akademiyasi‖ dir. Bu akademiyaga Xorazmdan, Farg‗onadan, So‗g‗diyonadan,
SHoshdan, Forobdan, Xurosondan olimlar taklif qilingan.
Ahmad Farg‗oniyning tarjima holi haqida ma‘lumotlar juda kam.
Farg‗oniyningilmiy ishlari unga olam miqyosida shuhrat keltirdi. Uning usturlobga
oid ikkita kitobi bor: ―Al-Komil fi-l-usturlob‖ (―Hammasi usturlob haqida‖).
SHuningdek, Farg‗oniyning asosiy ishlaridan bo‗lgan astronomiyaga oid ―Fi san‘at
al usturlob‖ (―Usturlob tayyorlashga oid‖) asari ham mashhurdir. Bu asarining
yana bir necha nomlari bor: ―Djavami' 'ilm an-nudjum va-l-xarakat as-samaviya"
("YUlduzlar va samoviy harakatlar haqida bilimlar to‗plami»"), "Usul 'ilm an-
nudjum" ("YUlduzlar haqidagi ilm asoslari‖), "Al-Mudxal ila 'ilm xa'it al-aflak"
("Osmon tarkibi haqidagi fanga kirish"), "Kitab al-fusul attalatin" ("O‗ttiz bo‗lim
kitobi"). Farg‗oniyning bu asari astronomiyaga bag‗ishlangan arab tilidagi
dastlabki adabiyotdir.
Ma‘mun akademiyasida ikkita observatoriya ochilgan va o‗sha davrning eng
yaxshi
astronomik
asbob-uskunalari
bilan
jihozlangan
edi.
Ma‘mun
akademiyasining astronomlari Erning atrofini, er meridianining uzunlik darajasini
o‗lchaganlar, yulduzlarni kuzatganlar, Zij (jadval)lar tuzganlar, ilmiy tadqiqot
ishlari olib borganlar. Farg‗oniyning bu asari 12 asrda arab tilidan lotin tiliga, 13
asrda Evropaning boshqa tillariga tarjima qilindi va mashhur bo‗ldi. 1493 yili chop
etildi. Uning astronomiyaga oid asarlari 700 yil davomida Evropada qomus va
darslik sifatida xizmat qildi. Farg‗oniy erning dumaloq ekanini ilmiy jihatdan
asoslab berdi, yilning eng uzun kuni 22 iyun va eng qisqa kun 23 dekabr ekanini
aniqladi. SHuningdek, u Quyoshda dog‗ borligini kashf qildi va Quyosh tutilishini
ham oldindan aytib berdi. Tarixiy ma‘lumotlarga qaraganda, bu o‗zbek olimining
qimmatli ilmiy merosi uning zamondosh olimlari uchun muhim qo‗llanma bo‗lib
xizmat qildi. Bu fikrning dalili sifatida shuni aytish mumkin: X11 asrda Ahmad
Farg‗oniyning ―Astoronomiya asoslari haqida kitob‖i lotin va ibroniy tiliga tarjima
qilingan.
Ahmad Farg‗oniy geografiyaga oid asarlarning ham muallifidir.
Ahmad Farg‗oniy umrining oxirgi yillarini Qohirada o‗tkazdi. U Qohirada
usturlobni qurish bilan mashg‗ul bo‗ldi. Bu asbob yulduzlarning joylashuvini
aniqlashda va ular orasidagi masofani o‗lchashda ishlatilgan. SHuningdek, Ahmad
Farg‗oniy Nilomer deb atalgan inshoot qurilishiga a boshchilik qildi. Bu inshoot
861 yili Nil daryosi suvini o‗lchash uchun o‗rnatildi. Bu asbob Misr xalqining
hayoti uchun juda muhim bo‗lgan edi. Nil suvi ayrim paytlarda ko‗tarilib, botqoq
hosil bo‗lishiga va suv toshqini oqibatida hosilning nobud bo‗lishiga olib kelardi.
YUnon muarrixi Gerodotning xabar berishicha, Nil toshganda nafaqat daryo
sohilini, balki atrof hududlarni ham suv bosardi. Buning oqibatida Nil daryosini
kechib o‗tish uchun ikki kun vaqt ketardi. Ahmad Farg‗oniy yaratgan Nilomer Rod
orolida joylashgan bo‗lib, toshqin haqida (pavodka)ma‘lumot olish uchun muhim
ahamiyatga ega edi. Bu inshoot hozirgacha odamlarning e‘tiborida bo‗lib keladi.
2007 yili Qohirada Ahmad Farg‗oniyning haykali o‗rnatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: