Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


«Biz ijtimoiy himoyalashning asossiz tenglashtirish tizimidan qat‟iyan voz



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«Biz ijtimoiy himoyalashning asossiz tenglashtirish tizimidan qat‟iyan voz 
kechib, Sharqda necha ming yillar davomida qaror topgan ma‟naviy-axloqiy 
qadriyatlarga, turmush tarzi va dunyoqarash xususiyatlariga muvofiq keladigan 


221 
o„z yo„limizni tanlab oldik»,
– deb yozgan edi I.Karimov o„zining «O„zbekiston 
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo„lida» kitobida. 
Shunga binoan 1994-yilga kelib O„zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash tizimi 
tubdan o„zgartirildi. Ijtimoiy ko„mak berishning mutlaqo yangi ilg„or tizimi 
shakllantirildi. Bu tizimning mohiyati shundan iboratki, mamlakatimizning kelajagi 
hisoblanmish bolalar va kam daromadli oilalar bu yordamdan bahramand bo„luvchi 
asosiy kishilar bo„lib qoldi. Endi hamma nafaqalar va moddiy yordam faqat oila 
orqali yetkazib beriladigan bo„ldi. Oila asosiy mavqega ega bo„ldi. Bunday 
yondashuv umuminsoniy qadriyatlarga, milliy an‟analarga va ruhiyatga mos keladi, 
fuqarolar jamiyatining ijtimoiy tashkiloti tizimida oila egallaydigan o„rniga muvofiq 
keladi. 
Ijtimoiy ko„maklashuvning yangi tizimida farzand tug„ilganda, bir yo„la 
beriladigan to„lovlar saqlab qolinishi bilan birga nafaqalar va imtiyozlarning quyidagi 
turi ham amalga oshiriladigan bo„ldi. Masalan, birinchidan, bola boquvchi onalarga 
to„lanayotgan nafaqaning miqdori ko„paytirilibgina qolmay, uning muddati ham 
uzaytirildi. Ilgari bunday yordam bir yarim yilgacha to„langan bo„lsa, endi bu muddat 
uch yilgacha uzaytirildi. Ishlovchi onalar ham, ishlamaydigan onalar ham, bu 
nafaqadan foydalanadigan bo„ldilar. Masalan 1995-yil ijtimoiy himoyaga ajratilgan 
mablag„ning 3 foizi onalarga ikki yoshgacha farzandlarini parvarish qilish uchun 
ajratildi. Boshqa davlatlardan farqli o„laroq O„zbekistonda bu nafaqa ish haqining eng 
oz miqdoriga bog„liq qilib qo„yildi. Bu avval boshdanoq pulning qadrsizlanishi 
oshganda nafaqalarning ana shu turining indeksatsiyalanishini ta‟minlaydi. Bolalarga 
beriladigan yigirmadan ziyod turli nafaqalar o„rniga 1994-yilning sentabridan boshlab 
barcha bolali oilalar uchun yagona nafaqa joriy etildi. Masalan, 1995-yilda ijtimoiy 
himoyaga ajratilgan mablag„ning 51 foizi oilalarga ularning farzandlariga ikki yoshga 
to„lgunlaricha parvarish qilish uchun ajratildi. 
Davlat tomonidan bolalarni boqish va tarbiyalashga qilinadigan sarf-xarajatlarning 
bir qismini oilalarga kompensatsiya tarzida berib turildi, ayni vaqtda ota-onalarning 
mas‟uliyati kuchaytirildi. Beshta va undan ko„proq bolali oila uchun nafaqaning eng 
ko„p miqdori avvaliga eng kam ish haqining yarmi miqdorida, 1996-yilga kelib eng 
kam ish haqining to„la stavkasi darajasida belgilab qo„yildi. 
1994-yil 24-avgustda Prezidentning «Kam ta‟minlangan oilalarni ijtimoiy himoya 
qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to„g„risida»gi Farmoni qabul qilindi. Farmonga 
ko„ra 1994-yilning oktabridan davlat kam daromadli oilalarga faol yordam bera 
boshladi, mana shunday oilalarga moddiy yordam joriy etildi. Respublikada kam 
daromadli oilalarga nafaqa tayin etilishi aslida misli ko„rilmagan ish, zamonaviy 
ijtimoiy himoya tizimini vujudga keltirish edi. Bunday yordam odamlarga yaqin 
turadigan mahalla yig„inlarida amalga oshiriladigan bo„ldi. Masalan, 1995-yilda 500 
mingdan ortiq ehtiyojmand oilalarga mahalla komitetlari orqali jami 6 milliard so„m 
moddiy yordam berildi. 
1996-yil 10-dekabrda bolali oilalarga ijtimoiy yordam berilishini kuchaytirish, 
aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi chora-tadbirlarni ro„yobga chiqarishda 


222 
fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlarining roli va mas‟uliyatini oshirish 
maqsadida «Bolali oilalarni davlat tomonidan qo„llab-quvvatlashni yanada 
kuchaytirish to„g„risida» yana bir muhim Farmon qabul qilindi. Unda 1997-yil 1-
yanvardan boshlab fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish yig„inlari orqali yordamga 
muhtoj, bolali oilalarga bolalarning soniga qarab eng oz ish haqining 50 foizidan 
boshlab 175 foizigacha nafaqalar beriladigan bo„ldi. Bu borada ijtimoiy adolat 
tamoyillariga og„ishmay rioya etish, keng oshkoralik va ochiqlikni ta‟minlash, 
ajratilgan mablag„lardan maqsadli va samarali foydalanishga erishish lozimligi qayd 
qilindi. 1997-yilda 16 yoshgacha bo„lgan farzandi bor oilalarga nafaqa to„lash uchun 
9,6 milliard so„m sarflandi. 
Aholining kam ta‟minlangan qatlamlarining davlat tomonidan moddiy ta‟minlash 
doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda. 1997-yil sentabr oyidan boshlab, har 
yili 1-sinf o„quvchilariga bepul o„quv anjomlari, darsliklarni berish joriy etildi, kam 
ta‟minlangan oilalarning boshlang„ich sinflarda o„qiydigan bolalariga bepul qishki 
issiq kiyimlar berish yo„lga qo„yildi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish