Nasafiylarining pedagogik qarashlari



Download 0,51 Mb.
bet16/45
Sana28.04.2022
Hajmi0,51 Mb.
#586037
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45
Bog'liq
MAJMUA NASAFIY ALLOMALAR (2)

TO‘QQIZINCHI HIKOYAT
Podshoh Olimshohning bevafo to‘tisi xususida

To‘ti hikoya qila boshlabdi.



  • Bir ovchi to‘ti ini oldiga tuzoq qo‘yib chiqibdi va uni polaponlari bilan tutib olibdi. Shunda ona to‘ti polaponlarga debdi:

  • Bolalarim. Endi eng yaxshi yo‘li shuki, o‘zingizni o‘lganga solib, qimir etmay yotib oling. Qush ovlovchi o‘lib qolgan deb o‘ylab, sizlarni qo‘yib yuboradi. Mening tuzoqqa tushib qolganimga kelsak, hechqisi yo‘q. Faqat tirik qolishni o‘ylash kerak, men bir amallab hiyla bilan qutulib chiqaman-da, oldingizga uchib kelaman.

Polaponlar onalari aytganday qilishibdi, yerga yotib olishibdi-da, nafas olmaslikka harakat qilishibdi. Buni ko‘rgan ovchi o‘ylabdi: ”Ular bo‘g‘ilib o‘lib qolganga o‘xshaydi. To‘rdan olib, tashlab yuborish kerak”. Biroq u polaponlarini tuzoqdan chiqarib otib yuborishi bilan barchalari havoga parvoz qilibdi va sal naridagi daraxt shoxlariga borib qo‘nibdi.
Shunda qush ovlovchining ona to‘tidan qattiq g‘azabi kelibdi va uni ko‘tarib yerga urmoqchi bo‘lgan ekan, ona to‘ti bunday debdi:

  • Shoshma ovchi, meni o‘ldirma. Agar meni tirik qoldirsang, men senga shuchalik ko‘p pul va oltin topib beramanki, to o‘la-o‘lguncha muhtojlik nimaligini bilmaysan va hech nimadan tashvish tortmaysan. Men kasallarni tuzatishga ham ustasi farangman va ko‘plab xilma-xil davolash vositalarini bilaman.

Buni eshitib ovchi suyunib ketibdi, u ona to‘tining gapiga ishonibdi va uni o‘ldirmabdi, keyin unga qarab debdi:

  • Menga qara ona to‘ti! Mamlakatimizning podshosi Olimshoh anchadan beri og‘ir dard bilan to‘shakka mixlanib qolgan. Uni davolay olasanmi?

  • Buning nima qiyin joyi bor ekan, ovchi? - javob beribdi ona to‘ti. – Mening davolash mahoratim shunchalikki, Arastu va Luqmoni hakim davolay olmagan o‘n ming shunday bemorni hech nima ko‘rmaganday qilib yuboraman. Meni podshohning oldiga olib bor, yaxshi davolashimni yetkaz, keyin esa meni istalgan narxda sot.

Shunday qilib, ovchi ona to‘tini qafasga solibdi, uni o‘z podshosi huzuriga olib boribdi va debdi:

  • Olampanoh! Bu ona to‘ti juda ham aqlli qush, u barcha kasalliklarni davolay oladi. Agar mayli desangiz, u a’lo hazratlariga xizmat qilgani saroyda qoladi.

- Inim! – ingrab debdi Olimshoh. – Menga xuddi shunaqa aqlli tabib kerak edi va qachonlardan beri meni davolashlariga mushtoqman. Bu ona to‘tini menikida qoldir va uning narxini ayt.
Ovchi qushga o‘n ming tanga so‘rabdi. Podshoh pulni to‘labdi va ovchi uyiga ravona bo‘libdi, ona to‘ti esa shohni davolashga tushibdi.
Oradan bir necha kun o‘tib, to‘ti bergan dorilardan shoh ancha o‘ziga kelibdi. Shunda to‘ti debdi:

  • Ey podsho! Xudoning marhamati-yu mening sa’y-harakatlarim va dorilar tufayli sihatingiz teng yarmiga tiklandi. Muruvvat aylang-da, meni qafasdan chiqarib yuboring, men shifobaxsh dorilar qidirgani uchib ketaman, siz uchun sahrodan bir dori olib kelaman, u shunchalik shifobaxshki, uni ichsangiz, bir necha kun ichida butunlay sog‘ayib, toat-namozlaringizni bekanda ado etaverasiz.

Olimshoh o‘ylabdi: ”Nima ham derdim, balki to‘ti rost aytayotgandir?” Unga ishonibdi-da, qafasni ochib, qushni qo‘yib yuboribdi. Ona to‘ti esa o‘zining qadrdon o‘rmoniga uchib ketibdi va boshqa qaytib kelmabdi.
To‘ti hikoyasini shu yerda tugatibdi.


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish