kerak. Buning mazmuni shuki, qishloqda tub islohotlar o„tkazish, qishloq
xo„jaligini taraqqiy ettirish, qishloq xo„jaligida ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish O„zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy omili va
manbayidir»
.
Shu bois avvalo qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish
borasidagi muhim chora-tadbirlardan biri, bu sohani boshqarishni takomillashtirish va
tubdan o„zgartirish, rahbarlikni yaxshilash bo„ldi. 1991–1996-yillarda qishloq
xo„jaligi kompleksiga rahbarlikni yaxshilash, qishloqda o„tkazilayotgan islohotlarning
huquqiy asosini yaratish choralari ko„rildi.
1996-yil 26-noyabrda respublika hukumati qishloq va suv xo„jaligini
boshqarishning, qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini oshirishga
yo„naltirilgan butunlay yangi tizimini yaratish maqsadida «O„zbekiston Respublikasi
Qishloq va suv xo„jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari to„g„risida» qaror
qabul qildi. Shunga asosan ikki vazirlik birlashtirildi.
Bundan ilgariroq, aniqrog„i, 1996-yil 3-aprelida Prezident «Qishloq xo„jaligi ishlab
chiqarishini davlat yo„li bilan qo„llab-quvvatlash chora-tadbirlari to„g„risida»
farmonni imzolab unda qishloqda islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan qator
tadbirlar ko„zda tutilgan edi.
Yana ta‟kidlash joizki, mustaqillik yillarida qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishini
ustun darajada rivojlantirish borasida yangi qonun va me‟yoriy hujjatlar qabul qilindi.
Masalan, 1991-yil 21-dekabrda qabul qilingan «Dehqon (fermer) xo„jaliklarini yanada
mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo„llab-quvvatlash
to„g„risida»gi Farmon qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishini zamon talablari asosida
tashkil qilishda katta ahamiyatga ega bo„ldi.
Shuningdek, chorvachilikda islohotlarni takomillashtirish va dehqon (fermer)
xo„jaliklari hamda xususiylashtirilgan fermalarning manfaatlarini himoya qilish
to„g„risida 1994-yil fevralida qabul qilingan hukumat qarorlari ham katta ahamiyatga
ega bo„ldi.
Shu yillarda amalga oshirilgan tadbirlar tufayli qishloqda agrar islohot jarayonida
bozor iqtisodiyoti talablariga mos yangi xo„jalik tizimi shakllandi. Avvalgi
sovxozlarning hammasi kooperativ, uyushma, shirkatlarga va mulkning boshqa
nodavlat shakllariga aylantirildi.
Chorvachilik fermalari 1994-yilda mazkur joydagilar mulkiga aylantirildi. 1995-
yilda qoramol boqiladigan 588 chorvachilik fermasi kimoshdi savdosida sotildi.
Dehqonlarning shaxsiy yordamchi xo„jaliklariga sug„oriladigan yerlardan qo„shimcha
salkam 350 ming gektar yer ajratildi. Ayni paytda qishloqda 20 mingdan ortiq fermer
xo„jaligi faoliyat ko„rsatmoqda. Qishloq xo„jalik ishlab chiqarishining ijtimoiy
361
tuzilishi tubdan o„zgardi. Hozir qishloq xo„jaligi yalpi mahsulotlarining 98 foizi
nodavlat sektori hissasiga to„g„ri kelmoqda.
Iqtisodiy islohotlar respublika oziq-ovqat mustaqilligini ta‟minlash maqsadida
ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishini o„zgartirishlar bilan birga amalga oshirildi.
Paxtazorlar 1,5 million gektarga qisqardi, sug„oriladigan yerlardagi g„allazorlar 1,2
million gektarga ortdi. G„allachilikni jadal rivojlantirish qisqa vaqt ichidayoq xalq
iste‟moliga ishlatiladigan va ozuqabop donga bo„lgan ehtiyojni qondirish, bug„doy
sotib olishga sarflanayotgan valyutani tejab qolish imkoniyatini beradigan, eksportga
ehtiyoj qoldirmaydigan qudratli tarmoq yaratildi.
Don ekinlari uchun ajratilgan maydonlar 1990-yildan 1998-yilgacha bo„lgan davr
mobaynida asosan paxta ekinlari maydonini qisqartirish hisobiga 1,7 barobar oshdi.
Don ishlab chiqarish ikki barobardan ko„proq oshib, 4,15 mln. tonnani tashkil qildi.
Mazkur ekinlarni yetishtirish tajribasining ko„payishi va faol seleksiya ishlari
natijasida hosildorlik shu yillar mobaynida 1,3 barobar oshdi. Ushbu chora-tadbirlar
don ekinlari importini sezilarli darajada qisqartirishga imkon berdi. Agar 1990-yilda
respublikada iste‟mol qilinadigan bug„doyning 90 dan ortiq foizi importga to„g„ri
kelgan bo„lsa, 1998-yilda import ulushi 19 foizdan kamroqni tashkil qildi.
Qishloq xo„jaligini isloh qilishning moddiy shart-sharoitlarini yaratish, islohotlarni
yangi sifat darajasiga ko„tarish uchun 1994-yilda davlat tomonidan xarid qilinadigan
paxta tolasi va donning narxi 3–8 barobar oshirildi. Qolgan barcha mahsulotlarni
dehqonlar erkin bozor narxlarida sota boshladilar. Boshqacha qilib aytganda
qishloqda islohotlarni jadallashtirish va chuqurlashtirishni, bozorga xos ko„p ukladli
samarador ishlab chiqarishni ta‟minlaydigan zarur iqtisodiy shart-sharoitlar yaratildi.
Bu osonlikcha bo„lmadi. Sababi qishloq xo„jaligi mahsulotlari yetishtirishga va
qayta ishlashga ahd qilgan kishilar oldida ko„plab muammolar paydo bo„lgan edi.
Mazkur muammolarni qonun yo„li bilan hal qilishni ko„zda tutuvchi yangi hujjatlar
qabul qilindi. Ular ichida asosiylaridan biri, 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan
«Dehqon xo„jaligi to„g„risida»gi Qonundir. Bu hujjatda ishlab chiqarish vositalarini
xarid qilish uchun uzoq muddatli kredit ajratilishi hamda, dehqon xo„jaligining joriy
ishlab chiqarish faoliyati uchun kredit shartnomasi asosida qisqa muddatli kredit
ajratish ko„zda tutildi.
Dehqon xo„jaligi tashkil topayotgan paytida unga ssuda va kreditlar berilishida
mahalliy hokimiyat boshqaruv organlari, boshqa to„lovga qobiliyatli yuridik va
jismoniy shaxslar, shuningdek, dehqon xo„jaliklarining o„zlari o„z mulki evaziga kafil
bo„ladigan bo„ldilar.
Qishloq xo„jalik vazirligi ma‟lumotlariga qaraganda, 1996-yil boshigacha
O„zbekistonda
dehqon
xo„jaliklarining
umumiy
soni
20 ming 244 tani tashkil etdi.
1995-yilda dehqon xo„jaliklarining soni jadal sur‟atlar bilan oshib borgan yil
bo„ldi. Birgina 1995-yilda 3 ming xo„jalik qo„shildi. Shunga muvofiq ravishda ularda
band bo„lgan qishloq mehnatkashlarining soni 79229 kishidan 105377 kishiga
362
ko„paydi. 4380 dan ortiq kishi mehnat shartnomasi asosida mavsumiy ishlarga jalb
qilindi.
O„zbekiston ulkan qishloq xo„jalik resurslariga ega mamlakat. Uning asosiy
qishloq xo„jalik ekini paxta. Agar butun Markaziy Osiyo mamlakatlari 2 million
tonna paxta tolasi yetishtirsa, birgina O„zbekiston 1 million 400 ming tonna paxta
tolasi yetishtiradi.
Respublika paxta tolasini yetkazish bo„yicha jahonda to„rtinchi o„rinda, uni chetga
chiqaruvchi va jahon bozorida uni sotish hajmi bo„yicha ikkinchi o„rinni egallaydi. Bu
esa mamlakat xazinasiga valyuta kelib tushishining eng muhim manbayi bo„lib qoldi.
Respublika sabzavot, meva, uzum yetishtirish bo„yicha ham salmoqli o„ringa ega.
Hozir O„zbekistonda yiliga 5 million tonnaga yaqin meva-sabzavot yetishtirilmoqda.
Bu respublika aholisi ehtiyojidan ancha ortiq.
Respublikada har yili o„rtacha 70 ming tonnaga yaqin pilla yetishtirilib, uning 21
ming tonnasi respublika korxonalarida qayta ishlanib, ipak tolasi olinadi, qolgani esa
eksport qilinadi.
O„zbekistonda qishloq xo„jaligini isloh qilishning puxta o„ylab olib borilishi MDH
barcha mamlakatlaridan farqli o„laroq, ishlab chiqarishning sezilarli darajada pasayib
ketishiga yo„l qo„ymaslik imkonini berdi.
Shu bilan birga qishloqda islohotlarni amalga oshirishda ekinlar hosildorligi,
mehnat unumdorligi o„sishini ta‟minlashda, haqiqiy yer egasi va mahsulot sohibining
shakllanishida hali bir qator muammolar va yechilmagan masalalar ko„p edi. Shu bois
1995-yil 21-dekabrda Oliy Majlisning IV sessiyasida «Qishloqda islohotlar sust
borayotgani va kutilgan natijalarni bermayotgani, mulk o„z egasini topishi haqida
ko„p gapirilsa-da, amaliy hayotda esa bu masalalar o„zining kerakli yechimini topma-
yotgani» qat‟iy ta‟kidlab o„tildi.
O„zbekistonda qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini oshirishda
urug„chilikka e‟tibor berilishi lozimligi qayta-qayta uqtirildi. Shu bois ham mamlakat
Oliy Majlisi 1996-yil 29-avgustida O„zbekiston Respublikasining «Urug„chilik
to„g„risida», «Seleksiya yutuqlari to„g„risida»gi qonunlarni qabul qildi. Ushbu
qonunlar respublikada urug„chilik masalalariga doir davlat siyosatini amalga
oshirishning huquqiy asosini yaratdi.
Qishloqda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish haqida gapirar ekanmiz, qishloqda
aholi turmush sharoitini yaxshilashga Prezident va hukumat doimiy ravishda e‟tibor
berayotganliklarini ham ta‟kidlamoq lozim.
1996-yilning 21-mayida O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
«2000-yilgacha bo„lgan davrda O„zbekiston Respublikasi qishloq infrastrukturasini
rivojlantirish Dasturi» to„g„risida qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda qishloqning
iqtisodiy va mehnat imkoniyatlaridan yanada to„liq va samarali foydalanish uchun
qulay sharoitlar yaratish, qishloq aholisining turmush sharoitlarini yaxshilash
maqsadida Vazirlar Mahkamasi «O„zistiqbolstat» Davlat Qo„mitasi, O„zbekiston
Moliya vazirligi, Sog„liqni saqlash va Xalq ta‟limi vazirligiga 2000-yilgacha qishloq
infrastrukturasini rivojlantirishga doir ishlarni amalga oshirishni topshirdi.
363
Shuningdek, ushbu qarorda hukumat komissiyasi tuzilib, har 3 oyda bir marta ushbu
qaror bajarilishini nazorat qilish ham ko„zda tutildi.
Vazirlar Mahkamasining qishloqni rivojlantirishga doir mazkur qarori sohada
keskin o„zgarish yasashga asos bo„ldi. Masalan, 1996-yil oktabr oyida bo„lib o„tgan
yig„ilishda «O„zbekiston Xalq ta‟limi vazirligining Vazirlar Mahkamasining «2000-
yilgacha
bo„lgan
davrda
O„zbekiston
Respublikasida
qishloq
ijtimoiy
infrastrukturasini rivojlantirish dasturi to„g„risida»gi qarorini bajarishi yuzasidan
hisoboti tinglandi.
Komissiya yig„ilishida ta‟kidlanishicha, ko„pdan beri orziqib kutilgan, tom
ma‟nosi bilan o„zbek qishlog„ini madaniy-ma‟rifiy yuksaltirishga, sog„lom yosh
avlodni kamol toptirishga yo„naltirilgan ushbu qarordan so„ng Xalq ta‟limi vazirligida
23-mayda hukumatning bu muhim qarorini turmushga tatbiq qilishni ta‟minlovchi
ishchi guruh tuzildi.
Ishchi guruh birinchi navbatda mamlakat o„sha paytdagi «Istiqbolstat» Davlat
Qo„mitasi mas‟ul xodimlari bilan birgalikda qishloq joylarida 24,3 ming o„quvchiga
mo„ljallangan avariya holatidagi maktablar uchun binolar qurilib foydalanishga
topshirish 1996-yil reja-dasturini Qoraqalpog„iston Vazirlar Kengashi, viloyat hoki-
miyatlari bilan hamkorlikda ko„rib chiqib hukumatga taqdim etdi. Mazkur hujjat
Vazirlar Mahkamasining 8-iyundagi Majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangandan so„ng
joylarga ijro uchun yuborildi. 1996-yilning 29-may kuni ishchi guruh qishloq
maktablari qurilishida asosiy buyurtmachi hisoblangan Qishloq xo„jalik vazirligining
mas‟ul xodimlari ishtirokida yig„ilish o„tkazib qishloq maktabining kelajagi haqidagi
Konsepsiyani yaratish masalasini kelishib oldi.
Hukumat Qarorini amalga oshirishdagi muhim tadbir shundan iborat bo„ldiki,
1996-yil 28-iyunda barcha viloyat xalq ta‟limi boshqarmalarining boshliqlari
ishtirokida bo„lib o„tgan hay‟at yig„ilishida bu o„ta dolzarb hukumat tadbirlarini o„z
vaqtida puxta bajarish sohasida ta‟lim muassasalarining mahalliy hokimiyatlar,
qurilish tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi ko„zda tutilgan vazifalarni
bajarishi muhokama etildi, ularni amalga oshirish bo„yicha zarur ko„rsatmalar berildi.
Unda 1996-yilda qishloq hududlarida foydalanishga topshiriladigan maktab binolari
va ularning moddiy negizini to„liq ta‟minlash bo„yicha aniq muddatlar tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasi Qaroridan nafaqat qishloq maktablari uchun yangi bino qurish,
balki ularni gazlashtirish, ichimlik suvi bilan ta‟minlash, maktab binolarini kapital
ta‟mirlash, rekonstruksiya va qo„shimcha binolar qurish, zamonaviy texnika
vositalari, jihozlar, mebellar bilan ta‟minlash vazifalari ham o„rin oldi.
Ta‟lim muassasalarini jihoz, mebellar bilan o„z vaqtida to„liq ta‟minlash
maqsadida Xalq ta‟limi vazirligi bilan Toshkent shahar, Sirg„ali tumanidagi «Fayz»
mebel ishlab chiqarish hissadorlik jamiyati o„rtasida 1996–2000-yillarga
mo„ljallangan shartnoma tuzildi. Shartnomaga asosan hissadorlik jamiyatining ikkita
sexida faqat ta‟lim muassasalari, xususan, maktablar uchun mebel, jihozlar ishlab
chiqarilishi haqida kelishilib, bu ish 1996-yilning birinchi choragidayoq boshlab
364
yuborildi. Mazkur yilning birinchi yarmida qurilib foydalanishga topshirilgan
maktablar uchun 30 million so„mlik mebel joylarga yetkazib berildi.
Bozor iqtisodiyotiga o„tishdagi murakkabliklar hisobga olinib, ta‟lim
muassasalarida mavjud bo„lgan o„quv ko„rgazma qurollari va jihozlarni ta‟mirlash
borasida vazirlik tasarrufidagi tashkilotlarda amaliy chora-tadbirlar belgilandi.
Jumladan, mamlakat «Ta‟lim-ta‟minot-jihoz» va Andijon viloyat «Ta‟lim-ta‟minot»
korxonalari qoshida Rossiya bilan lingafon, fizika, ximiya kabinetlari, elektr
uskunalarini ampermetr, voltmetr, ossillograf, universal to„g„rilagichlarni ta‟mirlovchi
«Maktab-lingofon», Buxoro viloyati «Ta‟lim-ta‟minot» korxonasi qoshida esa,
kodoskop, epidpaskop, epipproyektor, grafoproyektor, teleskop va filmskoplarni
ta‟mirlovchi «Maktab-Jihoz-Buxoro» qo„shma korxonalari ochildi.
Xalq ta‟limi vazirligi maktablarni zamonaviy texnika jihozlari bilan ta‟minlash
masalasiga jiddiy e‟tibor qaratdi, xususan, joriy yilda qishloq hududlarida joylashgan
maktablar uchun eng zamonaviy texnika vositalari – 160 komplekt sinf «IBM»
kompyuterlari ajratish rejalashtirildi va bulardan 100 komplekti joylarga yetkazildi.
Shuningdek, komissiya yig„ilishida yangi ta‟lim muassasalarini qurib, ularni
foydalanishga topshirish ishlari Respublika viloyatlarida juda sust ketayotganligi ham
qayd qilindi.
Qoraqalpog„iston Respublikasida va Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Toshkent,
Farg„ona viloyatlarida bironta ham maktab binolari foydalanishga topshirilmadi. Shu
munosabat bilan, komissiya Qishloq xo„jalik vazirligi, uning joylardagi viloyat
agrosanoat birlashmalari, qator viloyat hokimiyatlari, xalq ta‟limi boshqarmalari
e‟tiborini qishloq joylarida maktab qurilishiga, ularni tezroq foydalanishga topshirish-
ga qaratdi.
2008-yilda ijtimoiy soha obyektlarini quruq va foydalanishga topshirish
masalalariga ustuvor ahamiyat berilishi natijasida 113 ming 200 o„quvchiga
mo„ljallangan 169 ta kasb-hunar kolleji va 14 ming 700 o„rinli 23 ta akademik litsey
qurildi va rekonstruksiya qilindi. Shu bilan birga, 69 ta yangi maktab barpo etildi va
582 ta maktab kapital rekonstruksiya qilindi. Shular qatorida 184 ta bolalar sporti
inshooti, 26 ta qishloq vrachlik punkti va 7 million 240 ming kvadrat metr turarjoy
binolari va boshqa obyektlar qurildi.
Vazirlar Mahkamasi qarorini bajarishda boshqa vazirliklar tomonidan ham
muayyan ishlar qilindi. Xususan, qishloq aholisining salomatligini yaxshilash
masalasiga ham e‟tibor kuchaydi. Faqat 1996-yilning 11 oyi mobaynida respublikada
62 qishloq vrachlik punkti ishga tushdi. Shu davr mobaynida 71 ming kvadrat metr
savdo o„rinlari, 27,9 ming kvadrat metr umumiy ovqatlanish shoxobchalari, 1992
maishiy xizmat obyekti qurib foydalanishga topshirildi.
Aholini gaz, ichimlik suvi bilan ta‟minlash borasida ham sezilarli ishlar qilindi.
Qishloq aholisini tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta‟minlash yosh O„zbekiston
davlati iqtisodiy siyosatining muhim yo„nalishlaridan biri bo„ldi.
Buni Xorazm viloyati misolida ham yaqqol ko„rish mumkin. Viloyatda bu sohada
mustaqillikning 5 yili davomida 80-yillarga qaraganda birmuncha o„sish sezildi.
365
Jumladan, 1992–1995-yillarda 824 kilometr tabiiy gaz quvurlari yotqizilib, 40 ming
700 xonadonga «zangori olov» o„tkazildi. Vaholanki, 1990-yilgacha gazlashtirilgan
xonadonlar 49 mingni tashkil etgan, ichimlik suvi bilan ta‟minlashning ahvoli ancha
og„ir edi. Binobarin, mavjud ichimlik suvi quvurlari 1990-yilgacha atigi 1000
kilometrni tashkil etgan.
Keyingi 5 yilda 127 kilometr katta diametrli suv haydagich, 902 kilometr ichimlik
suvi tarmoqlari qurilib foydalanishga topshirildi. Aholining tabiiy gaz bilan
ta‟minlanishi 86,7 foizga, ichimlik suvi bilan ta‟minlanishi esa 54,8 foizga yetkazildi.
Orol mintaqasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta‟minlash muhim ijtimoiy-
iqtisodiy tadbir bo„lib insonparvarlik xususiyatiga ega edi.
Bu g„oyat muhim sohada Namangan viloyatida ham ibratli ishlar amalga oshirildi.
1990-yilgacha bo„lgan davrda viloyat bo„yicha jami 1480 kilometr gaz tarmoqlari
tortilgan bo„lsa, 1991–1995-yillar davomida 2025 kilometr gaz tarmoqlari
foydalanishga topshirildi. Sobiq Ittifoq davrida hammasi bo„lib 1423,9 kilometr suv
uzatish tarmoqlari yotqizilgan bo„lsa, 1991–1995-yillarda 1039 kilometr shunday
tarmoqlar ishga tushirildi. 1990-yilgacha hammasi bo„lib 95,8 ming xonadon
gazlashtirilgan bo„lsa, istiqlol yillarining o„zidayoq 83,3 ming xonadonni
gazlashtirishga erishildi. Birgina 1996-yilning o„zida viloyatning eng chekka
qishloqlari Chodak va Nanayga gaz yetkazib berildi.
Qishloqda islohotlar amalga oshirilishi jarayonida mehnatga yaroqli aholini
mehnat bilan band qilish masalasiga ham katta e‟tibor berildi.
Buning boisi shundaki, hozirda qishloqda qariyb 2 mln.ga yaqin ortiqcha ishchi
kuchi mavjud. Shu bois Respublika Prezidenti qishloqda kichik korxonalar, maishiy
xizmat obyektlari tashkil qilish, ortiqcha ishchi kuchini shu sohalarda band qilish
vazifasini muttasil sur‟atda ta‟kidlab kelmoqda. Bu borada 1991–1995-yillarda
mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholini ish bilan ta‟minlash hukumat Dasturi ishlab
chiqildi. Unda ish bilan band bo„lganlar salmog„ini 59 foizdan 74 foizga oshirilishi
mo„ljallangan edi. Bu bajarildi. Shunday bo„lsa-da, rivojlanib borayotgan bozor
iqtisodiyoti sharoitida bu masala hamon dolzarbligicha qolmoqda.
Shu bois Hukumat tomonidan ishlab chiqilgan Dasturda 1996–2000-yillar
orasidagi davrda qishloqda qariyb 2 millionga yaqin yangi ish joyi yaratish, deyarli
950 ming kishini kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish
mo„ljallandi.
1996–98-yillarda qishloq joylarda 631,0 mingta ish joyi barpo etildi.
1998-yilda yaratilgan bu ish o„rinlarining asosiy qismi iqtisodiyotning qishloq
sohasiga (79,4 ming), savdo-sotiq va umumiy ovqatlanishga (54,1 ming), sanoatga
(18,4 ming), shuningdek, transport va aloqa sohalariga (10,0 mingta) to„g„ri keladi.
1998-yilda qishloq joylardagi yangi ish o„rinlarining deyarli yarmini shaxsiy
faoliyat tarmog„i tashkil etadi (fermer xo„jaliklarida – 47,1 ming, dehqon
xo„jaliklarida – 12,9 ming, shaxsiy-mehnat faoliyatlarida – 75,4 ming). 34,0 mingta
o„rinini esa qishloq xo„jaligiga taalluqli bo„lmagan xususiy biznes sohasi tashkil etdi.
366
Natijada qishloq aholisining bandligi tizimi moddiy ishlab chiqarish, savdo-sotiq,
umumiy ovqatlanish sohalaridagi bandligi hisobiga oshdi.
Shuni ta‟kidlash o„rinliki, Prezident I.Karimov va respublika hukumati
O„zbekistonda qishloqni har tomonlama rivojlantirishga, qishloq xo„jaligi ishlab
chiqarishida islohotlarni chuqurlashtirish, bu sohaning moddiy bazasi va moliyaviy
ahvolini mustahkamlashga, agrar siyosatning ustuvor vazifalarini amalga oshirishga
muntazam, doimiy e‟tibor bermoqdalar.
Xullas, yuqoridagilarni umumlashtirib aytish mumkinki, iqtisodiy islohotlarni
amalga oshirishda bugun O„zbekiston erishgan yutuqlar ko„p jihatdan respublika
hukumatining izchil, sobitqadam siyosati bilan bevosita bog„liqdir.
Avval boshdanoq islohotlarning har bir qadami puxta o„ylangan, avvalgi mafkura
zo„ravonligi o„rnini qonun ustuvorligi egalladi. Xususiy iqtisodiyotga rivojlanish
uchun davlat sektori bilan teng sharoitlar yaratildi. Ijtimoiy siyosat esa, aholi turmush
darajasini asta-sekin yaxshilashga qaratildi.
O„zbekistonda milliy iqtisodning eng muhim va ustuvor tarmoqlaridan biri qishloq
xo„jaligi bo„lib, uning taraqqiyoti boshqa sohalar rivoji uchun poydevor vazifasini
o„tamoqda. Chunki valyuta tushumining 60 foizi, yalpi mahsulot muomalasining 70
foizi qishloq xo„jaligi sohasiga to„g„ri keladi.
Yana shuni aytish kerakki, hukumat tomonidan ko„rilgan amaliy choralar tufayli
2005-200-yillarda paxtachilik sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishildi.
Bugungi salmoqli yutuq, keyingi yillarda mamlakatimizda qishloq xo„jaligi
sohasini rivojlantirish, dehqon mehnatini qadrlash va rag„batlantirish, yerga, mulkka
nisbatan chinakam egalik va manfaatdorlik hissiyotini qaror toptirish va
mustahkamlash maqsadida izchil amalga oshirilayotgan keng ko„lamli islohotlar,
avvalambor fermerlik harakatining ustuvorligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etganining
tasdig„i va natijasidir.
2005-2006-yillardagi mavsumlarda tayyorlangan paxta hosilining 85 foizi yerning
haqiqiy
sohiblariga
aylanib
borayotgan
fermer
xo„jaliklari
tomonidan
yetishtirilganining o„zi fermerlik harakatining qanday katta salohiyat va istiqbolga ega
ekanini yana bir bor isbotlab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |