Suv ta’minot tizimlaridagi nasos stansiyalari nima uchun mo‘ljallangan
Suv ta’minot tizimlarining nasos stansiyalarini maqsadiga ko‘ra quyidagicha tasniflash mumkin:
I ko‘tarish nasos stansiyalari;
II ko‘tarish nasos stansiyalari;
III va undan keyingi ko‘tarish nasos stansiyalari;
Suvni yuqoriga ko‘tarish nasos stansiyalari;
Aylanma suv ta’minoti tizimlari nasos stansiyalari (sirkulyasion nasos stansiyalari).
I ko‘tarish nasos stansiyalari suv olish inshootlari bilan birlashtirilishi yoki alohida binolarda joylashgan bo‘lishi mumkin. Shaharlarda II ko‘tarish nasos stansiyalari daryolar, ko‘llar, suv omborlari, quduqlar va boshqalardan olinadigan suvni ko‘tarish suv tozalash inshootlariga uzatadilar. Sanoat korxonalarida bunday nasos stansiyalari manbalardan suvni birdaniga ishlab chiqarish suv ta’minoti tarmog‘iga, odatda hech qanday tozalashsiz uzatadilar. II ko‘tarish nasos stansiyalari odatda kun davomida nisbatan doimiy bir xil unum bilan ishlaydilar.
IIko‘tarishnasosstansiyalariko‘pincha shaharlarda, kamroq sanoat korxonalarida quriladi. Bunday nasos stansiyalari yordamida suvni tozalash
inshootlari tarkibiga kirgan toza suv rezervuarlaridan suv shahar yoki sanoat korxonasining tarqatish suv tarmog‘iga etkazib beriladi. Ba’zi hollarda, II ko‘tarish nasos stansiyalari I ko‘tarish stansiyalari bilan birlashtirilishi ham mumkin.
ko‘tarish nasos stansiyalarining uzatishi notekis bo‘lib, suv iste’mol jadvali bilan belgilanadi, shu sababli bunday nasos stansiyasining ishi davomida, uning uzatishini alohida nasos agregatlarini grafikka binoan yoqish va o‘chirish, dam quvuridagi to‘sqichning ochilish darajasini o‘zgartirish, yoki nasos agregatiga ulanadigan chastota o‘zgartirgich orqali nasos ishchi g‘ildiragi aylanish chastotasini rostlash bilan tartibga solinadi.
vaundanyuqoridarajaliko‘tarishnasosstansiyalari, II ko‘tarish stansiyalari suv taqsimot tarmog‘ining ayrim chekka qismlarida zarur erkin damni ta’minlab bera olmaydigan katta shaharlarda quriladi (masalan, Ekaterinburgda bir necha yuzlab III va II ko‘tarish stansiyalari mavjud).
Yuqoriga uzatuvchi nasos stansiyalari iste’molchilar oldida damni ko‘tarishga xizmat qiladilar. Shaharlarda yuqoriga uzatuvchi nasos stansiyalari Shaharlarda nasos stansiyalari bir necha binolardan tashkil topgan alohida turar-joy kvartallarida quriladi. Yuqoriga uzatuvchi nasos stansiyalari binolarning ertula qismida yoki ularning texnik qavatlarida joylashtiriladi. Yuqoriga uzatuvchi nasos stansiyalari shuningdek sanoat korxonalarida ham uchrab turadi.
Aylanma suv ta’minoti tizimlarining nasos stansiyalari (sirkulyasiya nasos stansiyalari) sanoat korxonalari, issiqlik elektr stansiyalari va boshqa ob’ektlarda quriladi. Bunday nasos stansiyalar – texnologik uskunalarni sovutish uchun suv ta’minoti va undan keyin ana shu uskunalardan ketkazilayotgan isigan suvni sovutgichga (gradirnya, suv purkash suv havzasi va b.) etkazib berish. Bundan tashqari, ushbu nasos stansiyalari yordamida ifloslangan aylanma suv tozalash inshootlariga uzatiladi.