Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati 
– O„zbekiston Liberal Demokratik partiyasi
o„zining ta‟sis qurultoyiga to„plandi 
va mamlakat siyosiy hayotida yangi siyosiy kuch sifatida vujudga keldi. Uning raisi 
etib Muhammadyusuf Teshaboyev saylandi. O„zLiDeP o„z dasturida siyosiy kuch 
sifatida tadbirkorlarning yo„lini ochib, ularning istiqbolini ham g„oyaviy, ham amaliy 
sohalarda isbotlab berish, manfaatini himoyalash, ertangi kunini ta‟minlashni 
ko„rsatib bergan. 


159 
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan muhim qoida siyosiy 
institutlarning, mafkuralar, fikrlar xilma-xilligi va ularning o„zaro raqobat asosida 
rivojlanishi belgilab qo„yildi. Bundan tashqari, O„zbekiston Respublikasining 
«Jamoat birlashmalari to„g„risida»gi va siyosiy partiyalar faoliyati bilan bog„liq bir 
qator qonunlari qabul qilindi. Mazkur davrda siyosiy partiyalar turli siyosiy tabaqa va 
guruhlarning irodasini ifoda etishi, demokratik yo„l bilan saylab qo„yiladigan vakillik 
organlari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etishi qonun bilan 
mustahkamlandi. O„zbekiston Respublikasining «Jamoat birlashmalari to„g„risida»gi 
qonuni siyosiy partiyalar faoliyatining umumiy tavsifini shakllantirib berdi. 
O„zbekiston Respublikasining «O„zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 
to„g„risida», «O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to„g„risida», «Xalq 
deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov to„g„risida»gi qonunlarining 
qabul qilinishi va amalga tatbiq etilishi mustaqillikning dastlabki yillarida amalga 
oshirilgan zarur demokratik islohotlardan biri bo„ldi. 
Ko„ppartiyaviylik asosida saylangan yangi vakillik organi – O„zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi siyosiy partiyalar faoliyatini yanada jadallashtirish borasida 
o„ziga xos ishlarni olib bordi. «Siyosiy partiyalar to„g„risida»gi O„zbekiston 
Respublikasining qonuni qabul qilindi. Vakillik organida siyosiy partiyalarning 
faoliyatini va qonun qabul qilishda ishtirokini oshirish maqsadida fraksiyalar faoliyati 
yo„lga qo„yildi. Bir qator qonunlarga o„zgartirish va qo„shimchalar kiritildi. Qabul 
qilingan qonunlar fuqarolarning huquq va manfaatlarini muhofaza qilishga, jamiyatni 
demokratlashtirishga, bozor islohotlarini sakrashlar va falaj qiluvchi holatlarsiz 
tezlashtirishga qaratildi. 
Siyosiy partiyalarning aholi va o„z saylovchilari o„rtasida obro„-e‟tiborini oshirish, 
ularning iqtisodiy jihatdan mustaqilligini ta‟minlash bilan bir qatorda moliyaviy 
manbalarini muvofiqlashtirish maqsadida 2004 yili O„zbekiston Respublikasining 
«Siyosiy partiyalar faoliyatini moliyalash to„g„risida»gi qonuni qabul qilindi. 
O„tgan davr mobaynida to„plangan tajriba va ko„nikmalarga tayangan holda 
O„zbekiston Respublikasida 2002-yil 27-yanvarda o„tkazilgan umumxalq referendumi 
O„zbekistonda siyosiy partiyalarning faoliyat yo„nalishini yangi bosqichga ko„tardi. 
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini ikki palatali qilib shakllantirish va uning 
quyi palatasini doimiy asosda faoliyat ko„rsatishi siyosiy partiya respublika 
parlamentida ko„proq o„rin egallashini, ular o„rtasidagi o„zaro raqobat yuzaga 
kelishini ta‟minlab berdi. «O„zbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga saylov 
to„g„risida»gi, «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylov 
to„g„risida»gi O„zbekiston Respublikasi qonunlariga va boshqa bir qator qonun 
hujjatlariga qo„shimcha va o„zgartishlar kiritildi. «O„zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi qonunchilik palatasi to„g„risida»gi, «O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Reglamenti to„g„risida»gi O„zbekiston Respublikasi qonunlari yangidan qabul qilindi. 
Ikki palatali parlament tizimida nafaqat respublika vakillik organlarida siyosiy 
partiyalarning faoliyati samaraliroq kuzatildi, balki joylardagi vakillik organlarida 
ham ular avvalgiga qaraganda ancha faolroq ishtirok etadilar. Chunki parlamentning 


160 
yuqori palatasi – Senat aynan joylardagi vakillik asosida shakllantirilishi qonunchi-
likda belgilab qo„yildi. 
Ikki palatali parlamentning shakllantirilishi siyosiy partiyalar faoliyatidagi yana bir 
yangi bosqich bo„ldi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning O„zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo„shma majlisidagi 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish