Nasos stansiyalari binolarining er usti qismi
Nasos stansiyasining er usti qismida quyidagilar joylashtiriladi:
mashinalar zalida va panjarali xonada o‘rnatiladigan uskunalarni qabul qilish uchun qayta yuklash (o‘tkazish) xonalari;
elektr uskunalar xonalari (quyi kuchlanishli shit xonasi, transformatorlar kamerasi, taqsimlash qurilmasi xonasi);
maishiy xonalar (garderob, hojatxonalar, dush xonalari);
ko‘makchi xonalar (xizmat xonasi, ustaxona, ombor).
Maishiy va ko‘makchi xonalar tarkibi va o‘lchamlari KMK 2.08.04-04 (ShNK 2.09.04-09) tavsiyalariga muvofiq ravishda qabul qilinadi. Ishlovchilar sonini Ichimlik suvi-oqova suvlar tarmoqlari xo‘jaligi ishchi-xizmatchilari mehnatini me’yorlashtirish tavsiyalari bo‘yicha tayinlash mumkin.
Uskunalari qabul qilish xonalari va elektr xonalar, odatda, birinchi qavat darajasida joylashtiriladilar; maishiy va ko‘makchi xonalar esa binoning ham birinchi, ham ikkinchi qavatida joylashishi mumkin.
Yarim cho‘ktirilgan stansiyalarda asosiy nasoslar va panjaralar ustida birinchi qavat orayopmasida oraliqlar qoldirilib, bu birinchi qavat darajasidagi montaj maydonchasi va mashinalar zaliga (panjarali xona) bitta ko‘tarish-transport vositasi yordamida xizmat ko‘rsatish uchun bajariladi. Agar nasos stansiyasining binosida joylashtirish muammo keltirib chiqarsa, u holda transformatorlar o‘rnatish kameralari va taqsimot qurilmasi xonasi va transformator podstansiyasining alohida qurilgan paviloniga chiqariladi.
CHuqurlashtirilgan (cho‘ktirilgan) nasos stansiyalarida elektr xonalari, ko‘makchi va qo‘shimcha xonalar mashinalar zali va panjarali xona tepasidagi orayopma ustida joylashtiriladilar.
Avtomobil kuzovida yoki inventar aravachasida montaj qilinayotgan uskuna tushirilishi mumkin bo‘lgan qayta yuklash xonasi, odatda, mashinalar zali va panjarali xona uchun alohila loyihalashtiriladi. Ana shu xonalarda uskunalar monorels yoki kran-balka yordamida avtomobildan yoki aravachadan tushirilib, montaj oralig‘i orqali mashinalar zaliga (panjarali xona) montaj maydonchasiga uzatiladi. Nasoslar yoki panjara-maydalagichlar montaj maydonchalaridan o‘rnatilish joyiga binoning er osti qismida joylashgan ko‘tarish-transport uskunalari yordamida uzatiladi.
Nasos stansiyasi binosi birinchi qavati va er osti qismining rejalari devorlar, montal maydonchalari, o‘tish yo‘lkalari va birinchi qavatni mashinalar zali va panjarali xona bilan bog‘lab turgan zinopoyalar bilan muvofiq tarzda bajariladi.
Binoning er usti qismini ko‘pincha reja bo‘yicha to‘g‘ri burchakli shaklda, g‘ishtdan yoki yig‘ma temirbetondan qilib tayyorlaydilar. Devorlar er osti qismining temirbeton konstruksiyasiga tayangan balkalarda tiklanadi. Zarur hollarda ana shu balkalar konsollarini stansiya binosi er osti qismining qudug‘idan 1-1,5 m tashqariga chiqarish ham mumkin. Ko‘tarish-transport uskunalari bo‘lgan xonalarning minimal balandligi hisob-kitoblarga ko‘ra ana shu uskunalar yuk ko‘tarish imkoniyatiga va prolyotiga ko‘ra tanlanganidan so‘ng aniqlanadi. Elektr uskunalar xonalari balandligi o‘rnatilayotgan elektr uskunalarning eng katta balandligiga ko‘ra belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |