Domen nomlari tizimi (Система доменных имен, Domain name system) — internet jahon axborot tarmog'ida domen nomlarini berish, ro'yxatdan o'tkazish va ulardan foydalanish tartibi.
Dizayn (Дизайн, Design) — kontentni ifodalash (tavsiflash, namoyish qilish) usuli.
Elektron matn (Электронный текст, Electronic text) — axborot tizimining xotirasiga yozilgan matn (hujjat, kitob, jurnal, ma'lumotnoma va h. k.). Elektron matnlar tizimlarda joylashganligi sababli, o'quvchi (foydalanuvchi)lar oldida yangi imkoniyatlar ochiladi. Matnni istagancha tahlil qilish, kerakli qator, xatboshi, bo'lim va hokazolarni topish mumkin.
Elektron pochta (Электронная почта, Electronic Mail) — tarmoqning eng ommaviy xizmat turi. U foydalanuvchilarga elektron xabarlar almashish imkoniyatini beradi.
Elektron pochta manzili (Электронный почтовый адрес, Electronic mail address) — har bir
abonentning elektron pochtadagi shaxsiy manzili. U foydalanuvchi nomi, @ belgisi va pochta serveri ishga tushirilgan kompyuter nomi ketma-ketligida belgilanadi.
Foydalanuvchi interfeysi (Интерфейс пользователя, User interface) — foydalanuvchining tizim yoki tarmoq bilan o'zaro ta'sirini aniqlaydigan shakl.
Forum (Форум, Forum) — 1) sayt orqali muloqot qilish shakli. Forumda suhbatlar foydalanuvchi yoki administrator tomonidan kiritilgan mavzu asosida olib boriladi; 2) saytda suhbatlashish uchun uskuna. Forumdagi xabarlar muallif, mavzu va xususiy mazmunga egaligi bilan bir-biriga o'xshab ketadi. Xabarni forumga yuborish uchun hech qanday qo'shimcha dastur talab qilinmaydi, saytdagi tegishli shaklni to'ldirish kifoya.
Foydalanuvchi (Пользователь, User) — kompyuterdan foydalanuvchi shaxs. Agar kompyuter tarmoqqa ulangan bo'lsa, tarmoq foydalanuvchisi atamasi ishlatiladi.
Foydalanuvchi profili (Профил пользователя, Structure of the user) — foydalanuvchi kiritgan parametrlarni saqlovchi fayl. Bunga ishchi stol va tarmoqni sozlovchi ma'lumotlarni, dasturlarga tegishli parametrlarni kiritish mumkin.
чГ
Global tarmoq (Глобальная сеть, Global network) — 1) lokal tarmoqlarni birlashtirgan holda yagona protokol asosida ishlaydigan telekommunikatsion tizim; 2) mintaqaviy (qit'alararo) kompyuterlarni o'zida birlashtirish imkoniga ega tarmoq.
Gipermatn (Гипертекст, Hypertext) — assotsiativ bog'langan bloklar ko'rinishida taqdim etilgan (boshqa matnli hujjatlarga yo'l ko'rsatuvchi) matn.
Gipermurojaat (Гиперссылка, Hyperlink) — tagiga chizilgan yoki boshqa usulda ajratib ko'rsatilgan so'z yoki jumla. Gipermurojaat tizimdagi boshqa blok, hujjat, gipermuhit sahifasi, gipermatnni ko'rsatish imkoniyatini beradi.
HTML tili (Язык NTML, Language HTML) — Web-sahifalarni yaratishda keng qo'llaniladigan til.
Interfaol o'zaro aloqa (Интерактивная коммуникация, Interactive communication) — o'zida elektron pochta, e'lonlar elektron doskasi, onlayn mavzuli muhokamalar, chat, audioanjuman, videoanjuman, ma'lumot va fayllar almashish, umumiy tarmoq ilovasi va boshqalarni qamrab olgan kompyuter bilan o'zaro aloqa, «inson-mashina» muloqoti.
Interfaol o'quv kurslari (Интерактивные учебные курсы, Interactive training courses) — o'zaro muloqot asosiga qurilgan kurslar.
Internet (Интернет, Internet) — yagona standart asosida faoliyat yurituvchi jahon global kompyuter tarmog'i. Internet orqali o'qitish — o'quv-axborot manbalari va internet kompyuter tarmog'i orqali o'zaro bog'langan real vaqtdagi o'qitish.
Kompyuter (Компьютер, Computer) — ma'lumotlarni qayta ishlovchi va saqlovchi elektron mashina. Ma'lumotlarni raqamli ko'rinishda qabul qiladi va qayta ishlaydi. Ular turli dasturlar yordamida qayta ishlanib, boshqa ko'rinishlarga o'tkazilishi mumkin (masalan, analogli ko'rinishga).
Login (Логин, Login) — 1) tarmoq yoki kompyuterga kirish uchun ruxsat beruvchi foydalanuvchi ismi yoki taxallusi; 2) foydalanuvchi kompyuterdan erkin foydalanishi uchun qayd yozuvi nomi, maxfiy emas; 3) kompyuterga ma'lumotlarini uzatayotganda u bilan bog'lanish yozuvi (odatda, qayd yozuvi nomi va parol).
Lokal foydalanuvchi (Локальный пользователь, Local user) — tarmoqqa ulanmagan foydalanuvchi. Aksariyat hollarda, lokal foydalanuvchi deyilganda, uyda kompyuter bilan ishlovchilar tushuniladi.
Lokal kompyuter (Локальный компьютер, Local computer) — foydalanuvchi tomonidan tizimga ortiqcha cheklovlarsiz (masalan, lokal tarmoqqa yoki global tarmoqqa) kirish mumkin bo'lgan kompyuter. Unga xos xususiyat — kommunikatsion tarmoq, modem yoki tarmoq kartasi ishlatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |