Nashrga ruxsat etaman



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/142
Sana10.03.2022
Hajmi2,11 Mb.
#488087
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   142
Bog'liq
2 5235669793587075505

Jami
570
2433,1
Nukus shahri 
84 
97,6 
Nukus tumani 
44 
37,8 
Amudaryo tumani 
39 
30,2 
Beruniy tumani 
39 
42,6 
Qonlikul tumani 
31 
13,6 
Qoraо‗zak tumani 
37 
1841,4 
Kegeyli tumani 
23 
7,6 
Qо‗ng‗irot tumani 
39 
81,1 
Mо‗ynoq tumani 
33 
5,3 
Taxtakо‗pir tumani 
20 
20,0 


Tо‗rtkо‗l tumani 
36 
41,4 
Xо‗jayli tumani 
32 
109,9 
Chimboy tumani 
16 
29,6 
Shumanay tumani 
25 
16,3 
Ellikqal‘a tumani 
72 
58,6 
Shu о‗rinda ta‘kidlash joizki, 2021 yilga qadar energetika sanoatida yirik 
loyihalardan biri bо‗lgan Xо‗jayli tumanida joylashgan ―Taxiatosh issiqlik elektr 
stansiyasi‖da rejalashtirilgan jami 678,2 mln. dollarlik investitsiya kiritish 
hisobiga, qо‗shimcha quvvati 230-280 MVt li 2 ta bug‗-gaz qurilmalarini qurish 
orqali modernizatsiya ishlari yakunlanadi. Bu Nukus shahri, Amudaryo, Beruniy, 
Tо‗rtkо‗l, Xо‗jayli va Qо‗ng‗irot tumanlaridagi 100 tadan ziyod sanoat 
korxonalarini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta‘minlash hamda yangi ishlab 
chiqarish quvvatlarini yaratish uchun imkon beradi. 
Xususan, 2017–2021 yillar davomida: 
– Koreyaning ―Samsung injiniring‖ kompaniyasi bilan birgalikda umumiy 
qiymati 300,0 mln. dollarni tashkil etuvchi ―Yangi piroliz uglevodorodlari zavodini 
qurilishi (distillyat piroliz – ―О‗z Kor Gaz Kemikal‖ QK)‖ loyihasi amalga 
oshirilishi hamda buning natijasida 200 tadan ziyod yangi ish о‗rinlari tashkil 
etilishi mо‗ljallanmoqda; 
– qiymati 232,0 mln. dollardan iborat bо‗lgan ―Surgil konini joylashtirish (II –
bosqich)‖ hamda qiymati 293,94 mln. doll. tashkil etuvchi ―Sharqiy Berdaq va 
Shimoliy Berdaq konlarini siquv kompressor stansiyasi qurish orqali qayta 
joylashtirish‖ loyihalari amalga oshiriladi; 
– ―О‗zfarmsanoat‖ konserni ishtirokida Nukus shahrida ―Nukus med tex‖ MChj 
va ―Mustafo farm‖ MChjda infuzion sistema, insulin shpritslari, jarrohlik lateks 
qо‗lqoplari va boshqa mahsulotlar tayyorlash loyihalari foydalanishga toshirilib, 
300 dan ziyod yangi ish о‗rinlari yaratiladi; 
– Kegeyli tumanida ―О‗zbekoziqovqatxolding‖ kompaniyasi ishtirokida 
gо‗shtni qayta ishlash orqali dudlangan gо‗sht va baliq konservalari tayyorlash 
loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda; 
– ―О‗zqurilishmateriallari‖ AJ ishtirokida Qoraо‗zak tumanida ―Karakalpak 
Sement‖ MChjda sement ishlab chiqarish loyihalari ishga tushirilib, 200 ta yangi 
ish о‗rinlari tashkil etilishi rejalashtirilmoqda; 
– ―О‗zbekengilsanoat‖ AJ ishtirokida Chimboy tumanida ―Asaka bank‖ ATB 
imtiyozli kreditlari hisobiga ip-kalava bо‗yash, trikotaj mato va tayyor tikuvchilik 
mahsulotlari, Beruniy tumanida ―Jayhun daryo tekstil‖ MChjda TIF ―Milliy bank‖ 
imtiyozli kreditlari hisobiga ip-kalava, bо‗yalgan ip-kalava va paypoq 


mahsulotlari, 
Xо‗jayli 
tumanidagi 
―Elit 
star 
tekstil‖ 
MChjda 
―О‗zsanoatqurilishbank‖ ATB imtiyozli kreditlari hisobiga ip-gazlama 
mahsulotlari, Tо‗rtkо‗l tumanidagi ―Tо‗rtkо‗l asaka tekstil‖ MChjda ―Asaka bank‖ 
ATB imtiyozli kreditlari hisobiga ip-kalava va trikotaj mato kabi eksportbop tekstil 
mahsulotlarini tayyorlash rejalashtirilib, buning hisobiga jami 1200 tadan ziyod ish 
о‗rinlari yaratilishi kо‗zda tutilmoqda. 
Shu о‗rinda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi 
buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada 
chuqurlashtirish maqsadida 2017–2021 yillarda jami 38 ta loyiha amaliyotga tatbiq 
etilib, 55,4 mlrd. sо‗mlik import о‗rnini bosuvchi sanoat mahsulotlari ishlab 
chiqariladi. О‗z navbatida yuqoridagi loyihalarning bajarilishi hamda sanoat 
mahsulotlari ishlab chiqarish sohasiga qaratilayotgan e‘tibor natijasida kelgusi 
besh yilda yengil sanoat sohasi – 22,0 foiz, oziq-ovqat sanoati – 32,0 foiz, qurilish 
sanoati – 12,0 foiz, kimyo va neft kimyosi sanoati – 23,0 foiz hamda 
mashinasozlik va metalni qayta ishlash sanoati – 13,0 foizga о‗sishiga zamin 
yaratiladi. 
Yuqorida ta‘kidlangan amaliy chora-tadbirlar samaradorligini oshirish 
maqsadida har bir tuman va shaharning sanoat sohasidagi mavjud zaxiralaridan 
tо‗laqonli foydalanish orqali hududning neft-kimyo, qurilish materiallari, 
chorvachilik va qishloq xо‗jalik mahsulotlarini qayta ishlash kabi yо‗nalishlarga 
alohida 
e‘tibor 
qaratilishi 
kо‗zda 
tutilmoqda. 
Umuman 
olganda, 
Qoraqalpog‗istonning 2017–2021 yillardagi sanoat salohiyatini rivojlantirish 
bо‗yicha jami 880 ta, qiymati 2,9 tlrn. sо‗m bо‗lgan loyihalarni amaliyotga tatbiq 
etish belgilangan bо‗lib, iste‘mol mollarini tayyorlash hajmini 2016 yilda 
kutilayotgan 1236,5 mlrd. sо‗mdan 2021 yilda 2058,5 mlrd. sо‗mgacha yetkazish 
rejalashtirilmoqda. Bu esa о‗rtacha aholi jon boshiga hisoblaganda sanoat 
mahsulotlari hajmini 2016 yilda kutilayotgan 2249,5 ming sо‗mdan 2021 yilda 
3872 ming sо‗mgacha о‗sishini ta‘minlashi mо‗ljallanmoqda. 
Shu bilan birga, kelgusida quyidagi asosiy vazifalarning ijrosini ta‘minlashga 
ham alohida e‘tibor berilishini maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Birinchidan, 
mintaqa sanoatining texnologik darajasini yangi bosqichga kо‗tarish maqsadida 
mahalliy xomashyo va zaxiralarni chuqur qayta ishlash asosida sanoat ishlab 
chiqarishida ikki va uch bosqichli jarayonlarni rivojlantirish lozim bо‗ladi. Hozir 
mintaqada mavjud quvvatlar, asosan, xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar 
tayyorlashga yо‗naltirilgan iqtisodiyotning birlamchi ishlab chiqarish sektoriga 
mansub quvvatlardir. Yuqori qо‗shimcha qiymatga ega, sifatli, raqobatbardosh va 
eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish ulushi pastligicha qolmoqda. 
Ikkinchidan, hududning innovatsion-investitsiya faolligini yanada oshirish. Bu 
borada Qо‗ng‗irot sanoat hududida mahalliy mavjud xomashyoni chuqur qayta 


ishlash bо‗yicha yangi texnologik g‗oyalarga asoslangan loyihalarni kо‗paytirish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu sohani rivojlantirish borasidagi amalga 
oshirilayotgan ishlar, xususan, yiliga 10 ta, ya‘ni besh yil mobaynida 53 ta sanoat 
loyihalarini amaliyotga tatbiq etish tuman salohiyati uchun yetarli emasligini 
ta‘kidlash joizdir. (2017 yilda 16 ta, 2018 yilda 11 ta, 2019 yilda 3 ta, 2020 yilda 
15 ta va 2021 yilda 8 ta). 
Uglevodorod xom ashyosini chuqur qayta ishlash asosida sanoat, qishloq 
xо‗jaligi, tibbiyot, transport va boshqa sohalarda yuqori talabga ega qо‗shimcha 
hamda yordamchi tarmoqlarni rivojlantirish lozim bо‗ladi. Bu hudud ishlab 
chiqarishini 
diversifikatsiya 
qilish, 
mintaqaning 
industrial 
rivojlantirish 
imkoniyatini oshiradi. 
Uchinchidan, mintaqaning shimoliy tumanlari (Mо‗ynoq, Qо‗ng‗irot, Qonlikо‗l, 
Shumanay, Qoraо‗zak, Chimboy) imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda 
noan‘anaviy sohalar, jumladan, farmatsevtika va parfyumeriya sanoati uchun 
qizilmiya ildizi yetishtirish va uni qayta ishlash, plankon organizmli (artemiya) 
maxsus suv havzalarini tashkil etish asosida hudud eksport imkoniyatlarini yanada 
oshirishga e‘tibor qaratish lozim. 
Davlatimiz rahbari 2017 yil 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpog‗istonda bо‗lib, 
hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash bо‗yicha tizimli 
chora-tadbirlarni belgilab bergan edi. О‗tgan vaqt mobaynida ular tо‗la amalga 
oshirildi. Tashrif yakunlariga kо‗ra, ishlab chiqilgan dasturga muvofiq, sanoatni 
rivojlantirish borasida umumiy qiymati 160 milliard sо‗mga yaqin 242 ta loyiha 
bajarildi. Bu qariyb 4 mingta ish о‗rni tashkil etish imkonini berdi. Misol uchun, 
Qoraо‗zak tumanidagi ―Qoraqalpoq sement‖ korxonasida birinchi bosqichda yiliga 
200 ming tonna sement, Nukus shahridagi ―Texnik global‖ korxonasida 
―Samsung‖ brendi ostida yiliga 150 ming dona televizor, ―Nukus polimer‖ 
korxonasida yiliga 8 ming tonna polietilen truba va xо‗jalik buyumlari ishlab 
chiqarish yо‗lga qо‗yildi. 
Tо‗rtkо‗l tumanidagi ―Vegateks global‖ korxonasida yiliga 5 ming tonna ip-
kalava ishlab chiqarilmoqda. 
Qoraqalpoq eli uchun nihoyatda muhim va dolzarb masala bо‗lgan ichimlik 
suvi muammosi yillar davomida hal etilmay kelayotgan edi. Shuni inobatga olib, 
qisqa vaqt davomida 101 kilometrlik ―Qо‗ng‗irot-Mо‗ynoq‖ suv quvuri va 
―Qо‗ng‗irot‖ suv taqsimlash inshooti qurib bitkazildi. Buning natijasida Mо‗ynoq 
tumanidagi 25 ming aholi toza ichimlik suvi bilan ta‘minlandi. 
Bundan tashqari, investitsiya dasturiga muvofiq byudjet mablag‗lari va 
Orolbо‗yi hududini rivojlantirish jamg‗armasi mablag‗lari hisobidan mavjud suv 
tarmoqlari rekonstruksiya qilindi va yangilandi. Shu tariqa 35 ta aholi punktida 50 


mingdan ziyod odam ichimlik suvi bilan ta‘minlangani bu boradagi ishlarning 
izchil davomi bо‗ldi. 
Nafaqat Qoraqalpog‗iston, balki butun mamlakatimizning faxri bо‗lgan, 
dunyoda ―Sahrodagi Luvr‖ deb shuhrat qozongan I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq 
davlat san‘at muzeyining muhtasham ikkinchi korpusi qurilib, yuksak xalqaro 
standartlar asosida jihozlandi va foydalanishga topshirildi. 
Qoraqalpoq davlat о‗lkashunoslik muzeyi binosi, О‗zbekiston Qahramoni 
Ibroyim Yusupov nomidagi iqtidorli bolalar maktabi, Amir Temur nomidagi 
istirohat bog‗i, zamonaviy imkoniyatlarga ega bо‗lgan yirik sport majmuasi 
bunyod etildi. Imom Eshon Muhammad jome masjidi rekonstruksiya qilinib, 
foydalanishga topshirildi. 
Bunday о‗zgarishlar barcha tumanlarda, qishloq va ovullarda rо‗y berdi. 
Hudud iqtisodiyoti rivojlandi, aholi turmush darajasi oshdi. Eng muhimi, odamlar 
buni о‗z hayotlarida sezmoqda. 

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish