o
shaxsiy arzonlashtirishlar korxonaga kerak bo’lgan maxsus xaridorlar uchun qo’llaniladi;
o
mavsumiy arzonlashtirishlar ommaviy ishlab chiqarish mahsulotiga talabni rag’batlantirish
yoki quvvatlash maqsadida ishlatiladi;
o
majburiy arzonlashtirishlar korxonaning zararlarini kamaytirish uchun qo’llaniladi.
Masalan, tovarlarni omborda saqlash hisobidan.Harajat usuli bilan hisoblangan narxni aniqlash
uchun tashqi omillarning narx dinamikasiga tahsirini ko’rib chiqish zarur. SHuning uchun
sotilayotgan mahslotlar narxlari o’zgarishiga iste’molchilar sezgirligining tahlili o’tkaziladi.
Elastik talab sharoitida korxona (raqobatchi)ning savdodan tushgan mablag’ini
ko’paytirishga faqat narx pasayishi yoki talab elastikliligini kamaytirishga olib keladigan
mahsulotni yangilash hisobidan erishish mumkin. Bu sotilayotgan mahsulotlarni elastik talab
sharoitida narx siyosati tuzilishining asosi bo’ladi.
Noelastik talab sharoitida korxona mahsulotlari narxini ko’tarishi kerak. CHunki faqat shu
chora sotishdan tushgan umumiy foyda ko’payishiga imkon beradi.
Ko’pincha mahsulotni sotish narxi o’zgarishiga raqobatchilarning harakati asos bo’ladi.
Korxona mahsulotni sotishga raqobatchilar narx siyosati tahsir miqdorini aniqlash uchun talab
elastikligi koeffitsientini hisoblash lozim. U bir raqobatchi molining sotish narxi o’zgarganda
boshqa raqobatchi tovariga talab hajmining o’zgarish darajasini tavsiflaydi.
Iste’molchilar daromadlarining dinamikasi talabga kuchli tahsir etadi. Ko’pincha, boshqa
teng sharoitlarda mahsulotni sotish narxi va hajmlarini faqat iste’molchilarning daromadlari
belgilaydi. Sotish hajmining iste’molchilar daromadlari dinamikasidan tahsirlanishini narx uchun
daromadlar bo’yicha talabning elastikligi koeffitsienti ishlatiladi.
Bu ko’rsatkichning salbiy mahnosi shundaki, u mahsulotning past sifati to’g’risidagi
ma’lumotlarni tasdiqlaydi, chunki daromadlar ko’payganda xaridor uni iste’mol qilish hajmini
kamaytiradi. Bu ko’rsatkichning har xil tovarlar guruhlari mahnolarini o’rganishi iste’molchilar
daromadi o’zgarishi bilan bog’liq assortimentning kelajakdagi siljitishlarini belgilashga imkon
beradi va shu asosda narx dinamikasi yo’nalishlarini va xususiyatini oldindan ko’rishga sharoit
yaratadi.
Ko’rib chiqilgan usullar narx haqiqiy dinamikasining doimiy nazorati zarurligini ehtibordan
soqit qilmaydi. Narxda zamonaviy, adekvat xulosa qilish uchun korxona mahsulotining sotilishi
va uning asosiy raqobatchilari to’g’risida aniq va to’g’ri axborotga ega bo’lish kerak.
Narxni nazorat qilish uchun quyidagi ma’lumotlar zarur:
1.
Sotish hajmining dinamikasi (tabiiy va qiymat miqdorida):
o’tgan yilga nisbatan;
bozorning har xil segmentlari va taqsimlash vositalariga nisbatan.
2.
Raqobatchilar har xil guruhdagi tovarlari narxlarining o’zgarishi.
Arzon narxlarda sotishning hajmi:
umumiy sotishga nisbatan foizi;
to’la narxda sotishga nisbatan foizi.
3.
Narx pasayishidan eng ko’p foyda topgan iste’molchilarning segmenti.
4.
Marketingga harajatlar dinamikasi.
5.
Sotiladigan tovarlar to’g’risida potentsial xaridorlarning fikrlari;
6.
Taqdim etilgan narxga norozilik:
iste’molchilarning noroziligi;
savdo xodimlarining noroziligi.
7.
Raqobatchi – korxona va uning narxiga nisbatan iste’molchilar nuqtai nazarining o’zgarishi.
8.
O’tgan davrga qaraganda yo’qotilgan iste’molchilar soni.
Narx to’g’risidagi axborotlarni o’rganish va ularni doimiy nazorat qilib borish korxonada
narx siyosatining samaradorligini yuqori darajaga ko’tarishga imkoniyat yaratib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: