Kirish
Kurs ishi mavzusini dolzarbligi.Markaziy Osiyo - eng qadim zamonlardan boshlab ko‘plab xalqlarning taqdirini birlashtirgan, murakkab etnik va tarixiy jarayonlar kechgan tarixiy -geografik hudud hisoblanadi. SHuningdek, bu ulkan mintaqa jahon antropogen jarayonlari ro‘y bergan, insoniyatning ilk ajdodlari shakllangan makonlardan biridir.Ming yillar davomida Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan madaniyat o‘chog‘i sifatida dunyo ilm ahlining e’tiborini tortib kelgan.
Hurmatli yurtboshimiz I.A.Karimov, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash, ularda milliy g’urur va fahr tuyg’ularini shakllantirishda tarixning tutgan o’rniga baho berib shunday degan edi: « tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday insonlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi».
Ota-bobolarimiz ahamoniy va yunon-makedon bosqinchilariga qarshi uzoq yillar davomida shiddatli kurash olib bordi. buning natijasi o‘laroq mustaqil davlatlar: qadimgi xorazm, choch, parkana, parfiya, yunon-baqtriya kabi davlatlar vujudga keldi, yuksaldi. Antik davrning buyuk davlatlari qang‘,kushon kabi saltanatlar nafaqat mintaqada balki, sharq va g‘arb mamlakatlari tarixida ham sezilarli iz qoldirdi. Jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi bo‘lgan buyuk ipak yo‘li aynan shu davrda shakllandi va rivojlandi.
Eron tarixi bo‘yicha ma'lumot bеradigan manbalardan kelsak bu yunon mualliflarining asarlari hisoblanadi. Gеrodot (er. av. V asr)ning tarixi, Fukidid (er. av. V asr) tarixi, Ksеnofontning «Yunon tarixi» asari, uning «Anabasis» mеmuari, sitsiliyalik Diodorning «Tarixiy kutubxona»si kabi asarlar qadimgi fors tarixiga oid boy siyosiy, ijtimoiy, harbiy-diplomatik ma'lumotlar bеradi.
Eron va O‘rta Osiyoning xo‘jaligi va undagi ijtimoiy munosabatlar to‘g’risida biz asosan arxеologiya yodgorliklaridan bilib olamiz. Uzoq o‘tmishning akssadolari Eronda kеng tarqalgan diniy asar – “Avеsto”ning ilk qatlamlarida saqlangan.
Hilma-hil hujjatlardan iborat butun bir arxiv bizgacha faqat Elam davridan еtib kеlgan. Er.av. VI asrdan boshlab Ahmoniylarning yozuvlari paydo bo‘la boshlagan. Ko‘p masalalarni hal etishda Gеrodot, qisman Ktеsiy va boshqa antik dunyo mualliflarining asarlari yordam bеradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |