«Bugun biz qanday davlat qurayapmiz? Uning siyosiy
va ijtimoiy negizi, uning qiyofasi qanday bo„lishi kerak? Yangi demokratik
jamiyat shakllanishida uning ta‟siri qanday bo„ladi?» – degan savollarga javob
topish, bu xususda atroflicha fikr yuritish fursati yetdi» –
deya alohida ta‟kidlagan
edilar. Va ayni chog„da bu savollarni mushohada qilishni davom ettirib, jamiyatimiz
kelajagini quyidagicha bayon qildilar:
«Biz fuqarolik jamiyati qurishga intilmoq-
damiz. Buning ma‟nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgan sari
boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya‟ni o„zini o„zi
boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir».
Shu o„rinda jamiyat siyosiy hayotini erkinlashtirish, fuqarolik jamiyati asoslarini
barpo qilish vazifasining Prezident tomonidan keyingi 3–4 yil davomida ilgari
surilgan ustuvor vazifalardan keng o„rin egallashi kishini chuqurroq mulohaza
yuritishga undaydi. Darhaqiqat, ushbu ustuvor yo„nalish Yurtboshimizning 1999-
yildagi o„n to„rtinchi sessiyadagi ma‟ruzalarida ham, 2000-yil yanvar oyidagi ikkinchi
chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasida ham, qolaversa, 2002-yildagi 9-
sessiyadagi ma‟ruzalarida ham eng asosiy vazifa sifatida e‟tirof etildi. Bu o„rinda
Prezident quyidagilarga asoslandi:
Birinchidan,
yuqorida ta‟kidlanganidek, jamiyat hayotini erkinlashtirish, fuqarolik
jamiyatini barpo etish g„oyasi bugun yoki kecha paydo bo„lgan emas. Balki, bu
g„oyaning vujudga kelishi mustaqillikning ilk g„oyalari bilan bog„liq bo„lib, shu
jihatdan ham adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish g„oyasini O„zbekistonning
davlat mustaqilligi bilan bir xil siyosiy ma‟no kasb etadi, deb qarash mumkin.
Shunday ekan, fuqarolik jamiyatini qurish, uning siyosiy hayotini erkinlashtirish
O„zbekiston kabi yosh mustaqil mamlakatlar uchun bir yoki bir necha yillik jarayon
emas. Lekin shu o„rinda tarixan qisqa davr mobaynida O„zbekistonning misli
ko„rilmagan taraqqiyot darajasiga erishganligi nafaqat vatandoshlarimizda faxr
hissini, balki jahonning ko„plab siyosiy doiralarida O„zbekistonga nisbatan katta
qiziqishni ham uyg„ota olganligini alohida ta‟kidlash adolatdan bo„lur edi.
Ikkinchidan.
O„zbekistonda jamiyat hayotini isloh qilish tamoyillaridan biri bu –
islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iboratligini e‟tiborga olgan holda
ta‟kidlash lozimki, siyosiy hayotni erkinlashtirish va jamiyatning turli qatlamlari
siyosiy-ijtimoiy faolligini oshirish bilan bog„liq erishilgan natijalar bosh maqsad
yo„lidagi muhim qadam, bosqich sifatida baholanib kelinadi. Bu haqda Prezident
I.Karimov
1999-yildayoq:
Do'stlaringiz bilan baham: |