balandligi bo‘yicha holati qabul rezervuarining va mashinnogo zala nasos stansiyasining mashinalar zali birgalikda komponovkalashda uzil-kesil aniqlashtiriladi. Qabul rezervuari va mashina zali uchun umumiy bo‘lgan, nasoslarning beton fundamentlari tayanadigan temirbeton plita nasos stansiyasi tagligini hosil qiladi. Taglik plitasi qabul rezervuari chuqurchasi tubi belgisida joylashadi.
Shundan so‘ng nasos agregatlari, quvurlar, armatura, panjara-drobilkalar va boshqa zarur uskunalarning reja bo‘yicha joylashish rejasi tuziladi. Nasoslar, ularning elektrdvigatellari va armatura massasini hisobga olgan holda ko‘tarish- transport uskunalari tanlanadi va nasos stansiyasining chuqurlashtirish sxemasi — yarim chuqurlashtirilgan yoki chuqurlashtirilgan sxemasi qabul qilinadi.
Binoning chuqurlashtirilgan tipi agar unda joylashtiriladigan asosiy texnologik va ko‘tarish-transport uskunalari nasos stansiyasining jaddiy chuqurlashtirilishini talab qilmagan holda tanlanadi.
Binoning yarim chuqurlashtirilgan tipi agar unda joylashtiriladigan asosiy texnologik va ko‘tarish-transport uskunalari nasos stansiyasining ancha chuqurlashtirilishini talab etgan holida tanlanadi.
O‘quv maqsadlarida qurilish konstruksiyalarining erning rejalashtirish belgisidan 15 m dan ko‘proq chuqurlashtirilishini nasos stansiyasining katta (jiddiy) chuqurlashtirilishi deb hisoblash mumkin.
Nasos stansiyasining er osti qismining chuqurligini aniqlashda agar nasos agregatlari dam kollektori kronshteynlarda devorda joylashtirilsa, u holda mashinalar zali uslida orayopma jihozlanish imkoniyatini baholashja ana shgu kollektorda joylashgan to‘sqichlarga etib borish, ularni montaj (demontaj) qilish imkoniyatini ham nazarda tutish talab etiladi.
Fasonli qismlar o‘lchamlarini hisobga olgan holda uskunalar va quvurlarning mashinalar zalidagi armaturasi bilan birga masshtabdagi joylashish rejasini quradilar. Rejada montaj maydonchasi va birichni qavatdan mashinalar zaliga eltadigan zinapoyalar uchun joy ko‘zda tutiladi. Reja nasos stansiyasi er osti qismining shakli va o‘lchamlarini aniqlab olish imkonini beradi.
Kichik va o‘rta nasos stansiyalarining er osti qismi, ko‘pincha, opusk usulida quriladigan yumaloq shaxta ko‘rinishida qabul qilinadi. Suv keltiruvchi kollektor sayoz joylashganida (3 m gacha) va er osti suvlari mavjud bo‘lmaganida uskunalarni joylashtirish uchuvn binoning to‘g‘ri burchak shaklli bo‘lishi maqsadga muvofiq. Yirik stansiyalar er osti qismining shakli variantlarni texnik- iqtisodiy qiyoslash asosida qabul qilinadi. Nasos stansiyasining er osti qismi uzunligi yoki diametri 9 m gacha bo‘lganida reja bo‘yicha to‘g‘ri burchakli inshootlarning o‘lchamlarini 1,5 m ga, yumaloq shaklli binolar o‘lchamlarini esa
—1 m ga bo‘linadigan (karrali) qilib qabul qilinishiga yo‘l qo‘yiladi. Katta nasos stansiyalari uchun o‘lchamlar 3 m ga karrali qilib qabul qilinadi.



Download 13,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish