Tarmoqlangan shahobchaga suv uzatishda nasos uskunasining ish rejimini aniqlash
4–misol. D320–50 markazdan qochma nasosi suvni sathi turli balandlikda joylashgan ikki rezervuarga uzatadi. Suvni 1–rezervuarga ko‘tarish geometrik balandligi Ng1 = 32 m, 2–rezervuarga – Ng2 = 27 m. So‘ruvchi liniya diametri dvs = 250 mm, uzunligi lvs = 8 m bo‘lgan po‘lat quvurlardan, kuch liniyasi esa bir xil diametrli dn1 = 150 mm va dn2 = 150 mm, hamda uzunligi ln1 = 400 m va ln2 = 700 m dan iborat bo‘lgan cho‘yan quvurlardan yig‘ilgan. Tizim sxemasi nasos tavsifi 5.19–rasmda keltirilgan.
Nasosning q, H, ηn va Nn parametrlarini, hamda har bir bakka uzatiladigan suv miqdorini aniqlash talab etiladi.
So‘ruvchi liniyadagi qarshilik hisobga olinmaydi.
Echim. Nasos ishchi tavsiflarini aniqlash uchun nasos tavsifi grafigida (5.19,b– rasmda) har bir bak uchun alohida o‘tkazish quvurlari tizimining tavsifini (q–Htr1 va q–Htr2), so‘ng o‘tkazish quvurlari tizimining umumiy tavsifini (Σq –Htr1+2) qurish zarur. Σq –Htr1+2 umumiy tavsif nuqtasining nasos tavsifi – q–H bilan kesishish nuqtasi (A nuq.) nasos ishi nuqtasi bo‘lib, unga binoan uzatish q, oqim kuchi H, FIK ηn va quvvat Nn kabi parametrlarini aniqlanadi.
–rasm. Suvni suv tozalash inshoatlariga uzatish tizimining sxemasi (a); 4K–90/20 markazdan qochma nasosining tavsifi(b)
–rasm. Suvni suv minorasiga uzatish tizimining sxemasi
–rasm. Suvni ikki bakka uzatish tizimi sxemasi (a); D320–50 markazdan qochma nasosining va o‘tkazish quvurlarining tavsifi (b)
–rasm. Suvni ikki suv minorasiga uzatish tizimi sxemasi (a); D320–70 markazdan qochma nasosining tavsifi
A nuqta orqali har bir bakka o‘tkazish quvurlari tavsiflari bilan kesishgunga qadar gorizontal chiziq o‘tkazish orqali qb1 va qb2 baklariga suv sarfi belgilanadi. N oqim kuchi o‘zgarishi bilan mos ravishda qb1 va qb2 sarflari ham o‘zgaradi. Ushbu sarflar summasi muayyan N bo‘lganida nasos uzatishiga, buning uchun zarur oqim
N esa nasos erishadigan oqim kuchiga teng bo‘lishi kerak.
Har bir bakka kelgan o‘tkazish quvurlari tizimi tavsiflari tenglamalarini tuzishda so‘rish liniyasidagi hamda N nuqtasidan nasosga qadar liniyadagi (N nuqtasi nasosning bevosita yaqinida joylashgan) qarshiliklarni juda kichikligi tufayli inkor etish mumkin.
1–q–Ntr1 bakiga o‘tkazish quvurlari tizimi tavsifi quyidagicha:
Ntr1= Ng1+1,05An1ln1Kn1Q2=32+(1,05.7,399.400.Kn1)Q2 Ntr1=32+3107,6Kn1.Q2
2–q–Ntr1 bakiga o‘tkazish quvurlari tizimi tavsifi quyidagicha: Ntr2= Ng2+1,05An2ln2Kn2Q2=27+(1,05.7,399.700.Kn2)Q2
Ntr2=27+5438Kn2.Q2
Ntr1 va Ntr2 hisob–kitoblari natijalari muayyan (tegishli) Q, m3/s bo‘lganida mazkur jadvalda keltirilgan.
5.11-jadval
Q, m3/s
|
Un, m/s
|
Kn1= Kn2
|
Htr1, m
|
Htr2, m
|
0
0,02
0,04
0,06
0,08
|
0
0,62
1,24
1,86
1,48
|
– 1,107
0,952
0,894
0,857
|
32
33,38
36,77
42,0
49,04
|
27
29,41
35,34
44,5
56,82
|
q va Ntr1, Ntr2 larning olingan ko‘rsatkichlari bo‘yicha nasos tavsifi grafigida q
Ntr1 va q – Ntr2 tavsiflari quriladi.
Q – Ntr1 va q – Ntr2 egri chiziqlari abssissalarini qo‘shish bilan turli oqim kuchiga ega bo‘lganda Σq –Htr1+2 uzatish quvurlari tizimining umumiy tavsifi quriladi.
Σq –Htr1+2 umumiy egri chizig‘ining q – N nasos tavsifi bilan kesishuv nuqtasi nasosning ish nuqtasi bo‘ladi. A nuqtaga quyidagilar muvofiq keladi: uzatish q = 11 l/s, oqim kuchi N = 42 m; FIK ηn = 0,72; quvvat Nn = 68 kVt.
A1 va A2 lar, q – Ntr1 va q – Ntr2 egri chiziqlarining A nuqta orqali o‘tadigan gorizontal liniya tomonidan kesishuv nuqtalari birinchi va ikkinchi bakka kelib tushgan suv miqdorini ko‘rsatadi. Buning uchun A1 va A2 nuqtalari orqali abssissalar o‘qi bo‘yicha vertikal chiziqlar o‘tkazilib, ular birinchi bakka qb1 = 59 l/s, ikkinchi bakka qb2 = 52 l/s sarf kelib tushishini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |