Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


«Sud islohotini chuqurlashtirish, hokimiyatning uchinchi, mustaqil va qaram



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«Sud islohotini chuqurlashtirish, hokimiyatning uchinchi, mustaqil va qaram 
bo„lmagan tarmog„i sifatida butun odil sudlov tizimini demokratlashtirish – 
huquqiy davlatni mustahkamlashning yana bir muhim yo„nalishidir ... Sud 
jazolovchi organdan oddiy odamlarning huquqlari va manfaatlarini himoya 
qiluvchi organga aylanib, haqiqatan ham mustaqil bo„lib qolishi lozim»
– deb 
uqtiradi I.Karimov Oliy Majlisning VI cessiyasida. 
Ko„rinib turibdiki, sud ahamiyatining, uning obro„yining jiddiy ravishda oshirilishi 
zarurligi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, bu masala ayniqsa, 
sudlarning faoliyatida asosiy mazmunni tashkil etishi zarurligi Prezident tomonidan 
qayta-qayta ta‟kidlandi. Sud kishilarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiluvchi 
hokimiyatga aylanishi zarur. Buning uchun u mustaqil harakat qilishi kerak. Xalq 
maslahatchilari haqiqiy, odil, tajribali, hurmatga sazovor shaxslar bo„lishi kerak. 


201 
Sud tizimi O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi, O„zbekiston 
Respublikasi Oliy Sudi, O„zbekiston Respublikasi Oliy xo„jalik Sudi, 
Qoraqalpog„iston Respublikasining Oliy Sudi, Qoraqalpog„iston Respublikasining 
xo„jalik Sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar xo„jalik va harbiy 
sudlaridan iborat. 
Huquqiy demokratik insonparvar davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini 
shakllantirish jarayonida yangi tizim – huquq tarmoqlarini birlashtirishni va ular 
o„rtasidagi munosabatni uyg„unlashtirishni ta‟minlovchi Konstitutsiyaviy Sud yuzaga 
keldi. Bu tizimning vujudga kelishi demokratik davlat uchun ulkan voqeadir. 
Konstitutsiyada sud hokimiyati mustaqilligining mustahkamlanishi odil sudlovni 
amalga oshirishda keng imkoniyatlar ochdi. 
Shuni alohida ta‟kidlash kerakki, mustaqil O„zbekiston Konstitutsiyasi sho„rolar 
davri konstitutsiyalaridan keskin farq qiladi. Ularning birortasida sud hokimiyati 
degan so„z uchramaydi. 
Mustaqil O„zbekiston Konstitutsiyasida hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro va 
sud hokimiyatlariga bo„linishi hozirgi zamon jahon davlatchiligining eng ilg„or 
tajribalariga mos keladi va xalqaro talablarga to„la javob beradi. 
Chunki, ayni shunday jahon jamoatchiligi tomonidan qabul qilingan demokratik 
me‟yorlar bilangina odil sudlovni talab darajasida amalga oshirishni ta‟minlash, 
Konstitutsiyaga va inson huquqlari to„g„risidagi xalqaro paktlarga, ijtimoiy adolatga, 
fuqarolarning tinchligi va ahilligiga so„zsiz amal qilib, qonuniylik va huquq tartibotni 
mustahkamlash mumkin. 
Konstitutsiyaning 106 va 116-moddalarida sud hokimiyatining asoslari aniq 
belgilanib, sud hokimiyati va sudyalarning mustaqilligi mustahkamlangan. Shunga 
ko„ra, sud hokimiyati va sudyalar faqat qonungagina bo„ysunadilar. Bu qoida 
Konstitutsiyada qator kafolatlar bilan himoyalangan. Sud tizimining tuzilishi va 
Respublika barcha sud organlarining vakolatlari ham Asosiy qonunda belgilab 
berilgan. 
Mustaqil sud hokimiyatini amalga oshirish mexanizmini tartibga soluvchi va uning 
sudyalarni saylash, tayinlash hamda ularni vazifasidan ozod qilish tartibi, sud 
ishlarini ko„rishda aralashganlik uchun javobgarlik va hokazolarning asosiy kafolati 
hisoblangan «Sudlar to„g„risida»gi Qonun 1993-yil 2-sentabrida Oliy Kengashning 
XIII sessiyasida qabul qilindi. Ilgariroq 1992-yil 10-dekabrda Oliy Kengashning XI 
sessiyasida qabul qilingan «Prokuratura to„g„risida»gi Qonun uning sud bilan 
butunlay yangi sharoit va talablar doirasidagi o„zaro munosabatlarini belgilab bergan 
edi. Jinoyat protsessual, Xo„jalik protsessual va Fuqarolik protsessual to„g„risidagi 
qonunlar qabul qilinib, ularda sud mustaqilligi tamoyillari, taraflarning tengligi, sud 
ishlarini yuritishda tortishuv va odil sudlovning boshqa demokratik me‟yorlari 
mustahkamlandi. 
1996-yil 7-dekabrda Konstitutsiyaning to„rt yilligiga bag„ishlangan yubiley 
tantanalarida so„zga chiqib, Prezident I.Karimov davlatda huquqiy tizim har qanday 
vaziyatda ham aniq ishlashi lozim ekanligini alohida ta‟kidladi. Shuning uchun ham 


202 
haqiqiy Mustaqil, kuchli sud hokimiyati sudyalarning injiqligi yoki yuqori mavqe 
istagi emas, balki u Konstitutsiyaning, barcha xalqning talabi hamda erkin demokratik 
jamiyatning o„zaklaridan biridir. 
Insoniyatning ko„p asrlik tarixi davomida qonuniylikni ta‟minlashning bundan 
o„zga mexanizmi topilgani yo„q. Sud hokimiyati mustaqilligi tamoyili bizning 
mamlakatimiz ham qo„shilgan juda ko„p xalqaro hujjatlarda, shu jumladan, Inson 
huquqlari umumjahon Deklaratsiyasida ham o„z ifodasini topgan. 
O„zbekiston ko„p yillar davomida totalitar tuzum sharoitida yashab, hokimiyat 
bo„linishi tamoyili yo„qligi uchun sud hukmron partiyaning qonunsiz da‟volarining 
himoyachisiga, kommunistik mafkuraning jazo organiga aylanib kelgan edi. 
Ma‟lumki, 70 yildan ortiqroq vaqt mobaynida harbiylarning taqdiri qanday hal 
bo„lishini hech kim bilmas edi. Respublika hududida harbiy tribunal deb nomlangan 
sud bor edi. Biroq, bunga Oliy sud va boshqa sudlarning umuman daxli yo„q edi. Endi 
qonundan kelib chiqib, Qurolli kuchlar harbiy sudi, garnizon sudlari va ularning ish 
faoliyatlarini nazorat qilish uchun Respublika Oliy sudida harbiy hay‟at tashkil etildi. 
Harbiy hay‟at raisi lavozimi bo„yicha Oliy sud Raisi o„rinbosari hisoblanadi. Ularga 
Qurolli kuchlar safida, chegara qo„shinlarida, milliy xavfsizlik organlarida, respublika 
ichki ishlar vazirligining ichki qo„shinlarida va boshqa harbiy tuzilmalarda xizmat 
qilayotgan, o„quv yig„inlaridagi shaxsiy tarkib tomonidan sodir etilgan jinoyat 
ishlarini hamda Qurolli kuchlar harbiy qismlari qo„mondonlariga nisbatan harbiy 
xizmatchilarning da‟vosi bo„yicha bo„lgan fuqarolik ishlari va ularning g„ayriqonuniy 
harakatlari yuzasidan tushgan shikoyatlarni ko„rish vakolati yuklatilgan. 
Hozir sud islohotlarining ikkinchi bosqichi boshlandi. Oliy Majlisning 1996-yil 26-
dekabrda bo„lgan VII sessiyasida Jinoyat va Jinoyat-protsessual qonunlarga jiddiy 
o„zgartirishlar kiritildi.
Sud hokimiyati Konstitutsiya va xalq tomonidan sudga berilgan jinoyat, fuqarolik 
va ma‟muriy hamda xo„jalik ishlari bo„yicha huquq va adolat, qonun ustuvorligi 
tamoyiliga amal qilish, topshirilgan ish uchun javobgarlik asosida odil sudlovni 
amalga oshirish imkonini beruvchi vakolatlar majmuidir. 
Shunday qilib, respublikadagi sud hokimiyatining bugungi ahvolini baholash 
uchun odil sudlov sifatining o„zini, sudda Konstitutsiya va qonunlar talablari hamda 
sudlarning hokimiyatning boshqa tarmoqlari bilan o„zaro munosabatlarini amalga 
oshirish darajasini tahlil qilish zarur. 
Umuman olganda, sudlarning jinoyat va fuqarolik ishlari bo„yicha o„tgan 2000–
2006-yillar ichidagi ishlarining sifatini baholaydigan bo„lsak, bu ko„rsatkich ancha 
yaxshilandi. Sudlar dalillarni baholash masalasiga mas‟uliyat bilan yondasha 
boshladilar. Ishlarni ko„rishda rasmiyatchilik, yuzaki yondashish, himoya huquqini 
buzish hollari kamaydi. 
Jinoiy jazo choralarini tayinlash masalasida ham jiddiy o„zgarish yuz berdi. Oliy 
sudning 1993-yildan boshlab joylarda o„tkazgan tekshirishlari, Plenumlarda qabul 
qilingan tegishli qarorlar, xavfli jinoyatchilarga, uning tashkilotchilariga, jinoiy 
guruhlarning faol qatnashchilariga jazo tayinlash amaliyotini tubdan o„zgartirish 


203 
imkonini berdi. Og„ir va o„ta og„ir jinoyatlar uchun jazo tayinlash ancha kuchaytirildi, 
natijada respublikada vaziyat yaxshilandi. 
O„zbekiston Respublikasi Oliy sudi «Sudlar to„g„risida»gi Qonunning 4-
moddasida qayd etilgan va o„zlariga yuklatilgan hokimiyat vakolatlaridan kelib 
chiqqan holda so„nggi yillarda o„z faoliyatlarini Konstitutsiyada va boshqa 
qonunlarda hamda inson huquqlari to„g„risidagi xalqaro hujjatlarda bayon etilgan 
fuqarolarning huquq va erkinliklariga, korxonalar, muassasa va tashkilotlarning 
huquqlari hamda qonun bilan himoyalanadigan manfaatlariga rioya etilishini 
kafolatlash borasida qator tadbirlarni amalga oshirdi. 
O„zbekiston Respublikasi Oliy sudida fuqarolik, jinoyat ishlarini birinchi, 
kassatsiya va nazorat bosqichlarida ko„rish, shikoyatchilarni tekshirish, quyi sudlar 
tomonidan ko„rilayotgan ishlarni qonuniy va adolatli hal etilishini ta‟minlash, yo„l 
qo„yilayotgan xato va kamchiliklarni tuzatish, ularga amaliy yordam ko„rsatish 
borasida ham samarali ishlar qilindi. 
Mamlakatimiz tashqarisiga tovar moddiy boyliklarni olib chiqish tartiblarini buzish 
jamiyatimiz uchun katta xavf tug„dirishini, bozor iqtisodiyotiga va fuqarolarning 
manfaatlariga jiddiy zarar keltirishi e‟tiborga olinib, ularni sudda ko„rish amaliyoti 
o„rganib chiqildi. Yo„l qo„yilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Oliy sud 
1993-yil 27-dekabrdagi Plenumida «Respublikadan tashqariga tovar moddiy 
boyliklarni olib chiqish va Respublikaga naqd pullarni olib kelish tartiblarini 
belgilovchi qonunlarni qo„llash to„g„risida» qaror qabul qilib, quyi sudlarga dasturiy 
ko„rsatmalar berdi. 
1980-yillarning oxiriga kelib, Respublikadagi jinoiy muhitning keskinlashganligi 
va jinoyatlarning yangi uyushgan, qurollangan va giyohvand moddalar bilan bog„liq 
turlari ko„payganligi jinoyatchilikka qarshi kurashda keskin choralar ko„rishni taqozo 
etdi. 
O„zbekiston Respublikasi Oliy sudi 1994-yil 7-yanvarda Plenum o„tkazib, «Jinoyat 
uchun jazo tayinlash amaliyoti to„g„risida»gi masalani muhokama etdi va tegishli 
qaror qabul qildi. Unda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qonun moddalarini 
qo„llash choralari ko„rildi. 
Oliy Sud Plenumining mazkur qarori jinoyatchilikka, ayniqsa, uyushgan 
jinoyatchilikka qarshi kurashda ijobiy rol o„ynadi. Avvalo, Andijon, Namangan, 
Farg„ona, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida makon qurgan «nomdor», jinoyat 
olamida «shuhrat qozongan» to„dalarning asosiy qismi ushlandi va tergov qilinib, 
sudlar tomonidan qilmishlariga yarasha qonuniy jazo belgilandi. 
Og„ir jinoyat sodir etgan shaxslarga, jinoiy guruhning tashkilotchilari va faol 
ishtirokchilariga, muqaddam sudlanganlarga qonun doirasida qattiq jazo choralarini 
qo„llash bilan, keyingi yillarda jinoyatchilikning og„ir turlaridan hisoblangan 
uyushgan jinoyatchilik, tovlamachilik (reket), avtomashinalarni olib qochish kabi 
jinoyatlarning keskin kamayishiga erishildi va respublikadagi kriminogen vaziyat 
yaxshilandi.


204 
Mamlakatda iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi, ayniqsa qishloq xo„jaligida tub 
islohotlar, xo„jalik sudlari faoliyatini yanada takomillashtirishni talab qildi. 1996-yil 
25-iyulda O„zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xo„jalik sudlari tarkibini 
takomillashtirish to„g„risida»gi Farmoni e‟lon qilindi. Mazkur Farmon asosida viloyat 
xo„jalik sudlari maqomida faoliyat ko„rsatuvchi Toshkent shahar xo„jalik sudi tashkil 
etildi va xo„jalik sudlari sud ijrochilari instituti ta‟sis etildi. 
Uy-joy islohotini amalga oshirish bozor iqtisodiyotiga o„tishning muhim 
omillaridan biri ekanligi, uning maqsadi uy-joy bozorini vujudga keltirishga 
qaratilganligini e‟tiborga olib, «Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to„g„risida»gi 
Qonunni qo„llashdagi ba‟zi masalalar haqida O„zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
1994-yil 9-sentabrda bo„lib o„tgan Plenumida Qaror qabul qildi. Qabul qilingan qaror 
respublikada davlat uy-joy fondini xususiylashtirish jarayonini amalga oshirishda 
muhim ahamiyatga ega bo„ldi. 
Prezident Islom Karimov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 
48-sessiyasida so„zlagan nutqida insoniyat oldida turgan birinchi navbatda hal 
qilinishi zarur bo„lgan muammolar orasida xalqaro maydonda narkobiznesga qarshi 
kurashni kuchaytirish masalalariga alohida e‟tibor bilan qarash lozimligini ta‟kidlab, 
O„zbekiston ana shu kurashda keng ko„lamli hamkorlik qilishga tayyor ekanligini 
bildirdi. 
Ma‟lumki, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalari bilan qonunga xilof 
ravishda muomala qilish inson sog„lig„i va xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi, 
mamlakatdagi kriminogen vaziyatga, jamiyatning iqtisodiy va madaniy negiziga 
salbiy ta‟sir ko„rsatadi, ko„pincha u uyushgan jinoyatchilik bilan uzviy bog„liq 
bo„ladi. 
Giyohvandlik oqibatida ko„plab og„ir jinoyatlar sodir etilmoqda. Oilalar barbod 
bo„lmoqda. Shuning uchun O„zbekiston Respublikasi Oliy sudi giyohvandlik bilan 
bog„liq jinoiy ishlarni sudda ko„rish amaliyotini o„rganib, bu masalani 1995-yil 27-
oktabrdagi Plenumida muhokama qildi. Plenum sudlarga zarur ko„rsatmalar berdi, 
sudlardan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar o„tkazish, ekish va shu kabi 
jinoyatlarni sodir qilgan shaxslarga nisbatan qonun kuchidan to„la foydalanishni talab 
qildi. 
Shu bilan birga, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2005-yil 
1-avgustdagi «O„zbekiston Respublikasida o„lim jazosini bekor qilish to„g„risida»gi 
hamda 2005-yil 8-avgustdagi «Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga 
o„tkazish to„g„risida»gi farmonlari har bir sudya zimmasiga alohida mas‟uliyat 
yuklashi ta‟kidlanib, bu borada sudya kadrlarni tayyorlash va yagona sud amaliyotini 
shakllantirish mexanizmini barpo etish bo„yicha chora-tadbirlar belgilab chiqildi. 
Ma‟lumki, Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish bilan bog„liq jinoyatlar 
jamiyat uchun katta xavf tug„diradi. Shu sababli Oliy sud Plenumi 1996-yil 7-
yanvarda «Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish to„g„risidagi ishlar bo„yicha 
sud amaliyoti haqida»gi masalani ko„rib chiqib, sudlarning e‟tiborini mazkur 
masalaga doir jiddiy kamchiliklarga qaratdi. Bunday ishlarni ko„rish chog„ida 


205 
qurollarni olish, tayyorlash manbalari va sabablarini, jinoyatlarning sodir etilishiga 
imkoniyat tug„dirayotgan sharoitlar va shaxslar doirasini aniqlash, jazo tayinlashda 
alohida yondashuv qoidalariga rioya etish, aybdorlarga nisbatan asossiz ravishda 
yengil jazo tayinlash hollariga barham berish talab etildi. Qurol va o„q-dorilarni 
o„tkazish maqsadida sotib oluvchilarga va tayyorlovchilarga, ularni o„tkazuvchilarga, 
talon-taroj etuvchilarga, og„ir jinoyatlarni sodir etishda quroldan foydalanuvchilarga 
qattiq jazo choralarini qo„llash haqida ko„rsatmalar berildi. 
Mamlakatimizda 
islohotlarning 
izchil 
amalga 
oshirilishi 
iqtisodiyotni 
shakllantirishga, uning bozor sharoitiga moslashtirilishiga va xalqaro hamjamiyat 
uchun ochiq bo„lishiga sharoit yaratdi. 
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish, bu birdan-bir maqsad emas. Islohotlarning 
asl maqsadi, insonga munosib turmush kechirish va faoliyat ko„rsatish uchun yetarli 
sharoitni vujudga keltirishdan iboratdir. 
Huquqiy tashviqot darajasi pastligi, bozor iqtisodiyoti bilan bog„liq qonunlarni 
buzganlikda aybdor bo„lgan shaxslarning javobgarlikka tortilishida oshkoralikning 
yo„qligi, fuqarolarning ongida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatiga 
nisbatan ishonchsizlik kelib chiqishiga sabab bo„ladi. Bundan tashqari, tadbirkorlik, 
fermerlik va boshqa yakka tartibdagi faoliyat bilan shug„ullanuvchilar, qishloq 
xo„jalik mahsulotlarini yetishtiruvchi dehqonlar o„z huquqlarini bilmasligi natijasida 
ayrim firibgar-u tovlamachilar va zo„ravonlarga aldanadilar, oqibatda bozorlarda 
narx-navo ko„tariladi. Buning ustiga har xil yig„imlar yig„ish, ko„pincha to„g„ridan 
to„g„ri tovlamachilik, g„ayriqonuniy ravishda haq olish, poraxo„rlik kabi illatlar 
uchrab turibdi. 
Oliy sudning 1996-yil 15-martdagi Plenumida ana shu farmon yuzasidan tegishli 
masalani muhokama qilib, qaror qabul qildi. Sudlardan tovlamachilarga 
(reketchilarga), tovarlarni bozorga erkin kirib kelishiga to„sqinlik qiluvchi shaxslarga, 
talon-taroj, fuqarolardan nohaq yig„imlar olish, xizmat vakolatlarini suiiste‟mol qilish 
bilan shug„ullanuvchi bozor ma‟muriyatining mansabdor shaxslariga, savdo 
qoidalarini buzuvchi, o„ta yuqori narxlarni sun‟iy ravishda saqlab turuvchi, mahsulot 
ishlab chiqaruvchilarni bozordan siqib chiqaruvchilarga nisbatan qattiq jazolarni 
qo„llashni ta‟minlash talab etildi hamda boshqa masalalarda sudlarga dasturiy 
ko„rsatmalar berildi. 
Shuningdek, jinoyat uchun jazo tayinlash masalasining o„ta muhim masala 
ekanligini e‟tiborga olib, Oliy sud 1996-yil 19-iyulda ushbu masalani ikkinchi 
marotaba Plenum majlisida ko„rib chiqdi. 
Ma‟lumki, butun jahon jamoatchiligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti atrof-muhitni 
muhofaza qilish muammosiga va uning huquqiy tomonlariga juda katta ahamiyat 
bermoqda. 
Shuning uchun ham Prezident I.Karimov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh 
Assambleyasining 48-sessiyasida so„zlagan nutqida Orol bo„yidagi ekologik inqiroz 
sababli yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar majmui o„zining kelib chiqishi 
va oqibatlari bo„yicha xalqaro xarakterga ega ekanligini ko„rsatib o„tdilar. 


206 
Respublikamizda mavjud bo„lgan ekologik vaziyatni e‟tiborga olib, O„zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi Plenumi bu masala bilan bog„liq jinoiy ishlarni hamda boshqa 
huquqbuzarliklarni ham o„rganib chiqib, 1996-yil 20-dekabrda «Atrof-muhitni 
muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa 
huquqbuzarliklar to„g„risidagi ishlar bo„yicha sud amaliyoti haqida» qaror qabul qildi. 
Unda sudlarning e‟tiborlari tabiatni muhofaza qilish, tabiat boyliklaridan ziyon-
zahmat yetkazmasdan oqilona foydalanish to„g„risidagi qonunlarga qat‟iy amal qilish 
eng muhim davlat vazifalaridan biri ekanligiga, ularni to„g„ri hal qilish fuqarolarning 
sog„lig„i va farovonligiga, shuningdek, respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlanishiga bog„liqligiga qaratildi. 
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarlik ishlarini ko„rishda 
yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish, tabiatni muhofaza qilish to„g„risidagi 
qonunlarni buzishda aybdor bo„lgan barcha shaxslar doirasini aniqlash, ularni 
qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasini hal qilish, yetkazilgan 
zararni to„liq undirish choralarini ko„rish va boshqa masalalarda sudlarga 
ko„rsatmalar berildi. 
Ma‟lumki, davlat va jamiyatning obro„si o„sha davlatda mavjud bo„lgan sud va 
sudyalarning qonun talablariga og„ishmasdan amal qilishlariga, qabul qilingan har 
qanday qarorlar qonun me‟yorlariga nechog„lik mos kelishiga bevosita bog„liq. 
Darhaqiqat, yaxshi qonunlar bo„lsa-yu sud tizimida ishlovchilar uning talablariga 
mos qaror qabul qilmasa, sud tizimining obro„siga putur yetkazadi. Bu davlat va 
jamiyat obro„siga rahna soladi. 
Sud fuqarolar ko„z oldida ularning haq-huquqlarini va manfaatlarini himoya 
qiluvchi organ sifatida gavdalanishi shart. Endi totalitar tuzum davridagi sudga 
nisbatan bo„lgan qarashlarni tubdan o„zgartirish vaqti keldi. Sud madaniyatini 
ko„tarish har bir sud jarayoni fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilishga 
qaratilmog„i shart. Sud adolat posboniga aylanmog„i zarur. Sud va sudyalar 
fuqarolarda o„ziga nisbatan ishonch tug„dirishning uddasidan chiqishi, bu ishonchni 
har kuni, har doim amaliy ishlar bilan oqlamog„i lozim. 
Sud hokimiyatining obro„sini ko„tarish, uning xolisligini ta‟minlash har bir 
sudyadan katta mas‟uliyat, jasorat, bilim, tajriba orttirishni, poklik va adolatni barcha 
narsalardan ustun qo„yishni, davlat va xalqqa sodiq bo„lishni taqozo etadi. Shuning 
uchun ham sud va sudyalarning boshqa tarmoqlardan haqiqiy mustaqilligini, sud 
qarorlarini qabul qilishda faqat qonunga bo„ysunishini, sudning hammabop, himoya 
doirasi kengayishini ta‟minlaydigan va nihoyat, sud tizimiga nopok, poraxo„r va 
tasodifiy kimsalar kirib qolishiga yo„l qo„ymaydigan huquqiy asos qadam-baqadam 
takomillashtirib borilmoqda. 
2006-yilda umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan mamlakatimizda qonun 
ustuvorligi va ijtimoiy adolatni ta‟minlash, fuqarolarning haq-huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Fuqarolik 
ishlari bo„yicha sudlar tomonidan 420 mingdan ortiq ish ko„rib chiqilib, ularning 96 
foizi bo„yicha da‟vo talablari qanoatlantirilib, fuqarolar hamda tashkilotlarning 


207 
buzilgan haq-huquqlari tiklangan va ularning foydasiga 26,2 milliard so„m moddiy, 
3,6 milliard so„m ma‟naviy zarar, shuningdek, respublika budjetiga 455,3 million 
so„m davlat boji undirilgan. Shu jumladan, tadbirkorlarning buzilgan huquq va 
qonuniy manfaatlarini tiklash yuzasidan 300 dan ortiq da‟vo qanoatlantirilib, 40,3 
million so„m moddiy va 24,8 million so„m ma‟naviy zarar undirilgan. 
2000-yilda umumiy sudlanganlarning 47,2 foiziga ozodlikdan mahrum qilish 
jazosi tayinlangan bo„lsa, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan sud-huquq tizimida olib 
borilayotgan islohotlarning muhim yo„nalishlaridan biri – «Jinoiy jazolarning 
liberallashtirilishi munosabati bilan O„zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-
protsessual kodekslari hamda Ma‟muriy javobgarlik to„g„risidagi kodeksiga 
o„zgartishlar va qo„shimchalar kiritish haqida»gi Qonun qabul qilingach, 2006-yilda 
bu ko„rsatkich atigi 28,7 foizni tashkil etgan. Boshqacha aytganda, 71,3 foiz 
sudlanganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog„liq bo„lmagan jazolar 
tayinlanib, ular oilasi, jamoasi bag„rida qolgan. Sodir etilgan iqtisodiy jinoyatlar 
oqibatida yetkazilgan zararning 33 milliard so„mdan ortig„ini ixtiyoriy ravishda 
qoplagan to„qqiz ming nafarga yaqin shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish 
bilan bog„liq bo„lmagan jazo tayinlangan. 
Jinoyat qonunchiligiga kiritilgan o„zgartish va qo„shimchalardan yana bir muhimi 
– yarashuv institutining qabul etilishi natijasida 2006-yilda 12,605 nafar shaxsga 
nisbatan 11,503 ta jinoyat ishi tugatilgan bo„lsa, bu institut amaliyotga joriy 
qilinganidan bugungi kunga qadar 54 mingdan ortiq shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod 
etilib, «sudlangan» degan nomni ko„tarib yurishdan xalos bo„lgan. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish