Sulaymonning o‗g‗illar Ali (970-998) va Hasan (970-992) hukmronligi davrida
sulolada ikki hokimiyatchilik hukm surdi. Ali ibn Sulaymon ―Arslon xon‖ unvoni
bilan Koshg‗arda, uning ukasi Hasan ibn Sulaymon ―Bug‗roxon‖
unvoni bilan
Bolasog‗unda hukmronlik qilardi. 992 yili aka-ukalar qo‗shni viloyatlarni,
jumladan. Movarounnahrni qo‗shib olishga qaror qildilar. Bu davrda Somoniylar
hukmdori Abul Qosim Nuh II ibn Mansur (976-957) edi. Somoniylar sulolasi
nihoyatda zaiflashgan, tashqaridan bo‗ladigan hujumlarga bardosh bera olmas edi.
Bu vaziyatdan foydalangan Hasan ibn Sulaymon Bug‗roxon 992 yili Somoniylar
sulolasiga hujum qildi. Nuh II ni o‗zining lashkarboshilari ham,
Xuroson noibi
Abu Ali Simjuriy ham qo‗llab-quvvatlamadilar. Bug‗roxonga qarshi yuborilgan
turkiylar qo‗shini lashkarboshisi Foiq Nuh II ga xiyonat qildi. Somoniylar sulolasi
mag‗lubiyatga uchradi, Nuh II Omulga qochib ketdi.
Kutilmaganda Hasan ibn Sulaymon Bug‗roxon 992 yil vafot etdi. Qoraxoniylar
lashkari katta o‗lja bilan Farg‗onaga qaytdilar.
Nuh II Buxoroga qaytib keldi. U endi o‗zining kuchiga ishonmas edi. SHu bois
G‗azna hukmdori, kelib chiqishi turk bo‗lgan Sabuk teginga yordam so‗rab
murojaat qildi. Sabuk tegin Nuh II ning iltimosini qabul qilib, yirima ming askarini
boshlab Movarounnahrga tomon yo‗lga chiqdi. U Amudaryoni kechib o‗tdi va
avval Keshga, so‗n Naxshobga hujum qildi. U erdan esa Nuh bilan birga Abu
Aliga va Foiqqa qarshi otlandilar. Bir necha hujumlardan so‗ng isyonchilar
qo‗shini tor-mor qilindi, Abu Ali va Foiq Jurjonga qochdilar.
997 yili Nuh II va Sabuk tegin vafot etdilar. Nuh II ning o‗g‗li amir Mansur II
(997-999 ) G‗aznaviylar hukmdori Abul Qosim
Mahmud ibn Sabuk teginning
kuchli ta‘siri ostida qoldi. (Bu shaxs tarixda Mahmud G‗aznaviy nomi bilan
mashhurdir.) Nishopur hukmdori Bektuzun va ilgari Qoraxoniylarga qo‗shilgan
Foiq Mansur II ga yaqinlashishga qo‗rqdilar. Fitna bilan Mansur II ning ko‗zlarini
ko‗r qildirdilar. Tez orada (999 yili) Mansur II ham olamdan o‗tdi.
Xullas, 999 yili Qoraxoniylar lashkari Somoniylarni yiqitdi. Ali Arslon
hayotligida kichik o‗g‗li Nasrni taxt vorisi qilib e‘lon qilgan edi. Nasr ibn Ali
Arslon xoqon (998-1017) Buxoroni egalladi. U Somoniylar sulolasining oxirgi
hukmdori Abdulmalik II ni oilasi bilan zindonband qildi.
Qoraxoniylar sulolasida boshlangan siyosiy tarqoqlik o‗z oqibatlarini ko‗rsata
boshladi. Amakivachchalar - Musoning o‗g‗li Ali Arslon xon bilan Sulaymonning
o‗g‗li Hasan ibn Bug‗roxon o‗rtasidagi ziddiyatlar
kuchli xonliklarning
Qoraxoniylarga ta‘sir o‗tkazishiga yo‗l ochib berdi. SHu paytda Markaziy Osiyoni
asosan qitaniylar egallab olgan edi. 1017 yili qitaniylar Ettisuvga bostirib kirib,
Bolasog‗ungacha etib bordi. Ammo Qoraxoniylar hukmdori Tug‗on xon lashkari
qitaniylar qo‗shinini tor-mor qildi va sharqqa chekinishga majbur qildi.
1040 yilga kelganda, Qoraxoniylar sulolasi ikkiga - g‗arbiy va sharqiy xonliklarga
bo‗linib ketdi. Oradan bir yil o‗tiboq sharqiy xonlik qoraxitoylarga qaram bo‗lib
qoldi. Har ikkala xonlik o‗rtasidagi ziddiyatlar, kelishmovchiliklar oxir-oqibat
taxminan qirq yillardan keyin g‗arbiy Qoraxoniylarni
ichdan emirdi va ular
Saljuqiylarga qaram bo‗ldi. 1210 yilda esa g‗arbiy Qoraxoniylar Muhammad
Xorazmshoh II ning vassaliga aylandi. Nihoyat, oradan ikki yil o‗tgach – 1212 yili
Nayman xoni Kuchluk xon O‗zgan va Koshg‗arda sharqiy Qoraxoniylarni yo‗q
qildi O‗sha yiliyoq Samarqandda G‗arbiy xoqonlikka ham barham berildi.
Qoraxoniylar davridan madaniy yodgoriklar kam saqlanib qolgan. YOzma adabiy
yodgorliklar ―Qutadg‗u bilig‖, ―Devonu lug‗atit-turk‖ , ―Hibatul -haqoyiq‖dan
tashqari, arxitektura va amaliy san‘at namunalari – Buxorodagi Minorai Kalon,
Navoiy shahri yaqinidagi Raboti Malik karvonsaroyi, O‗zgan shahridagi ayrim
maqbaralar Qoraxoniylar davridan etib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: