10-Mavzu: О„zbekiston Respublikasida ta‟lim sohasida amalga
oshirilgan islohotlar
Reja:
1. Mustaqillik yillarida ilm-fan rivoji.
2. Ta‟lim va kadrlar tayyorlash tizimidagi islohotlar.
3. Mustaqillik yillarida oliy ta‟lim va hamkorlik
aloqalari.
1.
Mustaqillik yillarida ilm-fan rivoji
.
Ma‘lumki, bizning buyuk ajdodlarimiz dunyo ilm-fani rivojiga ulkan hissa
qо‗shganlar. IX-XV asr oralig‗ida yashab ijod etgan allomalar – Muso Xorazmiy
riyoziyot ilmida, Ahmad Farg‗oniy falakkiyot ilmida, Abu Rayhon Beruniy tabiiy
fanlar sohasida, Ibn Sino tibbiyot ilmida, Mahmud Zamahshariy adabiyot ilmida,
Ulug‗bek falakkiyot va nujum ilmida misilsiz shuhrat qozondilar.Ularnig aksariyati
IX asr Bag‗dodda, XI asr boshlarida Urgenchda tashkil topgan о‗z davrining
mushhur akademiyalarida xizmat qilganlar. Shuningdek, Buxoro, Samarqand,
Xiva, Marv, Toshkent kabi shaharlar Movarounnahrdagi ilm-fan markazlari
sifatida butun musulmon dunyosida ma‘lum va mashhur bо‗lgan.
Bu an‘ana xonliklar va mustamlaka davrida ham davom etdi. Xususan, tarix fani
sohasida Abulg‗ozi Bahodirxon, M.R.Ogahiy, Muhammad Solih, Muhammad
Yusuf Bayoniy, Ahmad Donish va boshqalar samarali ijod etdilar. SHо‗rolar
hukmronligi yillarida esa, о‗zbekistonlik olimlardan – T.N.Qori Niyoziy,
T.A.Sarimsoqovlar matematika, H.M.Abdullayev geologiya, I.Mо‗minov falsafa,
O.S.Sodiqov ximiya, H.Sulaymonov filologiya, Y.G‗ulomov arxeologiya,
B.Ahmedovlar tarih sohasida katta yutuqlarga erishdilar.
Mustaqillik yillarida ham о‗zbekistonlik olimlar respublika ilm-fanini yangi
tadqiqotlar, ilmiy kashfiyotlar, innovatsion ishlanmalar va ixtirolar bilan
boyitmoqdalar va jahon ilm-fani ravnaqiga munosib hissa qо‗shib kelmoqdalar.
1992 yilning 8-iyulida Birinchi Prezidentimiz I.Karimov tomonidan imzolangan
―Ilm-fan va innovatsiya faoliyatini rivojlantirishning davlat tomonidan qо‗llab-
quvvatlash tо‗g‗risida‖gi farmon va Vazirlar Mahkamasining mazkur farmon
ijrosini ta‘minlashga yо‗naltirilgan qarori respublika ilm-fani taraqqiyotida muhim
ahamiyatga ega bо‗ldi. Shu munosabat bilan, Respublika Fanlar akademiyasi
qoshida Ilmiy ishlanmalarni ichki va tashqi bozorda targ‗ib etuvchi va tarqatuvchi
innovatsiya tijorat markazi tashkil etildi. Shuningdek, Prezident farmoni bilan
Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy Attestatsiya komissiyasining tashkil
qilinishi bilan Fanlar akademiyasining mavqei yanada oshdi. 1997 yilning 1-
yanvar holatiga kо‗ra, О‗zbekiston Fanlar akademiyasida 8 ta bо‗lim, 135 ta
akademik, 156 ta Fanlar akademiyasining muxbir a‘zolari faoliyat kо‗rsatgan.
Respublikada
ilm-fanni
sohasini
rivojlantirish
maqsadida
Fanlar
akademiyasining faoliyati yanada takomillashtirildi, shu munosabat bilan, Davlat
va jamiyat qurilishi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Mudofaa vazirligi
qoshida Harbiy akademiya, Ichki Ishlar vazirligi qoshida Ichki Ishlar akademiyasi,
Toshkent Tibbiyot akademiyasi, Nukus va Samarqandda Respublika Fanlar
akademiyasining bо‗limlari ochildi.
1997 yil 11-noyabrda Prezidentning ―Xorazm Ma‘mun akademiyasini
qaytadan tashkil etish tо‗g‗risida‖gi farmoniga muvofiq О‗zbekistonning ilmiy
salohiyatini yuksaltirish, uning jahon hamjamiyatidagi о‗rnini mustahkamlash,
mintaqalarda fanni yanada rivojlantirish hamda iste‘dodli va fidoyi olimlarni
qо‗llab-quvvatlash, yuqori intellektual muhit yaratishdagi milliy an‘analarni
rivojlantirish maqsadida Xorazmda Ma‘mun akademiyasi qayta tiklandi.
Akademiya qoshida arxeologiya, tarix, falsafa, til va adabiyot, biologiya masalalari
bilan shug‗ullanuvchi bо‗limlar tashkil etildi. Akademiya olimlari tomonidan tez
orada ―Quyi Amudaryo mintaqasi tuproqlarining suv-tuz rejimini yaxshilaydigan
tizimlarni ish maromini boshqarish usullarini ishlab chiqish‖, ―Xorazm sharoitida
chorvachilikni mо‗tadil ozuqaviy bazasini yaratish va tuproq unumdorligini
oshirish maqsadida sug‗oriladigan yerlarda makkajuxori va boshqa ozuqaviy
ekinlar ekib samarali foydalanish‖, ―Xorazm vohasining ekologik holati va uning
aholi salomatligiga ta‘siri‖, ―Xorazm me‘moriy obidalarning fizik va biologik
ta‘sirlardan himoya qilishning ilmiy asoslangan uslublarini ishlab chiqish‖
mavzularida, shuningdek, Xorazm mintaqasida sivilizatsion jarayonlar va
davlatchilik tarixi masalalari bо‗yicha ilmiy izlanishlar boshlab yuborildi va davom
ettirilmoqda. 2006 yil noyabrda Xiva shahrida YUNESKO bilan hamkorlikda
Ma‘mun akademiyasi tashkil topganligining 1000 yilligiga bag‗ishlangan
tantanalar bо‗lib о‗tdi.
Ilmiy-tadqiqot ishlari nafaqat Fanlar akademiyasi institutlarida, balki xalq
xо‗jaligining turli tarmoqlarida, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida, ilmiy
markazlarda va oliy о‗quv yurtlarida ham olib boriladi.
Mustaqillik yillarida xalq xо‗jaligi va madaniy hayotning tobora ortib
borayotgan talablaridan orqada qolayotgan ayrim ilmiy-tadqiqot institutlari
tugatildi va turmush taqozo etgan yangi institutlar ochildi. 1995 yili Vazirlar
Mahkamasining qarori bilan Fanlar akademiyasining yangi Nizomi tasdiqlandi.
Oradan besh yil о‗tgach – 2000 yilning 9-iyunida Vazirlar Mahkamasining 233-
sonli ―О‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining samarali rivojlanishini
ta‘minlash tо‗g‗risida‖gi qarori e‘lon qilindi. Unda О‗zbekiston ilmiy salohiyatini
mustahkamlash, respublikada fundamental tadqiqotlarni yuqori darajada tashkil
etish va samarali boshqarish, fan va texnika sohasida xalqaro hamkorlikni
kuchaytirish, Fanlar akademiyasi faoliyatini ilg‗or andozalar asosida va
mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida rо‗y berayotgan islohotlar va
erkinlashtirish jarayoniga keng kо‗lamda muvofiqlashtirish hamda ilmiy-tadqiqot
muassasalari xodimlari faoliyatini rag‗batlantirish tizimini takomillashtirish
maqsadlari kо‗zda tutildi.
Yurtimizda ilm-fan sohasini rivojlantirishga о‗zining katta hissasini
qо‗shgan olimlarni taqdirlash maqsadida О‗zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasining al-Xorazmiy, Z.M.Bobur nomidagi oltin medallari ta‘sis etildi.
Hozirda О‗zbekiston Respublikasi ilmiy-tadqiqot kompleksi 362 ta institutni
birlashtiradi.Ular orasida 101ta ilmiy-tadqiqot institutlari, 55 ta oliy о‗quv
yurtlarining bо‗limi, 65 ta ilmiy loyiha tashkilotlari, 32 ta ilmiy -ishlab chiqarish
birlashmalari, 30 ta ilmiy axborot markazlari mavjud.
Respublikada 46 mingga yaqin kishi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Ularning orasida 2,8 ming fan doktori, 16 ming 100 dan ortiq fan nomzodlari bor.
Ilm-fanning 20 dan ziyod yо‗nalishida yuqori malakali ilmiy kadrlar
tayyorlanmoqda. О‗zbekistonlik olimlarning polimerlar ximiyasi, fizika-yadro,
meditsina, matematika, geologiya, seysmologiya, molekulyar genetika va
materiyaning fizik-kimyoviy tarkibini kompleks о‗rganish sohasidagi izlanishlari
tahsinga loyiq.
Mustaqillik sharofati bilan о‗zbekistonlik olimlarning ilm-fan sohasida
xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy hamkorligi va aloqalari yanada kuchaydi.
Masalan,О‗zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat texnika universiteti,
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, Toshkent Sharqshunoslik
universiteti va boshqa о‗quv yurtlari tadqiqotchilari AQSH, Yaponiya va
Yevropaning yetakchi universitetlari olimlari bilan birgalikda ishlamoqdalar.
Kitobdagi Ulug‗bek nomli ilmiy staniya olimlari esa, AQSH, Italiya va Yaponiya
olimlari bilan xalqaro loyihalarda faol ishtirok etmoqdalar. Respublika Fanlar
akademiyasining Matematika instituti olimlari 1995 yildan buyon Fransiya
universiteti qoshidagi matematika markazining tadqiqotchilari bilan hamkorlik
qilib kelmoqdalar. Bir vaqtning о‗zida AQSH, Angliya va Gollandiyada ikki
tomonlama tahrir qilingan maqolalar va ma‘ruzalar nashr etilmoqda. Yaponiya
arxeologlari Surxondaryoda, Sidney universiteti olimlari Qoraqalpog‗istonda ilmiy
izlanishlar olib bormoqdalar.
О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2016 yil 29-
dekabrdagi ―О‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari faoliyatini
yanada takomillashtirish va rag‗batlantirish tо‗g‗risida‖gi farmoniga muvofiq
mamlakatimiz ilm-fani nufuzini yanada oshirish, ilmiy texnologik sohani
yuksaltirishda akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish, Fanlar akademiyasi
a‘zolari tarkibini fanning ustuvor yо‗nalishlarida olib borayotgan faol ilmiy-
tadqiqot izlanishlari natijalari bilan respublika va xalqaro ilmiy hamjamiyat
tomonidan e‘tirof etilgan taniqli olimlar hisobiga kengaytirish, mavjud ilmiy
maktablar an‘analarini davom ettirish va yangi maktablar yaratilishini ta‘minlash
maqsadida 32 ta olim О‗zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a‘zosi etib
tasdiqlandi.
Mamlakatimiz Prezidenti SH.Mirziyoyev 2016 yil 30- dekabr kuni ilm-fan
vakillari bilan bо‗lgan uchrashuvi chog‗ida ‖...bugungi zamon barcha sohalar
qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga kо‗tarishni talab qilayotganini, zotan,
jamiyat oldida turgan dolzar masalalarni ilm-fansiz yechish qiyin ekanligini
ta‘kidlab‖ о‗tdi va ―mazkur sohani qо‗llab-quvvatlash davlatimizning ustuvor
vazifalardir‖, deya qayd etdi.
Uchrashuvda:
-fan, ta‘lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirsh;
-mavjud ilmiy salohiyat va mablag‗larni iqtisodiyot tarmoqlaring buyurtmalari
va muayyan muammolarini yechishga qaratilgan eng muhim ustuvor
tadqiqotlarga yо‗naltirish;
-jahonning yetakchi institutlari, universitetlari, ilmiy markazlari va Fanlar
akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish;
-yosh avlodni salohiyatli kadrlar etib tarbiyalashda birinchi bosqich – maktab
ta‘limini tubdan takomillashtirish, ilmiy kadrlar va yuksak malakali
mutaxassislar tayyorlash jarayonining uzluksizligini ta‘minlash;
-Akademiklar shaharchasida erkin iqtisodiy hudud maqomiga ega bо‗lgan
Innovatsion markaz tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Dunyo miqyosida ilm-fanga bо‗lgan e‘tibor bundan buyon ham kuchayib
boraveradi. Bu tabiiy, albatta. Chunki 21 asr – ilm-fan, intellektual salohiyat asri.
Mamlakatning iqtisodiy-madaniy jihatdan yuksalishi ilm-fan ravnaqiga bog‗liq.
Shu munosabat bilan Prezident SH.Mirziyoyev 2019 yilning may oyida
О‗zbekiston Milliy Universitetida oliy ta‘lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari
rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan bо‗lgan uchrashuvda
ushbu soha vakillari oldiga ilm-fanni rivojlantirsh bо‗yicha dolzarb vazifalar
qо‗ydi, shuningdek, uchrashuvda olimlarni ijtimoiy qо‗llab-quvvatlash,
rag‗batlantirish, ularni uy-joy bilan ta‘minlash, oylik maoshlarini oshirish bо‗yicha
takliflar bildirdi. Darhaqiqat, har bir ishlab chiqarish sohasida tarmoq ilmiy-
tadqiqot muassasalari, konstruktorlik byurolari, tajriba-ishlab chiqarish va
innovatsion markazlar bо‗lishi maqsadga muvofiqdir. Biz mamlakatda
investitsiyalarni faqatgina iqtisodiyot tarmoqlariga emas, balki ilmiy ishlanmalar –
―nou-xau‖lar sohasiga ham keng jalb qilishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |