Filtirlar tayyorlanishiga qarab 2 guruxga ajratiladi:
1)Avval tayyorlanib keyin quduqka tushiriluvchi filtirlar. 2)Quduqka tushirilib keyin tayyorlanadigan filtirlar.
Birinchi gurux filtirlarining eng oddiysi, bu oddiy mustahkamlovchi quvurlarda shaxmat tartibida diametri 1,6dan 1,9mm gacha bo’lgan teshiklar teshib hosil qilingan filtirlar hisoblanadi. Bunday filtirlar yuqori o’tkazuvchan bo’lib, qum zarrachalarining quduqka kirib kelishiga to’skinlik kilmaydi. Tayerlanishi arzon va o’tkazuvchanligi yuqori bo’lgan bunday oddiy filtirlar qattiq tog’ jinslaridan tashqil topgan konlar uchun qo’l keladi. Emiriluvchan tog’ jinslarida tuzilgan maxsuldor qatlam uchun ariqchali teshik hosil qilib yasalgan filtirlarni qo’llash yaxshi samara beradi. Bunday filtirlar ma’lum miqdorda qum zarrachalarini o’tkazib qolgan qismini filtir ortida ushlab koladi va filtir ortidan diametri katta bo’lgan qumlar ikkinchi qumli filtir hosil qiladi.
Fil’tirlar tuzilish jihatidan ikki turga bo’linadi:
Ariqchali teshik hosil qilgan quvurlar, bu ariqchali teshiklar quvurining uzunligi yoki kundalangiga hosil qilingan bo’lishi mumkin.
Ximoya setkasi o’rnatilgan yoki maxsus simlar bilan o’ralgan teshiklar hosil qilingan quvurlar.
Ariqchali filtirlardan tashqari, qimmat va kam qo’llaniladigan toshli (graviynыe) filtirlar turi ham mavjud. Toshli filtirlar tuzilishining xar-xilligiga qaramasdan uni ikki turga ajratish mumkin: 1) Fil’tir quduqka tushirilib toshni keyin joylashtirish. 2)Fil’tir yuqorida toshlar bilan tayyorlanib keyin quduqka tushiriladi.
Filtirlarda ishlatiladigan toshlar shar shaklida bo’lishi kerak va u juda mustaxkam emirilmasligi shart. Kvars toshlarini qo’llash juda samaralidir. dgr/dqum<12 bo’lishi kerak. Bu kursatkichni 6 dan 8 gacha oralig’ida tanlash yaxshi samara beradi. Filtirlar qalinligi tosh diametridan 5 marta katta bo’lib, uning o’tkazuvchanligi qatlam qumlari o’tkazuvchanligidan 30 marta ortik bo’ladi. Toshlarni o’lchamiga qarab, tashqi va ichki kojuxlarda uzunligi 25-35 mm, eni 1,5-2,2 mm bo’lgan to’rt qator teshiklar hosil qilinib, tashqi va ichki kojuxlar bir-biri bilan payvandlangan bo’ladi. Fil’tirning
birinchi tushirilgan qismining uchiga yopik chugunli yunaltiruvchi bo’ladi. Yuqori qismiga esa ishlatuvchi quvurni ulash uchun o’tkazuvchi ulangan bo’ladi.
Yuqorida aytib o’tilgan toshli filtirdan tashqari quduq tubiga qumni zichlantirilgan filtirlar ham qo’llaniladi. Bunda boshqa filtirlardan farqi teshilgan tizma ortiga katta zarrachali kvars toshlari (joylashtirilgan) to’ldirilib filtir hosil qilinadi. Fil’tirni o’rnatishdan oldin tizimda 1m ga 20 tadan teshik teshiladi. Bunda qum qatlamni gidravlik yorish uskunalari yordamida zichlanadi.
12>