Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet309/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


528 
S a k k i z i n c h i b o b.
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JAHON 
HAMJAMIYATIGA QO„SHILISHI 
1-§. Mustaqil O„zbekistonning BMTga qabul qilinishi, uning tarixiy ahamiyati 
Tariximizning ana shu o„tgan davrini aniqrog„i 16 yillik mustaqil taraqqiyotimiz 
sarhisob qilinar ekan, tashqi siyosat va diplomatik xizmatni shakllantirish borasida 
amalga oshirilgan keng ko„lamli ishlarni ham alohida qayd qilish lozim. 
Ta‟kidlash joizki, mustaqillik davrigacha respublika Tashqi ishlar vazirlgi 
apparatida bor yo„g„i 10 –15 nafar xodim bo„lib, ular nomigagina vazifasi 
hisoblangan ishlar, ya‟ni protokol majburiyatlari va turli tadbirlar, asosan chet ellik 
mehmonlarni qabul qilish bilan shug„ullanardi, xolos. O„sha davrda tashqi ishlar 
vaziri lavozimida ishlagan bir amaldor ayni paytda kommunal sohasini ham 
boshqarganining o„ziyoq bu masalaga qanday yuzaki qaralganini ko„rsatib turibdi. 
Istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab o„ta muhim tashqi siyosiy masalalarni hal 
qilishga, davlatlararo siyosiy va iqtisodiy munosabatlar sohasida eng maqbul yo„llarni 
topishga to„g„ri keldi. 
G„oyat qisqa fursatda bu sohada Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar 
qo„mitasi, keyinchalik esa, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va boshqa qator davlat 
boshqaruv organlari tuzildi, diplomatik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi 
yaratildi. 
Mustaqillikka qadar yurtimizda birorta ham xorijiy davlat elchixonasi yo„q edi. 
Hozirgi vaqtda chet ellarda mamlakatimizning 48 ta diplomatik vakolatxonasi bor. 
O„zbekistonda esa 86 ta elchixona va savdo vakolatxonasi akkreditatsiya qilingan. 
Mamlakatimizning qulay geosiyosiy o„rni, uning birinchi navbatda o„z milliy 
manfaatlarini inobatga olgan holda olib borayotgan, har tomonlama chuqur o„ylangan, 
mustaqil va izchil tashqi siyosati davlatimizning jahon hamjamiyati tomonidan e‟tirof 
etilishi, xalqaro maydonda obro„-e‟tiborining ortib borishini ta‟minladi. 
Keyingi davrlarda o„ziga obro„ topmoqchi bo„lgan «ko„p vektorlik siyosati» olib 
borish degan turli qarash va yondashuvlar haqida chiqishlar bo„lmoqda. Bugungi 
kunda mamlakatimiz olib borayotgan tashqi siyosatning tag-tomirida hech kimga sir 
bo„lmagan bir sir turibdi – O„zbekiston manfaati va yana bir bor O„zbekiston 
manfaati. Bizning bu sohadagi barcha qadam va harakatlarimiz faqat ana shu ezgu 
maqsadni amalga oshirishga qaratilgan, desam, ayni haqiqat bo„ladi. 
Hozirgi kunda O„zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom Konferensiyasi 
tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Yevroosiyo iqtisodiy 
hamjamiyati, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligi kabi 
nufuzli xalqaro tashkilotlar va qator ixtisoslashgan xalqaro tuzilmalar ishida faol 
ishtirok etib, mintaqaviy xavfsizlikni ta‟minlash, Markaziy Osiyoda yadro qurolidan 
holi hudud barpo etish, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog„liq, 


529 
shuningdek, xalqaro hamjamiyat oldida turgan boshqa dolzarb muammolarni hal etish 
ishiga salmoqli hissa qo„shmoqda. 
* * * 
Jahon amaliyotidan ma‟lumki, har bir mustaqil davlat, ayniqsa, mustaqil taraqqiyot 
yo„liga kirgan mamlakatlar, hech qachon o„z qobig„iga o„ralib rivojlanmagan. 
Aksincha, mustaqil rivojlanish yo„lini tanlashi bilanoq jahon hamjamiyatiga 
qo„shilish orqali o„z taqdirini belgilagan. Shuning uchun ham O„zbekiston mustaqil 
davlat maqomiga ega bo„lgach jahon hamjamiyatiga qo„shilish yo„lini tutdi. Bu 
borada mamlakatda olib borilgan amaliy ishlarni tasavvur qilishdan oldin XXI asr 
arafasidagi ijtimoiy-siyosiy jarayon va xalqaro vaziyatga qisqagina nazar tashlash 
lozim. 
Ma‟lumki, ilgari jahonda ikki qarama-qarshi sistema – SSSR va AQSH yetakchi 
bo„lgan g„oyaviy jihatdan qarama-qarshi ikki tizim, ikki blok mavjud edi. Dunyoning 
xavfsizlik tizimi ham xuddi shu ikki blokning o„zaro muxoliflik muvozanatiga 
asoslangan edi. 
1991-yilda Sovet Ittifoqi tarqalib ketgach, yangi – g„oyat murakkab va qaltis bir 
davr yuzaga keldi. Uning asosiy belgilari quyidagilardan iborat edi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish