“Yomonlikka yaxshilik bilan
javob berish yomonlikdan yaxshilik orqali o„ch olish bilan barobar bo„lishi
mumkin”
Nasafiy bu hikmati bilan insonning irodasini yomonlikka yaxshilik
qilishdek jasorat manbai sifatida e‟tirof etadi. Zero, yomonlikka yaxshilikni qalqon
qilish inson yuragining benihoya axloqiy qudrat manbai ekanligidan darakdir.
Aziziddin Nasafiy komil inson tarbiyasi haqidagi fikrlarini “Kitoblar yuklangan
eshak fikrlaydigan darajaga yetmaydi yoki dono bo„lib qolmaydi. Mohiyatiga
yetmaydiganlar uchun o„tin ko„taradimi yoki kitobmi farqi yo„q”, - deb davom
ettiradi. Bu hikmat orqali Nasafiy komil inson ma‟naviyatiga daxldor bo„lgan
sog„lom e‟tiqod, yuksak dunyoqarash va sof iymon asoslarini shakllantirish
jarayonida zarur dunyoqarashga, keng fikr doirasiga ega bo„lmaslik har qanday
insonning, xususan, yoshlarning mustaqil fikrlovchi, olijanob shaxs bo„lib
yetishishlariga to„siq bo„lishi mumkinligini ta‟kidlaydi. Nasafiy fikricha, donolik
sandig„ida ko„p kitob saqlash yoki ularni ko„tarib yurish bilan belgilangan vazifa
ado etilmaydi, balki kitobdan uqqan sifatlar asosida odobli va xushxulq sohibi
bo„lish, ezgulik yo„lida yurish muhimligini, bunday fazilatlarga ega odamning aqlu
farosatidan o„zgalar qanchalik bahramand bo„lishi ahamiyatli ekanligini
tushuntiradi. Shu bilan birga, o„qilgan kitobni uqib olish, ya‟ni chinakam aql va
bilim o„zaro omuxta bo„lsa, bunga insoniy fazilatlar qo„shilsa, ma‟naviy komillikni
vujudga keltirishga xizmat qilishini ta‟kidlaydi. Aks holda bilimsiz aql qalbni
mahv etadi, qalban yomonlik va tuhmatdan, axloqsizlikdan qutilish mushkul bo„lib
qoladi.
Nasafiyning “Zubdat ul-haqoyiq” asaridagi bir qator nasihatlar insonni
saxovatli va himmatli bo„lishga, yolg„on, qalloblik nuqsonlaridan uzoq yurishga
49
undaydi. “Sening qalbing haqgo„ylik va ezgulik bilan bezansin, toki inson degan
ulug„ nomga munosib bo„lsang, do„zax azoblaridan qutilasan, illo agar buni ehtiyoj
yuzasidan qilsang, joying do„zaxda bo„lsin. Shunday bo„lginki, sendan beixtiyor
hamisha yaxshilik va saxovat yog„ilib tursin, hamma vaqt yovuzlik va haqorat
yog„diradigan kishilardan bo„lma. Chunki ularning haqiqati (tabiati) hamisha
nohaqlik va zulm, noxushlik ijod qilishdir. Sening haqiqating (mohiyating)
to„g„rilik va xayrli ishlar ijod qilish bo„lsin”, - deyiladi “Zubdat ul-haqoyiq”
asarida.
Aziziddin Nasafiyning falsafiy fikrlaridan anglaymizki, yolg„on va qalloblik
yovuzlikning bir qismi bo„lib, insonni jaholat va gunohga yo„llaydi, axloqsizlikka
yo„l ochadi. Shu sababli alloma bu haqda ogohlantiradi. Bundaylarning qilmishlari,
kasblari “yomonlik ijod qilish” bo„lib, kishilarga ozor berishdan zavqlanib
yashaydilar. Bu kabilar aslo Haqqa yaqinlasha olmaslar, ya‟ni yaxshilik yo„lidan
yurmaydiganlardir. Bu kabi yomon ijoddan tiyilishning muhim omillaridan biri
sifatida esa alloma yovuzlikka oshno bo„lganlardan yiroq bo„lishga va hamisha
nohaqlikka qarshi kurashishga, insonlarga zulm qilmaslikka, doimo sharafli
bo„lishga, yomonliklarga hushyor munosabat bildirishga undaydi.
Aziziddin Nasafiy fikrlarida ko„p e‟tirof etiladigan axloqiy tushunchalar
yaxshilik, saxiylik, to„g„riso„zlik va boshqalar kishilarning ma‟naviy kamolotidagi
rivojlanish jarayonlari haqida. Nasafiy har bir insonni yomonlikdan uzoq bo„lishga,
o„zini yomonlikdan asrashga va ma‟nan komillikka erishishga da‟vat etadi. “Kimki
hamisha odamlarga farog„at tilasa va odamlar uchun farog„at keltirsa o„sha
saxovatli qalb egasidir. Bunday odam hech kimdan xizmatini darig„ tutmaydi. Tili,
qo„li, moli bilan o„zgalar yordamiga shoshiladi. Hamma vaqt odamlarni qiynashni
odat qilgan, odamlarga azobu zulmni ravo ko„ruvchi, tili, qo„li bilan odamlarga
ozor beruvchilar qalbi nuqsonli odamlardir”, - deya fikr yuritadi alloma.
Nasafiy hikmatlarida tarbiyaning kuchiga nihoyatda katta baho berilib, tarbiyali
inson jamiki axloqiy sifatlarini jamiyat va o„z maqsadi yo„lida foydalanishga
qaratish lozimligini uqtiradi. Tarbiya jarayonida inson rivojlanib, qalb va ruh
tozaligini ta‟minlaydi. Lekin buning aksi bo„lganda, ya‟ni axloqiy sifatlarning
50
ziddiga ega bo„lgan kishilarga tarbiya berishning foydasizligini shunday
ifodalaydi: “Tarbiyasiz yoki yomon xulqli odamlarga yaxshilik qilish tuzli joyga
don ekishga o„xshaydi. Yomon xulqli kishiga yaxshilik yo„lini ko„rsatish so„qir
odam oldida sham tutish bilan barobardir”.
Nasafiyning mazkur hikmati bobokalonimiz Alisher Navoiyning quyidagi
hikmati bilan mushtarak:
Nokasu nojins avlodin kishi bo„lsin debon,
Chekma mehnatki, latif bo„lmas kasofat olami.
Kim kuchuk birla xo„tikka necha qilsang tarbiyat,
It bo„lur, dog„i eshshak, bo„lmaslar aslo odami.
2
Aziziddin Nasafiyning “Hech kimsaga yoki biron bir joyga qalbingiz bilan
bog„lanib qolmang, chunki quruqlik va dengiz juda keng, dunyoda esa ko„plab
insonlar bor”, - deyilgan hikmatining diqqatga loyiq jihati shundaki, komil inson
axloqiy saodatining muhim sharti sifatida qalb pokligiga urg„u berilgan. Bu
tasodifiy bo„lmay, balki inson qalbining bevosita axloqqa aloqadorligiga ishoradir.
Komil inson axloqining eng muhim sharti qalb pokligi ekan, avvalo, uni biror
narsa yoki buyumga bog„lab qo„ymaslik kerakligi, balki keng qalb bilan
insoniyatga ma‟naviy-axloqiy xizmat qilinishi nazarda tutiladi. Shuningdek,
Aziziddin Nasafiy mazkur hikmatda “qalb bilan bog„lanmaslik” zaruratini
turmushning turli bosqichlarida, yaxshilik va yomonlik kelganida, inson o„zini
qanday tutishi, irodasi va bardoshini toblashi haqida ham mulohaza yuritadi.
YA‟nikim, boylik va lavozimga bog„lanib qolish sababidan gerdayib ketmasliklik
kerakki, o„sha narsalar qo„ldan ketgan vaqtda ruhan tushkunlikka berilmasdan
yashash imkoniga ega bo„lish mumkin. Komil inson axloqining eng go„zal
ko„rinishi dunyo moliga ega bo„lganda saxiylik va muruvvatga, qashshoqlikda
harakatchan va tadbirkor bo„lishga, yuksak martabaga erishganda kamtar va odil
bo„lishga intilishdir. Aziziddin Nasafiy o„z qarashlarida komil inson kamolotida
ilm olish, o„rganishdan charchamaslik va to„xtab qolmaslikka ahamiyat qaratadi.
2
Алишер Навоий “Мукаммал асарлар тўплами”. 7-жилд. 43-байт.
51
Ilm olish maqomining bunday yuksak qadrlashnishi komil inson irodasining
yovuzlik va axloqsizlikka qarshi chiniqtirishda, jismoniy, ma‟naviy barkamolligini
tarbiyalashda muhimligini qayd etadi. Inson komillikka intilar ekan, ilm va
e‟tiqodli bo„lishi, boshida turli kaltaklar sinmasligi uchun o„z qalbida haqiqat va
rostlik chirog„ini yoqishi, jaholat pardasini chilparchin qilmog„i kerakligini
ta‟kidlab ta‟lim beradi. Chunki ilmsiz inson o„z haqiqatini (mohiyatini)
anglamaydi, shu bois zulm ostida qolishini aytib, “Shahar itiga doimiy ravishda
kaltaklar yog„iladi, chunki u ovchi itidek ovga qodir emasda”, - deb uqtiradi.
Aziziddin Nasafiy o„z dahosi bilan insonlarning barcha sohada ne‟matlar
yaratuvchi asosiy kuch ekanligini, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taqdiri
insonlarning mustaqil fikrlashiga, ularning ijod qilishiga bog„liqligini ko„ra bildi.
U yozadi: “Uy tovug„idek zulmni boshingdan kechirgandan ko„ra, nega erkin
parvoz qiladigan kabutar kabi sayohat qilmaysan?” Bu bilan alloma inson hurligi
(mustaqilligi) har nedan muhim ekanligini ta‟qidlab, erkin bo„lmagan kishi uy
tovug„iga qiyoslanadi. O„z erki uchun intilishi bo„lmagan, adolat istasa ham jur‟ati
yetmaydigan, fikri sayoz, vaziyatni o„z qarichi bilan o„lchaydiganlar rahnomo
bo„lolmasligini ta‟kidlaydi. Kabutar esa hurlik ramzi sifatida o„z dunyoqarashiga
ega, tafakkuri teran, axloqiy yetuk insonlarga qiyoslanadi. Shuningdek, alloma
mustaqil fikrli, erkin tabiatli insonning g„oyaviy sezgirligi, o„z nuqtai nazarini
himoya qilishi, ishi va so„zi birligi o„zi va jamiyat rivoji uchun xizmat qilishga
qodir bo„la olishiga ishonadi.
Qadim nasaflik ajdodimizning insoniyatga tuhfa qilgan bebaho ma‟naviy
ne‟mati nafaqat tarixiy-qomusiy yodgorlik, balki pedagogik qimmatga ega noyob
durdonadir. Bu asar olam va odam haqidagi bilimlar majmuasi, tarbiyaga oid
qimmatli ma‟lumotlarni o„zida mujassam etgan tarbiya kitobi hamdir. Aziziddin
Nasafiyning asarlaridagi fikrlarni, hikmatlarni axloqiy qarashlarga boy manba
sifatida baholash hamda undagi mazkur qarashlarni o„rganish dolzarb pedagogik
muammo ekanligini asoslash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |