Nasosni ishga tushurish uchun elektrodvigatel qabul qilinadi. Aylanish chastotasi va kerakli quvvat bo’yicha dvigatel tanlanadi.
Nasosning quvvati.
𝑁𝑛
= 𝜌𝑔𝑄𝐻
𝜂𝑛 ∗ 3600
𝑁𝑛
= 1000 ∗ 9.81 ∗ 1308.266 ∗ 52 = 223.350 𝑘𝑉𝑡
0.83 ∗ 3600
bu yerda, ρ - suv zichligi;
ηn=0,83 ayni vaqtdagi nasosning foydali ish koeffitsienti; Dvigatelga kerak bo’ladigan quvvat.
𝑁𝑑𝑣
= 𝑘 ∗ 𝑁𝑛
𝜂𝑑𝑣 ∗ 𝜂
𝑁𝑑𝑣
= 1,45 223,350
0,83 ∗ 0,925
= 421,83 𝑘𝑉𝑡
bu yerda, N dv—nasos validagi quvvati; η dv—dvigatelning foydali ish koeffitsienti; η—uzatishdagi foydali ish koeffitsienti;
k—quvvatning zahira koeffitsienti. Dvigatelni qayta yuklash imkoniyatini hisobga olgan holda olinadi.
Elektrodvigatel zahira koeffitsienti
N, kVt
|
<20
|
20-50
|
50-300
|
>300
|
K
|
1,25
|
1,2
|
1,45
|
1,1
|
Gidromexanik va energetik uskunalar. Asosiy nasoslarni harakatga keltirish uchun xizmat qiladigan uskunalar asosiy energetik uskunalar deyiladi. Ularning tarkibiga asosiy nasoslarning dvigatellari, elektr energiya taqsimlash qurilmalari va dvigatellarning vallaridan nasoslarning vallariga mexanik energiya uzatmalari kiradi.
Asosiy gidromexanik va energetik uskunalardan tashqari nasos stansiyalarida yordamchi gidromexanik va energetik uskuna va jihozlar o’rnatiladi. Yordamchi nasoslar (vaakum nasos, texnik suv taminoti, quritish, loyqa chiqarish,moy- bosim,o’t o’chirish tizimi nasoslari), ularning quvurlari va quvurlaridagi jihozlar (ventil, kran va hakazo), suv o’lchov asboblari (suv sarfi o’lchagichi, vakummetr,
manometr va boshqalar), suzuvchi jismlarni to’sish panjarasi va darvozalar yordamchi gidromexanik uskunalarni tashkil etadi. Nasos stansiyasidan foydalanish qulay bo’lishi uchun isitish, sovitish (shamollatish), yuk ko’trish, pnevmatik, sanitariya texnik, metallarga yangi ishlov berish va boshqa mexanik uskunalar ham qo’llaniladi.
Yordamchi gidromexanik va mexanik uskunalarni harakatga keltirish uchun qo’llaniladigan dvigatellar,o’zgarmas tok hosil qiluvchi,generatorlar va boshqa energiya bilan bog’liq vositalar yordamchi energetik uskunalar deyiladi. Bulardan tashqari energiya boshqarish va taqsimlash qurilmalari, pasaytiruvchi va avtomatika vositalari uchun turli yordamchi energetic uskuna va jihozlardan foydalaniladi. Nasos stansiya qancha katta bo’lsa, unga ancha murakkab uskuna va jihozlar o’rnatish zarur bo’ladi.
Pnevmatik uskunalar. Nasos stansiyalarining uskunalaridan foydalanishda yuqori bosimli qisilgan havo uzatish zarur bo’lgan hollarda pnevmatik uskunalar qo’llaniladi. Qisilgan havo quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
Boshqarish tizimi moy-bosim qurilmalarining moy-havo qozonlarida 14….25 kg/sm2 gacha bosim hosil qilish uchun;
Elektr dvigatellari tormozlash jihozlariga 5 dan 7 gacha kg/sm2 bosimli havo uzatish uchun;
Elektr dvigatel cho’lg’amlarini 4 dan 5 gacha kg/sm2 bosimli havo bilan puflatib tozalash uchun;
Has-cho’p to’suvchi panjarani 3 dan 6 gacha kg/sm2 bosimli havo bilan puflatib tozalash uchun;
Katta nasos stansiyalarida 2 ta (1 tasi zahira ) compressor o’rnatilib ular havo to’plovchi, resier(idish), nazorat o’lchov asboblari bilan jihozlanadi. Kompressorning havo uzatishi 4—5 min tashkil etadi.
20>
Do'stlaringiz bilan baham: |