Nasimxon rahmonov


YUsuf Xos Hojibning “Qutadg„u bilig” asari



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

YUsuf Xos Hojibning “Qutadg„u bilig” asari 
Qoraxoniylar sulolasidagi ijtimoiy, siyosiy hayot davrning ilg‗or ziyolilarini 
parokandalikning oldini olishga, mamlakatda adolatni barqaror o‗rnatishga, xalq va 
hukmdorlar o‗rtasida 
yakdillikni 
mastahkamlashga, 
mamlakatni poydor, 
mustahkam qilishga undadi. Albatta, siyosiy shiorlar yoki hukmdorlarning qattiq 
siyosati bilan bularni amalga oshirish mumkin emas edi. SHu bois ijodkorlar 


tarixga murojaat etdilar, tarixdan saboq olishga hukmdorlarni va xalqni da‘vat 
etdilar. Badiiy asarning davlat va mamlakat hayotida qudratli omil ekanini ko‗rsata 
bildilar. ―Qutadg‗u bilig‖ Qoraxoniylar davlatida aynan shu vazifani bajardi. Asar 
Qoraxoniylar sulolasi ikki qismga – g‗arbiy va sharqiy xonliklarga bo‗linib ketgan 
va ular o‗rtasida halokatga olib boruvchi kurashlar borayotgan paytda yozilgan. 
Zotan, ―Qutadg‗u bilig‖da YUsuf foydalangan ramziy obrazlar ayni ana shu 
kurashlarga barham berish va mamlakatda adolat, tinchlik o‗rnatishga ishora qiladi. 
Bu obrazlar bir-biriga bog‗liq, biri ikkinchisini talab qiladi. Adolatni Kuntug‗di, 
davlatni Oyto‗ldi, aqlni O‗gdulmish, qanoatni O‗zg‗urmish deb ataydi. YUsuf bu 
obrazlarni keltirar ekan, quyidagi maqsadlarni ko‗zda tutadi: mamlakatning 
tayanchi - adolat, adolat barqaror bo‗lgan davlatda farovonlik, yakdillik bo‗ladi; 
mamlakat aql bilan boshqariladi, aql bilan boshqarilgan mamlakatda adolat ham, 
farovonlik ham. yakdillik ham bo‗ladi; qanoat esa mol-dunyoga ko‗ngil 
bog‗lamaslikka, bu dunyo ishlarini ham unutmaslikka da‘vat qiladi. Aytish 
mumkinki, ―Qutadg‗u bilig‖ asari mohiyatan o‗z davrining nizomnomasi vazifasini 
bajargan.
Kitob muallifi YUsufning hayoti, ijodi haqida deyarli ma‘lumot yo‗q. U mazkur 
asarini hijriy 462 – milodiy 1069-1070 yillarda yozib tugatadi. Muallif asarini o‗n 
sakkiz oyda yozib tugatgani haqida ma‘lumot beradi. Asarni tugatgan davrda 
muallif YUsuf 50 yoshlar atrofida bo‗lganligi va uning hijriy 410 (milodiy 1019) 
yillar atrofida tug‗ilgani ma‘lum bo‗ladi.
69
―Qutadg‗u bilig‖ni yozishda YUsuf CHin mamlakati donishmandlarining 
hikmatlaridan, asarlaridan, Mochin donishmandlarining ash‘orlaridan foydalandi. 
Asarda bunga ko‗p ishoralar bor. Kitob debochasidan ma‘lum bo‗lishicha, bu asar 
o‗z davridayoq SHarq mamlakatlariga keng tarqalgan va katta shuhrat tutgan.
YUsuf asar debochasida ―Mochin olimlari, donishmandlari Mashriq viloyatida, 
Turkiston ellarida Bug‗roxon tilida biror kimsa hargiz bu kitobdan yaxshiroq kitob 
yozmagan‖ini ta‘kidlaydi. Bu asar qaysi iqlimga etib borgan bo‗lsa, o‗sha iqlim 
olimlari, donishmandlari har xil nom berdilar: chinliklar ―Odobul - mulk‖ deb, 
Mochin podshohining nadimlari (hamsuhbatlari) ―Oyinul- mamlakat‖ deb, atadilar, 
mashriqliklar ―Ziynatul-umaro‖ deb, eronliklar ―SHohnomai turkiy‖ deb, ba‘zilar 
―Pandnomai muluk‖ deb, turonliklar ―Qutadg‗u bilig‖ deb aytdilar. 
70
YUsuf Xos Hojib ―Qutadg‗u bilig‖ avvalida Tavg‗och ulug‗ Bug‗ro Qoraxon 
abo Ali Hasan binni Arslonxon sha‘niga qasida bitadi va asarni shu humdorga 
bag‗ishlaydi. (yuqoridagi Qoraxoniylar tarixidan buning kimligi haqida talqin 
qilish kerak.). Abu Rayhon Beruniy Somoniylar sulolasida davlat boshliqlariga 
nisbatan qo‗llangan laqablarga Bug‗roxon ham taqlid qilganini yozadi. Bug‗roxon 
Somoniylar davlatiga bostirib kelgandan keyin o‗ziga o‗zi ―SHihob ad- davla‖ 
(Davlat osmonining yoritqichi) laqabini olganini ta‘kidlaydi.
71
69
Юсуф Хос 
Ҳ
ожиб. 
Қ
утад
ғ
у билиг. Тошкент, “Фан”нашриёти, 1972. Нашрга тайёрловчи филология фанлари 
кандидати 
Қ
аюм Каримов, 2
-нашри, 8-бет (Бундан кейинги мисоллар шу нашрда олинади)..
70
Ю
қ
оридаги асар, 49
-бет.
71
Абу Рай
ҳ
он Беруний. 
Қадимги
хал
қ
лардан 
қ
олган ёдгорликлар. Тошкент, Фан, 1968, 179 -бет.



Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish