quyidagilar
2008-yilda
mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor vazifalari etib belgilandi:
– makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotni o„stirishning barqaror va
muvozanatlashgan sur‟atlarini ta‟minlash, jalb qilinadigan xorijiy investitsiyalarni,
eng avvalo to„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalarni ko„paytirish hisobiga tarkibiy
o„zgarishlarni, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish va
yangilashni davom ettirish;
– islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni, soliq-budjet siyosatini yanada
erkinlashtirish, bozor infratuzilmasini jadal rivojlantirish;
– aholining ish bilan bandligini yaxshilash va farovonligini oshirishning eng
muhim yo„nalishi sifatida kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni, xizmatlar
ko„rsatish sohasini va kasanachilikni rivojlantirishni qo„llab-quvvatlash va
rag„batlantirish;
– sug„oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va unumdorligini
oshirishni ta‟minlash;
– Yoshlar yili Davlat Dasturini bajarish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
– Butun Dasturning va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo„nalishlarining
markaziga eng muhim ustuvor vazifa – inson manfaatlari ustuvorligi qo„yildi.
316
2-§. Pul-kredit siyosatining ishlab chiqilishi.
Milliy valyuta qadrining oshishi
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni ta‟minlashga
qaratilgan tadbirlarning eng muhimi qat‟iy moliya siyosatini o„tkazish bo„ldi. Shu
bois O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 23-fevraldagi birinchi
sessiyasida «...Bank, moliya, kredit tizimlarini takomillashtirish, uni jahon talablari
darajasiga ko„tarish... birinchi bosqichda muhim o„rin olishi darkor... Milliy
valyutamiz mustahkam bo„lsagina davlatimiz qudratli, obro„li, hayotimiz farovon
bo„ladi», – degan fikr bildirildi.
O„zbekistonning 1991–1993-yillardagi, ya‟ni rubl zonasida bo„lib turgan davridagi
iqtisodiy siyosati ishlab chiqarishning butunlay inqirozga yuz tutishiga va aholi
turmush darajasining pasayib ketishiga yo„l qo„ymaslikka, savdo balansining ahvolini
yaxshilashga, iqtisodiy tizimini takomillashtirishga qaratildi. Siyosiy va iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirishning ikki xil tabiatga egaligi, ya‟ni bir tomondan siyosiy
mustaqillik, boshqa tomondan yagona rubl zonasida, demak, yagona iqtisodiy zonada
turganlik holati O„zbekiston uchun o„ziga xos xususiyatga ega davr edi. Bu o„z
navbatida pul-kredit siyosatini belgilashda ham o„ziga xos yo„lni ishlab chiqishni
taqozo etardi.
Bu boradagi muhim vazifa banklar faoliyatini, ular vazifalarini yangi talab va
ehtiyojlar asosida tashkil qilmoq edi. Mamlakatda ikki pog„onali samarali bank
tizimini yaratmasdan turib O„zbekistonda bozor munosabatlarini yuzaga keltirib,
uning xo„jalik mexanizmini, pul muomalasini qayta qurib bo„lmasdi.
1991-yil 15-fevralda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to„g„risida»gi
O„zbekiston Respublikasi Qonuni, shuningdek, keyin unga kiritilgan qo„shimcha va
o„zgarishlar bank sohasini isloh qilish, bozor shart-sharoitlariga mos keladigan bank
muassasalarini tashkil etish yo„llarini belgilab berdi.
Mazkur Qonunga muvofiq, SSSR Davlat Bankining mintaqaviy bo„limi
O„zbekiston Respublikasining Markaziy Bankiga aylantirilib, unga banknotalar
emissiyasi, hukumat hisob varaqlariga xizmat ko„rsatish, oltin-valyuta zaxiralarini
saqlash, banklar faoliyatini nazorat qilish, pul-kredit siyosatini amalga oshirish va
boshqa vazifalar topshirildi.
Ushbu Qonun respublika iqtisodiyotini isloh qilishning boshlang„ich bosqichida
qabul qilingan va u o„sha kunlar voqealari talablariga javob berar edi.
Milliy valyuta – so„mning joriy qilinishi va moliya sohasidagi islohotlarni
chuqurlashtirish vazifalari uning huquqiy asosini yanada rivojlantirishni, banklar
faoliyatining hamma jihatlarini bozor talablariga muvofiq qat‟iy belgilovchi alohida
qonun ishlab chiqishni taqozo etgan edi.
Shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy banklar tajribalarini inobatga
olib hamda mustaqil mamlakat pul-kredit siyosatini butunlay yangitdan izga solish
maqsadida Markaziy Bank to„g„risida, banklar va banklar faoliyati to„g„risida alohida
Qonunlar ishlab chiqish zaruriyati vujudga keldi.
317
1995-yil 21-dekabrda Oliy Majlisning IV sessiyasida «O„zbekiston Respublikasi
Markaziy Banki to„g„risida», «Banklar va banklar faoliyati to„g„risida» alohida
Qonunlar qabul qilindi. Bu huquqiy hujjatlar Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon Banki
tomonidan yuqori baholandi. O„zbekistonda hozirgi vaqtda 20 ta tijorat banki
ro„yxatga olindi va ular ishlab turibdi. 1995-yildan ularning 19 tasi aksiyadorlik-
tijorat shaklida, 5 tasi mas‟uliyati cheklangan jamiyat, 1 tasi kooperativ, 2 tasi xorijiy
sarmoya ishtirokidagi, 2 tasi davlat banki sifatida faoliyat ko„rsatmoqda.
Shuni aytish kerakki, bozor iqtisodiyotiga o„tishning dastlabki bosqichlarida o„tish
davrining ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarini bartaraf etishga mo„ljallangan davlat
budjeti 1993-yildan iqtisodiyotni strukturaviy qayta qurish omillaridan biriga,
makroiqtisodiy mutanosibliklarni boshqarish va moliyaviy resurslarni mamlakat
iqtisodiyotining ustuvor yo„nalishlarida jamlash vositasiga aylandi.
1994-moliya yili qattiq pul-kredit va budjet siyosatini shakllantirishda burilish
bosqichi bo„ldiki, buning natijasida davlat budjeti taqchilligi 1995-yilda YIMga
nisbatan olganda 3,4 foizdan 2,8 foizgacha pasaydi.
Davlat budjetidagi taqchillikning pasayishi ko„p hollarda o„tish davridagi eng
barqaror daromad manbayi – bilvosita soliqlar mavqeini oshirish evaziga ta‟minlandi.
Davlat budjeti daromadlari tuzilmasida bilvosita soliqlarning ulushi umumiy
daromadlarga nisbatan olganda 1991-yildagi 0,7 foizdan 1995-yilda 49,3 foizga o„sdi.
1996-yilda butun daromadning 50 foizdan ko„prog„ini aksizlar, G„G„S va bojxona
bojlari ko„rinishida belgilash mo„ljallangan edi.
1995-yil yakunlariga ko„ra davlat budjetining to„g„ri (daromad) solig„idan
daromadi 38,5 foizni, shundan korxonalar foydasidan olinadigan soliqlar
daromadining 28,6 foizini, aholi daromadidan olinadigan soliq 9,9 foizni va jismoniy
shaxslarning tadbirkorlik faoliyati daromadi solig„i esa 0,3 foizni tashkil etdi. Yalpi
milliy mahsulotda davlat daromadlari va xarajatlarini umumiy qisqartirish davlatning
iqtisodiyotga aralashuvini bosqichma-bosqich cheklash bozor prinsiplarining amalga
oshirilishiga tamomila muvofiqdir. Shunday qilib, bozor islohotining o„tgan besh
yilida davlat budjeti daromadlarining YIMdagi ulushi 49,1 foizdan 37,2 foizga,
xarajatlarning ulushi esa 52,7 foizdan 40 foizgacha kamaydi.
Strukturaviy qayta qurishning davlat tomonidan qo„llab-quvvatlanishi imtiyozli
soliq va kredit siyosati yuritishdagi yordamda ham, iqtisodiyotning bazaviy
tarmoqlariga
to„g„ridan-to„g„ri mablag„ ajratish ko„rinishida ham amalga
oshirilmoqda. Iqtisodiyotga joriy va kapital xarajatlar uchun solinadigan
mablag„larining 1996-yilda kutilayotgan o„sishi 13,65 mlrd. so„mni tashkil etadi.
Ijtimoiy xarajatlar ulushi umumiy xarajatlarning 50 foizi darajasida barqarorlashdi,
bu hol ijtimoiy ahamiyatga molik tarmoqlar rivojlanishini va aniq maqsadga
qaratilgan ijtimoiy to„lovlarni oshirish yo„li bilan aholining muhtoj qatlamlari va
guruhlarining davlat tomonidan qo„llab-quvvatlanishini ta‟minlaydi.
Mamlakatimizda keyingi yillarda iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan
muhim tadbirlardan biri bu pul muomalasini mustahkamlash, valyuta munosabatlarini
tartibga solish bo„ldi.
318
Prezident I.Karimov 1993-yil 7- mayda O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi
sessiyasida nutq so„zlarkan,
Do'stlaringiz bilan baham: |