Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylariga



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylariga 
Muhtaram Prezident Janoblari, 
Toshkentning 2007-yilda islom madaniyatining umumjahon poytaxti, deb e‟lon 
qilinishi munosabati bilan shaxsan o„z nomimdan va Senatning xalqaro aloqalar 
qo„mitasi nomidan yo„llayotgan samimiy tabrigimni qabul qilgaysiz. Ta‟lim fan va 
madaniyat masalalari bo„yicha Xalqaro islom tashkilotining (ISESCO) mazkur qarori 
Sizning rahbarligingizda O„zbekistonda, jumladan, poytaxt Toshkentda mintaqaviy 
madaniyatni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan xayrli ishlarning yana bir 
e‟tirofidir. 


416 
Ijozatingiz bilan yana shuni ta‟kidlamoqchimanki, Toshkentning islom madaniyati 
poytaxti, deb e‟lon qilinishi butun Osiyo qit‟asi uchun katta sharafdir. 
Yaqinda Pokiston parlamenti delegatsiyasi O„zbekiston Respublikasiga tashrif 
buyurib, samarali muzokaralar o„tkazdi va biz samimiy mehmondo„stlik uchun 
O„zbekiston Senati va Tashqi ishlar vazirligidan g„oyat minnatdormiz. Bu samimiy 
mamlakatlarimiz o„rtasidagi yaqin do„stlik va birodarlik rishtalaridan yana bir 
dalolatdir. 
Ezgu tilaklar bilan, 
Mushohid Husayn SAID, 
Pokiston Islom Respublikasi 
Senatining Xalqaro aloqalar 
qo„mitasi raisi. 
 
5-§. Yangi jamiyat qurishda ta‟lim va tarbiya 
Ma‟lumki ta‟lim mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, g„oyaviy-madaniy hayotining 
muhim tarmog„idir. Ta‟lim asoslari O„zbekistonda uning Konstitutsiyasi va «Ta‟lim 
to„g„risida»gi Qonun bilan kafolatlangan. 
O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 2-iyuldagi qaroriga asosan 
«Ta‟lim to„g„risida»gi O„zbekiston Respublikasining Qonuni amalga kirdi. 
Ta‟lim sohasidagi mazkur qonunda respublikada ta‟limning jamiyatni ijtimoiy-
iqtisodiy, ma‟naviy-madaniy rivojlantirishning ustuvor sohasi ekanligi e‟tirof etilgani 
holda ta‟lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta‟lim tizimi va 
boshqaruvi tartibi, ta‟lim-tarbiya xodimlarining haq-huquqlari, vazifalari, 
mas‟uliyatlari, maqsadlari belgilab berildi. 
Xalq ta‟limi xodimlari hayotida muhim ahamiyatga molik ushbu qonun xalq 
ta‟limi sohasini barcha yo„nalishlarda takomillashtirish, rivojlantirish ishlariga katta 
yo„l ochdi. 
Oliy o„quv yurtlari mamlakat ta‟lim tizimida yetakchi bo„g„indir. Chunki oliy 
maktab O„zbekiston mustaqilligini mustahkamlovchi milliy boylikning o„sishiga 
imkon yaratuvchi, kuchli, qat‟iyatli mutaxassislar shu bo„g„inda tayyorlanadi. 
Ma‟lumki, sho„rolar hukumati davrida hukmron tuzum o„zining jahonda eng 
insoniy, eng odil va eng demokratik, eng savodxon jamiyat barpo etgani bilan 
maqtanib, butun jahonga jar solar edi. «Dunyodagi eng o„qimishli mamlakat», «oliy 
ma‟lumotli mutaxassislar soniga ko„ra jahondagi birinchi davlat» degan soxta ta‟riflar 
rasmiy va maqtanchoq mafkura orqali keng tashviq qilinardi. 
Sirtdan qaraganda, haqiqatan ham manzara shunday edi. Sobiq SSSRda yuzlab 
universitet va institutlar, oliy va o„rta maxsus bilim yurtlari, minglab ilmiy-tadqiqot 
muassasalari faoliyat ko„rsatardi. Lekin ular, son va miqdor jihatidan ko„p bo„lgani 
bilan jahoniy andozalar darajasida emas edi. Buning asosiy sabablaridan biri 


417 
kommunistik jamiyatda hamma narsa, jumladan, ilm-fan, maktab-maorif tizimining 
ham o„sha yolg„on va o„lik g„oyalarga qurbon qilinganida edi. Sovet Ittifoqini 
tanazzulga olib kelgan sabablardan biri ham shunda ekani shubhasiz. 
Shuning uchun O„zbekiston o„z mustaqilligini qo„lga kiritgach, ijtimoiy hayotning 
barcha jabhalari singari ta‟lim sohasini ham tubdan isloh qilish vazifasi jamiyat oldida 
ko„ndalang bo„ldi. Chunki sho„ro hukumati boshqa sohalar singari milliy kadrlar 
tayyorlash masalasida ham riyokorona siyosat olib borardi. Eng nufuzli, jahon 
mezonlariga javob beradigan mutaxassislar yetishtiradigan o„quv muassasalari 
aksariyat Markazda – Rossiyada joylashgan bo„lib, ittifoqdosh respublikalar, xususan 
O„rta Osiyo mintaqasidan bu dargohlarga sanoqli vakillargina qabul qilinar, bunday 
imkoniyat chegaralangan edi. Natijada milliy respublikalarda noyob ixtisosga ega 
mutaxassislar yetishmaydi, degan muammo sun‟iy ravishda vujudga keltirilib, bu 
yurtlarga ming-minglab «o„z odamlari» jo„natilar edi. 
Shu bois istiqlolning dastlabki kunlaridanoq xalq ta‟limi tizimini jadal isloh 
qilishga kirishildi. Bir qator o„quv yurtlarining maqomi, dasturlari va ta‟lim uslublari 
butunlay o„zgartirildi. Eng zamonaviy, shu paytgacha bo„lmagan eng zarur 
ixtisosliklar bo„yicha alohida universitet va institutlar, jumladan, Mudofaa vazirligi 
qoshida Harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiyasi, 
Bank-moliya akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent 
aviatsiya instituti, Navoiy tog„-konchilik instituti kabi o„nlab yangi o„quv 
muassasalari tashkil etildi. 
Ayni paytda xalq ta‟limi tizimini ham tubdan isloh qilish boshlandi. Ilg„or 
mamlakatlarning tajribalari asosida va chet davlatlar bilan hamkorlikda ko„plab litsey 
va gimnaziyalar ochildi. Boshqacha qilib aytganda, O„zbekistonda maktabgacha 
ta‟lim muassasidan akademiyagacha bo„lgan zamonaviy, yangi ta‟lim tizimi vujudga 
keltirildi. 
Viloyatlarda ham yangidan-yangi o„quv yurtlari ochildi. Prezident I.Karimovning 
1992-yil 28-fevral Farmoni bilan 8 viloyat pedagogika institutlariga universitet 
maqomi berildi. Bu respublika hukumatining izchil madaniy-ma‟rifiy siyosatining 
yana bir dalili bo„ldi. Bunday yangilanishdan ko„zda tutilgan maqsad 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish