Nasos uskunasining statik dami Hstat,A2–1
𝐻𝑠𝑡𝑎𝑡,𝐴2−1
= 𝑧𝐴2
− 𝑧𝐴1
+ 𝑃𝐴2 − 𝑃𝐴1
𝜌𝑔
formula bo‘yicha - yoki, agar P A1 = P A2 bo‘lsa (qar. 23 va 24-rasmlarda A va G rezervuarlar atmosfera bosimida Pamb) hisoblab topiladi,
𝐻𝑠𝑡𝑎𝑡,𝐴 2−1 = 𝑧𝐴 2 − 𝑧𝐴 1
formula bo‘yicha - H stat,A2–1 kattaligi nasos uskunasining uzatishiga bog‘liq emas.
Nasos uskunasidagi gidravlik dam yo‘qotishlari
𝐻𝐽𝑡 = 𝐻𝐽1−𝐴 1 + 𝐻𝐽2−𝐴 2
formulaga binoan hisoblab topiladi. H J kattaligi nasos uskunasining uzatishiga bog‘liq.
2.2-rasm. Nasos uskunasining uzatishi va to‘liq damini aniqlash uchun hisobiy sxema:
QA — nasos uskunasining uzatishi; HtA2-1 — nasos uskunasining to‘liq dami; HstatA2-1 —nasos uskunasining statik dami (napor); Hjt — nasos uskunasidagi gidravlik dam yo‘qotishlari
2.3-rasm. Markazdan qochma nasosli nasos uskunalari sxemasi, uning rezervuar-manbadagi suyuqlik muhitidan yuqorida joylashganida: a —
2.4-rasm. Markazdan qochma nasosli nasos uskunalari sxemasi, uning rezervuar-manbadagi suyuqlik muhitidan quyida joylashganida: a —
Markazdan qochma nasoslarning konstruksiyalari turli tuman bo‘lib, biroq ularning bari quyidagi asosiy elementlarni o‘z ichiga oladilar: podvod, bir yoki bir nechta ishchi g‘ildiragi, otvod, zichlanmalar va podshipniklar (2.5-rasm)4.
Markazdan qochma nasosning ishlash tamoyili quyidagilardan iborat. Suyuqlik muhiti podvod orqali ichida ishchi g‘ildiragi aylanayotgan nasosning spiralsimon korpusiga kelib tushadi. Ishchi g‘ildiragining aylanish jarayonida uning parraklari orasidagi suyuqlik muhiti markazdan qochma kuch tufayli otvodga kelib tushib, so‘ng nasosdan dam patrubkasi orqali chiqarib yuboriladi. Chiqib ketayotgan suyuqlik o‘zi egallab turgan bo‘shliqni bo‘shatadi, shu sababli ishchi g‘ildiragi kirishida siyraklashish, periferiyada esa — ortiqcha bosim yuzaga keladi. Qabul qilish rezervuaridagi atmosfera bosimi va nasos kirishidagi pasaygan bosim o‘rtasidagi farq ta’sirida suyuqlik muntazam ravishda ishchi g‘ildiragining parraklararo kanallariga so‘rilib turadi. Shu tarzda suv, oqova suv yoki cho‘kindining uzluksiz uzatilishi amalga oshiriladi.
2.5-rasm. Markazdan qochma nasosning tuzilishi
4 Brian Nesbitt Handbook of Pumps and Pumping. Pumping manual international. Publisher: Elsevier Science & Technology Books. ISBN: 185617476X. Pub. Date: December 2006. Page 8.
Markazdan qochma nasoslarning asosiy konstruktiv elementlari 2.3.1.Podvodlar
Podvod — markazdan qochma nasos korpusining bir qismi bo‘lib, haydalayotgan suyuqlik muhitining ishchi g‘ildiragiga kirishidagi yo‘qotishlarni kamaytirish va nasosning kavitatsion xususiyatlarini yaxshilashga xizmat qiladi, tezliklarning bir tekis o‘qqa simmetrik maydonini hosil qilish, ishchi g‘ildiragi oldidagi suyuqlik harakatini turg‘un (barqaror) qilish imkonini yaratadi. Podvodlar o‘qli yoki yonlama bo‘lishlari mumkin.
O‘qli podvodlar bir tomonlama kirishi bo‘lgan konsolli va vertikal nasoslarda ko‘proq uchraydi. Bunda konfuzorli patrubka ko‘rinishidagi podvod konstruksiyasi eng sodda bo‘lganligi sababli eng ko‘p qo‘llanadi (2.6, a-rasm).
Yonlama podvodlar ikki tomonlama kirishi bo‘lgan nasoslarda, shuningdek ko‘pchilik ko‘p pog‘onali nasoslarda ishlatiladi. YOnlama podvodlar bir necha tipda bo‘lishi mumkin: nasosning ishchi g‘ildiragiga kirishda muayyan tezlik momentiga ega bo‘lish imkonini beradigan spiralli podvodlar (2.6, b-rasm); tezlik momentini hosil qilmaydigan halqali podvodlar (2.6, v-rasm), hamda torayib boradigan tirsak ko‘rinishidagi podvodlar (2.6, g-rasm).
2.6-rasm. Markazdan qochma nasoslar podvodlarining sxemalari: a — konfuzor patrubka ko‘rinishidagi podvod; b — spiralli podvod; v — halqali podvod; g — torayib boradigan
tirsaklar ko‘rinishidagi podvod
Spiralli podvod oqimni turg‘unlashtirib, uning uluchshaet usloviya vxoda ego na lopasti ishchi g‘ildiragining parraklariga kirish sharoitlarini yaxshilaydi, haydalayotgan suyuqlik muhitining nisbiy tezligini pasaytirish, bundan kelib chiqib, ishchi g‘ildiragining kanallaridagi, diffuzorlik bilan bog‘liq yo‘qotishlarni kamaytirish imkonini beradi. Halqali podvod nasos valining har ikki tomonida bir tekis tezliklar maydoni hosil etilishini ta’minlamay, nasos FIKini ancha pasaytirsa ham, biroq u konstruksiyaga ko‘ra sodda. Torayib boradigan tirsak ko‘rinishidagi podvod haydalayotgan suyuqlikning nasos ishchi g‘ildiragiga kirishi uchun yaxshi gidravlik sharoitlarni ta’minlab, biroq ana shu tipdagi podvodli nasoslarning gabarit o‘lchamlari halqali podvodi bo‘lgan nasoslarga nisbatan katta bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |