Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


Islom dinini oddiy, kundalik taqvo va ibodatdan tom ma‟nodagi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Islom dinini oddiy, kundalik taqvo va ibodatdan tom ma‟nodagi 
ta‟limot, eng yuksak ma‟naviy-ma‟rifiy mafkura, sof insonparvar g„oya 
darajasiga olib chiqdilar
. Insoniyat taraqqiyotini butunlay o„zgartirib yuborgan, 
jahon sivilizatsiyasiga g„oyatda kuchli ta‟sir o„tkazgan Ahmad al-Farg„oniy, Abu 


268 
Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, ulug„ sarkarda va davlat 
arbobi Sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug„bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin 
Muhammad Bobur va boshqa bobokalonlarimiz dunyo taraqqiyotini tabiiy fanlar, 
falsafa, mantiq va adabiyot bilan birga Islom nazariyasi va ta‟limoti bilan mushtarak 
holda tushundilar va rivojlantirdilar. Davr, tarixiy sharoit shunday ediki, ayni ana shu 
omillarning biri kam bo„lgan taqdirda buyuk ixtirolar, olam-u odamlar taqdiri va 
istiqboli bilan bog„liq bo„lgan kashfiyotlar dunyoga kelmagan bo„lur edi. 
Masalaning, yana bir nozik jihati bor: xuddi ana shu biz yuqorida nomlarini tilga 
olgan ulug„ daholarning barchasi islom dinini ilmiy, nazariy va amaliy jihatdan 
qanchalik rivojlantirgan, e‟zozlagan, uning nazariyasi va falsafasini boyitgan 
bo„lsalar, o„z davriga xos diniy fanatizm va aqidaparastlikdan ham shunchalik ko„p 
jabr ko„rganlar. Ayrimlari, hatto, xurofot va jaholat qurboni bo„ldilar. 
Demak, jaholat, johillik yashovchan ekan. Biz buni inkor eta olmaymiz. Hayot 
haqiqati shunday. Demak, biz xavf-xatardan butunlay xoli, tinch va osuda yashashga 
qanchalik intilsak, hayotimizning har daqiqasida aql-idrok yo„rig„i bilan yo„l tutib 
o„zimizni, o„zimiz orqali farzandlarimizni, oilamizni, oxir-oqibatda butun jamiyati-
mizni asramog„imiz darkor. Biz uchun bundan boshqa yo„l yo„q. 
1999-yil avgust oyining oxirlarida bir guruh jangarilar Tojikiston orqali 
Qirg„izistonning Botken tumaniga kirib keldilar. Ular qariyb uch oy mobaynida 
tumanning besh qishlog„ini bosib oldilar. Tinch yashayotgan ming-minglab odamlar 
hayotiga tajovuz qildilar. Ularning mol-mulkini, oziq-ovqatlarini tortib oldilar. Bir 
qirg„iz generali, to„rt yapon fuqarosi va boshqa bir necha kishilar garovga olindi. 
Turli millat vakillari va bir necha mamlakat fuqarosidan iborat jangarilar xalqaro 
terrorizmning yangi qiyofasini ko„rsatdilar. Bezorilar Qirg„iziston hududidan chiqib 
ketgan paytlari Moskvada nashr etiladigan «Время-MН» gazetasi muxbiri 
O„zbekiston Prezidenti I. Karimovga savol bilan murojaat etdi. 
O„zbekiston rahbarining «Время-MН» gazetasida chop etilgan intervyusi bugungi 
dunyo mojarolariga, ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga, xususan, xalqaro terrorizm va 
diniy ekstremizmga bo„lgan munosabatlarga juda katta aniqlik kiritdi. 
Aytish mumkinki, mazkur suhbat XXI asr tafakkur tarzini, uning yo„nalishlarini, 
miqyosini belgilab berdi. Jahon siyosatining strategiyasi, uning falsafasi, mantiqi, 
hayot haqiqati nimalardan iboratligini aniq-ravshan ko„rsatdi. 
Albatta, insoniyat shajarasi abadiy. Hayot esa cheksiz, chegarasizdir. Uning 
kutilmaganda 
yangidan-yangi, 
bir-biriga 
o„xshamagan muammolari paydo 
bo„laveradiki, ularni o„z vaqtida ilg„ab olish, anglab, to„g„ri tushunish va eng maqbul 
shakldagi yechimini topish alohida zukkolikni taqozo etadi. XX asr illati sifatida 
dunyoga kelgan, tobora madda boylab, jazavaga tushayotgan xalqaro terrorizmga 
keskin zarba berish, tag-tomiri bilan sug„urib tashlash alohida zukkolikni, alohida 
shijoatni, ayni paytda haqiqat bilan yuzma-yuz turish jasoratini talab qiladi. 
Aslini olganda insoniyat va hayot kushandasi bo„lmish xalqaro terrorizmga 
munosabat bildirayotgan siyosat va davlat arboblari oz emas. Biroq, ular o„z 
chiqishlarida bo„lib o„tgan voqealarni shunchaki sharhlashdan, shunchaki ommaga 


269 
ko„rinish berib qo„yish tamoyilidan nariga o„tishmayapti. Ularning aksariyatida 
masalaning tub mohiyatini ochishga, unga keskin zarba berishga yo siyosiy iroda 
yetishmayapti yoki shaxsiy shijoat yetarli emas. Yo bo„lmasa, «uni o„ylaydigan 
boshqalar ham bordir, nega aynan men boshimni qotirishim kerak» qabilida ish 
yuritishyapti. Dunyo hayotiga tahdid solayotgan, insoniyat taqdiri, Yer shari istiqboli 
bilan bog„liq bo„lgan umumjahon muammosini zimmasiga olib, unga qarshi 
kurashadiganlar esa oz. Kamdan-kam davlat arboblarigina o„z halovatidan kechib 
dunyoviy mojarolarni o„z yuragidan o„tkazmoqda, unga munosabat bildirmoqda. 
O„zbekiston rahbari mamlakat mustaqilligiga asos solar ekan, terrorizm va 
ekstremizm, mintaqalararo mojarolar yangi dunyoning «sovuq urush»dan xoli 
dunyoning og„ir jarohati ekanligini ko„rsatib berdi va jahon ijtimoiy-siyosiy 
jarayonlarida yangi xavf, yangi tahdid urchib borayotganini alohida ta‟kidladi. Dunyo 
siyosati oqimini o„zgartirish, uni yangi mazmun bilan boyitish zarurati tug„ilganini 
isbotladi. 
O„zbekiston rahbari mintaqada va Yer yuzining turli hududlarida yuz berayotgan 
terrorchilik harakatlari, din niqobi ostida amalga oshirilayotgan qonxo„rliklar va 
zo„ravonliklar oqibatlariga o„ta jiddiy qaraydi. Prezident I.Karimov voqealarga o„z 
vaqtida munosib baho berdi. Ularni butun ko„lami va miqyosi bilan idrok etadi. 
Natijada, masalaning tub ildizini ochib beradi. Xalqaro terrorizmning insoniyat 
hayotiga tahdidi, fojialari va jahon tarqqiyotiga butkul to„siq bo„ladigan omillari 
xususida gapirar ekan, 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish