Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


«Xalqaro  terrorizmga qarshi kurash markazini tashkil etish masalasini keskin qo„yish



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«Xalqaro 
terrorizmga qarshi kurash markazini tashkil etish masalasini keskin qo„yish 
maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Markazning asosiy vazifasi terrorizm 
ko„rinishlari bilangina emas, eng avvalo, xalqaro terrorizmni mablag„ bilan 
ta‟minlayotgan, qo„llab-quvvatlayotgan, qurol-yaroq bilan ta‟minlab, joylarga 
jo„natayotgan manbalarga qarshi kurash bo„yicha qabul qilingan qarorlarning 
so„zsiz bajarilishi bo„yicha faoliyatlarni muvofiqlashtirishdan iborat bo„lishi 
lozim»
, – dedi. Bu chindan ham YXHT faoliyatini yangi zamonga moslashtirish 
uchun uning tarkibi, tizimi va faoliyat doirasini takomillashtirish zarurati tug„ilganini 
ko„rsatadi. 
Istanbul sammiti O„zbekiston so„zining qudratini, uning siyosiy irodasini va jahon 
taraqqiyotiga kuchli ta‟sir ko„rsatayotganini yana bir bor namoyish qilgan ulkan 
hodisa bo„ldi. U yana bir bor dunyoning eng nufuzli siyosatdonlari e‟tiborini xalqaro 
terrorizm va ekstremizmning tub mohiyatini, uning taraqqiyot omillarini, Yer shari 
va insoniyat taqdiriga solayotgan tahdidlarini har tomonlama chuqur tahlil etishga, 
ilmiy, nazariy va amaliy jihatdan munosib baho berishga qaratdi. Prezident Islom 
Karimov nutqi bugungi O„zbekiston siyosatining butun ko„lamini va umuminsoniy 
qadriyatga daxldorligini ko„rsatadi. 
Hamjihatlik – xavfsizlikning bosh omili 
XIX asrning saksoninchi yillarida dunyo mamlakatlarini ikkiga ajratib turgan 
Berlin devori qulab, undan keyin «sovuq urush» siyosati barham topganidan so„ng, 
odamzod boshidagi urush xavfi go„yo yo„qolgandek tuyildi. Lekin voqealar rivoji bu 
ishonchning o„tkinchi ekanini isbotladi. Boz ustiga, odamzodning tinch hayot va 


274 
farovonligiga xavf soluvchi boshqa tahdidlar – terrorizm va zo„ravonlik, diniy 
ekstremizm va fundamentalizm, qurol-yaroq va narkotik moddalar kontrabandasi 
yuzaga chiqdi. 
Qolaversa, XX asrning so„nggi o„n yilligida o„z davlat mustaqilligini qo„lga 
kiritgan mamlakatlar jahon siyosiy xaritasi, binobarin xavfsizlik tizimida katta 
o„zgarishlar yasadi. Shunday bir sharoitda yer yuzidagi har bir davlat, ayniqsa, yangi 
mustaqil respublikalar uchun o„z xavfsizligi va barqarorligini ta‟minlash bosh 
masalaga aylandi. Shu jumladan, O„zbekiston bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, 
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti va boshqa yirik xalqaro tuzilmalar 
o„rtasidagi hamkorlik ham, avvalo, mamlakatimizning xavfsizligi va barqarorligini 
ta‟minlashga qaratilgandir. Negaki, bugungi kunda O„zbekistonning taraqqiyoti uchun 
tinchlik va barqarorlik eng asosiy shart sanaladi. 
O„zbekiston Prezidentining Amerika Qo„shma Shtatlariga safari, NATOning 50 
yilligiga bag„ishlab o„tkazilgan tadbirdagi ishtiroki O„zbekiston, qolaversa butun 
mintaqa xavfsizligi va barqarorligi haqida ayrim mulohazalarni aytishga undadi. 
Bilamizki, Afg„onistonda kechayotgan urush, qo„shni Tojikistondagi beqarorlik 
mintaqamiz, shu jumladan, O„zbekistonning osoyishtaligiga ham har daqiqada xavf 
solib turardi. Bu xavf nimalarda ko„rinadi?
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma‟lumotlariga qaraganda, bugungi kunda 
Afg„oniston narkotik moddalar «eksporti» bo„yicha dunyoda birinchi o„rinda turibdi. 
Bu esa nafaqat bizning mintaqamiz, balki Yevropaga ham katta tashvish tug„diryapti. 
Mazkur davlatlardagi beqarorlik sabab ayrim kuchlar diniy ekstremizm va 
fundamentalizm yo„lidagi harakatlarga zo„r berayaptiki, ayni hol O„zbekiston uchun 
nechog„li jiddiy ekanini 1999-yil 16-fevralda Toshkentda yuz bergan mudhish 
voqealar, undan keyingi 2001–2004-yillardagi terroristik harakatlar yana bir karra 
tasdiqladi. Qolaversa, ayrim mamlakatlarning shovinistik harakatlari ham 
mamlakatimiz mustaqilligi va taraqqiyotiga xavf solayotgani sir emas. Shunday bir 
sharoitda O„zbekiston o„z xavfsizligini ta‟minlash borasida dunyoning rivojlangan 
davlatlari, xalqaro tashkilotlar, shu jumladan NATO bilan hamkorlikni 
rivojlantirishdan manfaatdor ekani tabiiy. 
Ma‟lumki, O„zbekiston NATO «Tinchlik yo„lida hamkorlik» dasturining faol 
ishtirokchisi sanaladi. Dastur asosidagi o„zaro muloqot esa harbiy-o„quv mashqlari 
doirasida kengaymoqda. Lekin O„zbekiston NATOga a‟zo bo„lmaydi. Buning ikkita 
sababi bor. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish