Nasimxon rahmonov



Download 0,75 Mb.
bet10/46
Sana08.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#757808
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46
Bog'liq
Nasimxon rahmonov

Savol va topshiriqlar

  1. Buddaviylik tarixi haqida qisqacha ma’lumot bering.

  2. “Oltun yorug‘” asarining tuzilishi, yuzaga kelish tarixi haqida qisqacha so‘zlab bering.

  3. Maxayana mazhabining ta’limoti nimalarni o‘z ichiga oladi?

  4. “Oltun yorug‘”da no‘mning qanday turlari bor?

  5. “Oltun yorug‘”dagi afsonalarda ko‘tarilgan masalalar qanday aqidalarni o‘z ichiga oladi?

  6. “Oltun yorug‘” o‘gitlari insoniyatni nimalarga da’vat qiladi?

  7. “Oltun yorug‘”da “uch qimmatbaho xazina” qaysi ta’limotni qamrab oladi?

  8. “Oltun yorug‘”da “uch zahar” qanday ta’limotni o‘z ichiga oladi?

  9. “Oltun yorug‘”da qanday axloqiy-ta’limiy masalalar ilgari suriladi?

10. “Oltun yorug‘”da komil insonga xos sifatlarga ta’rif bering.
(Ruhiyatdagi nur murodi”dan).
So‘g‘d yozuvi yodgorliklari

Irq bitigi (Ta’birnoma)


(Turkiy run yozuvidagi Fol kitobi haqida to‘xtalish kerak kerakmikan)
Reja:

  1. Irq bitiglari - adabiy manba sifatida.

  2. Ta’birlash maxsus fandir.

  3. Turkiy-run va moniy yozuvidagi Irq bitiglarining o‘xshash va farqli jihatlari.

  4. Irq bitigi va turkiy mifologiya.

  5. Irq bitiglari va yozma adabiyot.

Kalit so‘z va terminlar: janr, bashorat, ta’birnoma, yozma adabiyot, tafakkur, shomonlik, buddaviylik, ruhshunoslik ilmi, mifologiya, ramziy ma’no.
Qadimgi turkiy adabiyotdan bizga yana bir janrning mahsuli – Irq bitiglari, ya’ni Fol kitoblari etib kelgan.
Odamzodning tabiatga o‘ziga xos qarashi, insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ma’lum bir voqea-hodisalarga, buyumlarga munosabatlarini kundalik hayot tarzi bilan bog‘lashga sabab bo‘ldi. Odamlar kundalik turmushda o‘sha tasavvurlarga tayanadigan bo‘ldilar, tasavvur-tushunchalarini aniq bir maqsadga yo‘naltirdilar. Odamlarning tasavvurlari, bashoratlari ko‘pincha to‘g‘ri to‘g‘ri natijalar mahsuli bo‘lib yuzaga chiqdi. SHu sababdan ham hayotiylik kasb etib, turmushdan mustahkam o‘rin oldi. Bora-bora odamlarning tasavvurlarini va bashoratlarini ommalashtiradigan shaxslar paydo bo‘lib, ular o‘ziga xos yozma adabiyot turini yaratdilar. Bu turdagi yozma adabiyot Fol kitoblaridir. Fol kitoblari Ta’birnoma deb ham yuritiladi. Qadimgi turkiyda Irq bitig deb nomlangan.
Insonlar Fol kitoblariga qadimdanoq murojaat etganlar. Qadimgi Fol kitobi tushni ta’birlaydigan kitob bo‘lgan.
Ta’birning qudratli kuchi bor. U kundalik turmushdagi shubhalarni o‘rtadan ko‘taradi. O‘tmishni xotirga soladi, kelajakni oydinlashtirib beradi. Ta’bir qadimdan inson dili va tafakkuridagi allaqanday sirli halqadir. Qadimgi Fol kitoblari insoniyat tafakkurining mahsuli, odamlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi omil sifatida yuzaga kelgani shubhasizdir.
Ta’bir faqat turkiy qavmlardagina emas, dunyoning ko‘p xalqlarida, asosan, sharq xalqlarida bor edi. Ossuriya va Bobil davlatlarida, qadimgi YUnonistonda bashoratgo‘ylar turli fazoviy jismlarga bog‘lab odamlarning taqdiridan bashorat qilib, voqea-hodisalarning tub ildizlarini izlashga harakat qilganlar. Lekin bashoratgo‘ylarda bo‘lgan bilim va tafakkur qudratini hamma ham o‘zida namoyon qila olmagan. Taqdirdan bashorat qiladigan odamlar alohida qatlamni tashkil qilgan.
Bibliyaning Eski Ahd qismida ta’birning alohida o‘ziga xos usullari bayon qilingan. Masalan, Misr fir’avnining tush ko‘rishi va uning tushini faqat YUsuf ta’birlay olgani haqidagi voqea bor. Fir’avn ko‘rgan tush va YUsufning ta’biri haqiqatan hayotda ro‘y berdi. YOki qur’a tashlash vositasida yuz berajak voqealardan xabardor qilish va ta’birlash usullari ham folning alohida turi bo‘lgan edi. Jumladan, Eski Ahd tarkibiga kirgan “Levilar”, “Sahroda”, “Hakamlar” va boshqa qator kitoblarda qur’a orqali shohliklarning, podshohlarning taqdiri oldindan belgilab berilgan.
Folbinlik va ta’birchilikni diniy dunyoqarash ma’suli deb baholash bir yoqlamadir. Qadimgi turk davridagi ta’birchilik bilan islom muhitidagi ta’birchilik o‘rtasida shu jihatdan anyaa farqlar bor. Ta’birchilik aslida o‘ziga xos fandir.
Fol kitoblarining yaratilishidan maqsad – insonlarning o‘ziga xos hayotiy bilimlar bilan qurollanib, ruhan boyishi, sog‘lom muhit yaratish edi. SHu ma’noda Ta’birnomalarni faqat folbin va ta’birchilarning o‘ylab chiqargan g‘oyalari emas, balki hayotiy mazmun kasb etgan amaliy bilimlarining mahsuli, deb qarash maqsadga muvofiqdir. Ta’birchilar g‘oyalarni xalqning o‘zlaridan olganlar. Darvoqe, odamlarning jamiyatga tutgan o‘rni qay tarzda bo‘lmog‘i kerak? Odamlar o‘rtasidagi munosabatlar qanday asoslarga qurilmog‘i lozim? Odam martaba, obro‘-e’tibor, rohatga erishuvi, falokatlarning oldini olishi uchun nima qilishi darkor? Sevinch, shodlik odamga qay paytda va qay tarzda keladi? Xastaliklardan forig‘ bo‘lishning yo‘llari bormi va bunda qanday bilish mumkin? Ana shunga o‘xshash muammolarga folbin va ta’birchilar javob izlaganlar. SHu kabi muammolarni hal qilish yo‘l-yo‘riqlari Fol kitoblarining tub mohiyatini tashkil qilgan. Agar ta’bir joiz bo‘lsa, Fol kitoblari ruhshunoslik ilmi mahsuli va yozma adabiyotni o‘zida mujassam etgan asarlardir, deb qarash mumkin.
Fol kitoblari shundan dalolat beradiki, ta’birchi oddiy, maishiy detallar orqali o‘z davrining muhim g‘oyalarini ko‘tarib chiqqan. Qadimgi turk davrida fol ochish va tushni ta’birlash bitta jarayonning mahsuli edi.
Mahmud Koshg‘ariy irq so‘ziga “birovning dilidagini aytish” deb izoh beradi. Bundan anglashiladiki, X1 asrgacha fol ochish va tush ta’biri hayotiy bilimlar sifatida yaxlitlik kasb etgan.
Fol kitoblari aslida shomonlikning mahsulidir. Markaziy Osiyoda shomonlik, moniylik, nasroniylik, buddaviylik oqimlari bir paytda yoki birin-ketin amalda bo‘lgani holda, shomonlik boshqa oqimlarga qaraganda qadimiyroq va shu zaminda shakllangan, shuning uchun mavqei baland edi. Ammo boshqa muhitdan Markaziy Osiyoga kirib kelgan oqimlar shomonlik qoidalari bilan qorishgan holda ham amal qilavergan. Jumladan, buddaviylik oqimidagi qadimgi turkiy yodgorliklarda ham tush va uning ta’biri davom etgan. Masalan, buddaviylik mazmunidagi “Oltun yorug‘” asarida ayni Fol kitoblaridagiga monand syujetlar bor. “Oltun yorug‘”da tushga bag‘ishlangan lavha quyidagicha: shahzoda Mag‘astvi ochlikdan halok bo‘layotgan yo‘lbarsga va uning bolalariga tanasini qurbon qilgandan keyin, bu voqeadan bexabar xizmatkorlar shahzodaning yo‘qolganini va uni qidirish uchun yo‘lga otlanayotganlarini shovqin-suron bilan e’lon qiladilar. Bu paytda Mag‘astvining onasi – malika tush ko‘rayotgan edi. Malika tushini quyidagicha bayon qiladi: “Tushimda ayon bo‘lgan bu alomat. Ikki ko‘kragim birga butunlay qirqilganini tushimda ko‘ribman – oziq tishim tushib ketibdi. Ko‘ribman aniq bu azobga tushganimni! YAna tush ko‘ribman: bundan boshqa uchta kaptar bolasini lochin cho‘qib, uchalasidan bittasini tutib olib ketibdi. Endi (men ham) ayrildim eng kichigini – suyukli, erkatoy farzandimni. YOmon alomat oqibati edi u, yolg‘on chiqmadi”(X 15a).
YOki “O‘g‘uznoma” dostonidagi Ulug‘ Turkning tushi va ta’biri ham mohiyat jihatidan “Oltun yorug‘”da bayon etilgan tushdan farq qilmaydi. Tush va uning ta’biri tuzilish jihatidan birdir.
Qadimgi turk davrida bizgacha ikkita Irq bitigi etib kelgan. Har ikkalasining yaratilgan sanasi deyarli bir – U111 asrning oxiri va 1X asrning boshlari. Biri urxun yozuvida bitilgan, ikkinchisi moniy yozuvida bitilgan. Har ikkala Fol kitobi shomonlik oqimiga tayansa ham, ularning timsollari, talqin va ta’birlash usullari bir-biridan farq qiladi.
Moniy yozuvidagi Fol kitobi tushda zohir bo‘lgan hodisalarni ta’birlaydi. Zotan, tush “insoi ruhiyatining ramzlari, ong osti hislari, ongga qalqib chiqmagan, lekin inson ruhiyatida har doim mavjud, tashki dunyo bilan doimo aloqa qilib turuvchi hislardir”40. Fol kitobida ikki –oya bosh щrin tutadi: 1. Vujudni saqlamoq va ruhni ozod tutmoq. 2. Tahlikadan uzoq turmoq va sevinch ichida yashamoq.
Mazkur Fol kitobida o‘n uchta hodisa va buyum ta’bir qilingan. Asarda moniylik va shomonlik bilan birga, buddaviylik izlari ham bor. Fol kitobining so‘nggi misralarida “Burxonlarga ta’zim qil!” degan da’vat bor. Burxon - budda xon atamasining turkcha-mo‘g‘ulchaga o‘zgargan ko‘rinishi bo‘lib, turk-mo‘g‘ul mifologiyasida burxon har qanday Budda timsolini anglatadi. YUqoridagi da’vatdan buddaviylik va moniylik oqimlari Markaziy Osiy madaniy muhitida “kurashayotgan” payt edi. Har ikkala oqim maqsad jihatidan bir-biriga yaqin edi.
Fol kitobidagi tush ta’biri ostida mifologik motiv yotadi. Mifologik motivning Fol kitobidagi vazifasi – udumlar, inonch-e’tiqodlar va hayotiy tushunchalarni yuzaga chiqarishdan iboratdir. Tush ta’biri, udumlar va inonch-e’tiqodlar bu asarda o‘zaro zich bog‘langan.
Fol kitobidagi har bir buyum va voqea-hodisa ostida inson taqdiri yotadi. Zotan, tush ob’ekti va ta’bir qilinayotgan har bir buyum teskari ag‘darilgan shaxsiyatdan, buyumning xatti-harakati ham o‘sha shaxsiyatning harakatidan boshqa narsa emas.
Fol kitobidagi ta’birni ma’no jihatdan ikki guruhga bo‘lib talqin qilish maqsadga muvofiqdir:
Inson faoliyati va tuhiy holatiga aloqador ta’bir. Bu guruhga uchrashmoq, jang qilmoq, kamaymoq, yuz o‘girmoq, sevinmoq, qarshi kelmoq, huzur-halovat topmoq, tarbiyalamoq, bola tarbiya qilmoq kabi tush ta’birlari kiradi.
Biror jism, joy, tabiiy hodisalarning ta’biri. Bu guruhga quyosh, tog‘, chuqur quduq, quyosh nuri, insonlarning uchrashuvi kabi tush ta’birlari kiradi.
Fol kitobining birinchi qismi quyosh ta’biri bilan boshlanadi. Asarda bayon qilinishicha, odam tushda quyoshni ko‘rsa, fazoda o‘zgarishlar bo‘ladi, er yuzida muvaffaqiyat, shod-xurramlik hukm suradi, tushida quyoshni ko‘rgan odam ulug‘ mansablarga, xoqon yoki beklik lvozimiga ko‘tariladi. Darvoqe, Fol kitobi faqat maishiy hayotdan yoki taqdirdan bayon qiladigan kitob emas, balki fazoviy yoki boshqa detallar orqali hayotning ko‘p masalalarini qamrab oladi. Birgina quyosh timsoli ham fikrimizni tasdiqlaydi. Zaminning gullab-yashnashi, er yuzida ezgulikning tantana qilishi, odamlarning farovon hayoti va boshqa qator masalalar tushda quyosh ko‘rishga bog‘liq qilib qo‘yiladi. Bu ta’bir odamlarning fazoviy jismlarni tushunishdan ojizligidan yoki fazoviy jismlar haqidagi tasavvurlari zaifligidan emas, balki fazoviy jismlarni har tomonlama bilishga va bu jismlar bilan o‘zlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni topishga intilishidan paydo bo‘lgan. Qadimgi turklarda shomonlik mifologiyasiga ko‘ra, ham quyosh ezgulik ramzi sifatida talqin qilingan. SHu sababdan Fol kitobida aytilishicha, qu sh nurlari porlagach, zaminning tuprohi yasharadi, ko‘rk ochadi, oq bulut paydo bo‘lib, yomg‘ir sochiladi, quyosh nurlarini to‘sib turgan chang-to‘zon yo‘qoladi, oppoq bulutlar ko‘tarilib, zamin uzra yomg‘ir yog‘adi.
Quyosh timsoli SHarq xalqlari mifologiyasida chuqur ildizga ega. Jumladan, shumer kosmogonik mifologiyasida quyosh xudosi Utu, Sibir xalqlaridagi vyol quyosh xudosi, evenklardagi yorug‘lik xo‘jayini quyosh timsoli bilan qadimgi turk davridagi shomonlik mifologiyasiga asoslangan quyosh kulti o‘rtasida hamohanglik kuzatiladi. Turk-mo‘g‘ul mifologiyasida quyoshning ezgulik ramzi sifatida talqin qilinishi tasodifiy o‘xshashlik bilan emas, balki tasavvur-tushunchalarning bir ildizga egaligi bilan izohlanadi.
Quyosh ta’biri, ta’birchining talqiniga ko‘ra, inson hayotida ko‘p muammolarning hal qiladi. Kimdir faqat beklik yoki xoqonlik martabasigagina erishib qolmasdan, uning orzu-istaklari ham bajo bo‘ladi:

Hech kim bilmagan noming yuksaladi,


Kichik noming obro‘ topadi,
O‘g‘il bola istasang toparsan,
Mol-dunyo istasang, qo‘lga kiritasan,
Yo‘lingdagi to‘siqlar tuguni echiladi,
So‘zing, amring tinglanadi.

To‘qnashuv hodisasi va bu hodisaning ta’biri yuqoridagi ta’birning aksidir. To‘qnashuv – tushda biron odam bilan duch kelmakdir, deb talqin qilinsa, ta’birchining maqsadi toraytirilgan bo‘ladi.yu Moniylik oqimining mohiyatidan kelib chiqqan holdaYU to‘qnashuv ta’birini quyidagicha talqin qilish maqsadga muvofiqdir: bu ta’birning mohiyati – har qanday ko‘ngilsiz voqea-hodisalarni bayon qilish, ta’birning maqsadi esa tushdagi to‘qnashuv oqibatlarini bartaraf qilishdir.


Xo‘sh, tushda to‘qnashuv yuz bersa nima bo‘ladi? Bunday holda
“Qiyin, qo‘pol so‘z huzuringga keladi,
SHamol ustiga shamol quturib esadi uyingda”.
Bu pvrcha insonlarning hayotda boshdan kechirishlari mumkin bo‘lgan voqeaga ishoradir. Odam tushda nomaqul narsalarni ko‘rsa, ko‘ngli vayron bo‘lishi turgan gap. “Qiyin, qo‘pol so‘z” - bir-biri bilan bushmanlashishi mumkin bo‘lgan odamlarga ishoradir. “SHamolning quturib esishi” – yuz berishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsizliklardan xabardir.
Muallif ta’birni bayon qilish jarayonida so‘z orqali inson ruhiy holatiga ta’sir o‘tkazishni maqsad qilib qo‘yadi. Ta’birning davomida esa insondagi ruhiy og‘riqlar o‘rnini jismoniy og‘riq egallaydi. “Xastalik, og‘riqlar ko‘rarsan” deydi muallif va uning boshiga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa kulfatlarni ham odam ko‘z o‘ngida gavdalantiradi:
Seni yaralamoq uchun g‘amga g‘arq qiladi,
Azob bermoq uchun atrofingni xastalik o‘raydi.
SHubhasiz, tushda g‘animga yoki boshqa ko‘ngilsiz hodisaga duch kelgan odam hamgin bo‘ladi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, ta’birchi odamlar ishonishi mumkin bo‘lgan g‘oyani ilgari suradi, shu tariqa u asosiy maqsadiga – moniylik oqimidagi yovuz kuch iblisning qilmishiga ishora qiladi. To‘qnashua ta’biri okkultizmning mahsulidir. Okkultizmga binoan, g‘ayritabiiy kuch va g‘ayritabiiy voqea-hodisalar tush ta’biriga mos keladi. Ruhiy va moddiy elementlarning o‘zaro mosligi to‘qnashuv ta’biridagi singari harakat bilan bog‘liq ta’bir uchun xarakterlidir. Ruhiy va moddiy olamni bir-biriga uyg‘unlashtirish, moddiy olamdagi real voqelikni gavdalantirish ushbu ta’birning muhim jihatlaridandir. Ta’birning davomida shu hodisa yanada aqqol kuzatiladi:
Tanangga xastalik kiradi,
Azob bor tanangda, qayg‘u keltirar,
Vujudingga bir otash tushadi,
Joningni sug‘urib oladigan qayg‘u-alam bor.
Tanada xastalik va azob paydo bo‘lishiga sabab – ruhiy va moddiy unsurlarning to‘qnashuvidir. Jon tanadan ajralmas ekan, qiyomatgacha poklanish bo‘lmaydi. Ta’birning xulosasida shunday yakun yasaladi:
Bunday tahlikali ahvoldan xalos bo‘lajak
Yo‘l, imkon senga ko‘rinmaydi.
Huzur-halovat topolmaysan.
SHu lahzadan boshlab ta’birchi ruh hokimligiga intiladi, ruhni bosh mavzuga aylantiradi. Ruh ham moddiyot singari harakatga keladi. Inson ruhini harakatga keltiruvchi kuch – fazoviy jismlar paydo bo‘ladi. Bu jarayon go‘yo haykaltaroshning loydan buyum shaklini yasashiga o‘xshab ketadi. Har qanday jism bir-biriga bog‘liq bo‘lib, bir-birini tebrantirganiday, ruh va fazoviy jismlar ham o‘zaro aloqadorlikda faoliyat ko‘rsatadi. Bu tasvir psixologik parallelizmning eng yorqin namunasidir:
Quyosh er ostiga kiradi, nurlari kesiladi,
Ko‘k yuzida parvoz qilgan qushlar ucholmay qoladi.
Go‘yo jism boru ruh mavjud emasday. Iblisning vilmishi ushbu parchada bosh o‘rin tutgani uchun ruh yaqqol yuzaga chiqmayotganday bo‘lib tuyuladi. CHunki iblislar quyosh nurlarini o‘g‘irlab, er ostiga – zulmat olamiga kirib ketgan edi. Bu esa qiyomatdan darak beradi. Ta’birning ikkinchi satrida iblisning qilmishlari natijasi natijasi yuzaga chiqadi. Ko‘k yuzidagi qushlar – ruhdir, ya’ni ruh qafasda. YUqorida aytganimizday, zohiriy va botiniy mavjudlik, uningostidagi shaxsit ramzilikdan iborat ekanini bu ta’bir yana bir bor tasdiqlaydi. Ramziy ma’no – quyosh nurlari bilan qushlarni, ya’ni ruhni bog‘lovchi omildir.
Mazkur ta’birni bir so‘z bilan aytganda, quyosh nurlarining kesilishi insonning er ostiga kirishidan, halokatga uchrashidan dalolat beradi. Qadimgi turklardagi marhumni dafn etish bilan bog‘liq odatlar bu fikrimizni tasdiqlaydi. Qadimgi turklar odatiga ko‘ra, marhum vafot etganda, dafn qilishdan oldin, tobutning qopqog‘ini ochib: “Quyoshga qara!” deb murojaat etganlar.
Bu ta’bir davomida ta’birchi: “Qudratli xoqonning yorlig‘i teskari turar uyingda” deydi. YOrliq – xoqonning amri, el-yurtga berilgan farmoyishdir. YOrliq teskari tursa, mamlakatda parokandalik, noxush voqealar yuz beradi. Bu ta’bir bayoni orqali ta’birchi tushning ijtimoiy mazmuniga ishora qiladi.
Tushda ayn bo‘lgan bu ko‘ngilsiz hodisa nima bilan yakunlanadi? Odam shunday noxush hodisalar, kulfatlar ichida qolaveradimi? Bunday ko‘nglsizliklarni bartaraf qiluvchi kuch yana insonning o‘zidir. Moniylikdagi ezgu ruh hukmronligi tushdagi ko‘ngilsizliklarni bartaraf qiluvchi omildir. YOmon tush yaxshi natija bilan tugashi uchun odam yaxshi niyatli bo‘lishi lozim. YAxshi niyat esa moniylikdagi ezgu ruh ta’limotida. Ta’birchining o‘giti shunday:
Har qanday ishni qo‘y,
Ezgu va xayrli ishlar bilan mashg‘ul bo‘l.
Qo‘rquv o‘tib ketadi,
Ezgulik kelar.
Mazkur Fol kitobining yuzaga kelishida faqat ta’birchining shaxsiy qarashlarigina ahamiyatli bo‘lib qolmay, qadimgi turkiy muhitdagi udumlar, urf-odatlar ham muhim rol o‘ynagan.



Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish