Narxlar qq s bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, iso 9001: 2008



Download 4,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/133
Sana06.07.2022
Hajmi4,34 Mb.
#747968
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   133
Bog'liq
прайс-лист-03.06.2019-узб

Narxlar 
QQ
S bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008 
Izoh: 

Tarif rejalarga yangi ulanganda yoki tarifga o'tganda oylik abonent to'lovining yechilishi va tarif bo’yicha trafik taqdim etilishi tungi soat 00:00 dan ertalab 06:00 gacha bo’lgan vaqtda amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to'lovi 
yechilishi va tarif bo'yicha trafik taqdim etilishi 1 oylik vaqt oralig'ida (oyning birinchi sanasiga bog’liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi. 

Tarif rejalarga ulanganda yoki o'tishda oylik abonent to'lovi va oylik trafikka ega paket to'liq hajmda, ya'ni, abonent to'lovining yechilishi va trafik taqdim etilishi oyning qolgan kunlaridan qat'iy nazar to'liq taqdim etiladi. 

Tarif rejalar bo'yicha oylik abonent to'lovining navbatdagi yechilishida, tizim oylik abonent to'lovining yechilishi uchun to'liq miqdor mavjudligini tekshiradi. Agar u mavjud bo'lsa - oylik abonent to'lovi yechiladi va oylik trafikli paket 
taqdim etiladi. Abonent hisobida yetarli mablag' bo'lmagan taqdirda, oylik abonent to'lovi qarzga yechilmaydi va mos ravishda, kiritilgan trafik paketi taqdim etilmaydi. Bunday holda, aloqa xizmatlaridan yanada foydalanish uchun 
to'lov tarif shartlariga muvofiq standart tarifikasiya bo'yicha amalga oshiriladi. 

Bir oylik abonent to'lovini to'lash uchun yetarli mablag' abonent hisobida bo'lishi bilan u darhol yechiladi va bir oylik trafik paketi taqdim etiladi, keyingi oylik abonent to'lovi yechilishi sanasi oxirgi yechilgan paytidan boshlab 1 oy 
muddatiga suriladi.

Tarifda belgilangan oylik paketlaridagi trafik qoldig'i amal qilish muddati tugashi bilan kuyadi va keyingi taqdim etiladigan paketlarning trafikiga qo'shilmaydi. 

Kiritilgan daqiqalar, SMS va MBlar paketi faqatgina abonent raqami faol holatda bo’lganida sarflashi mumkin. 

Kiritilgan trafik paketi taqdim etishidan oldin internet, qo'ng'iroqlar va SMSlar tarifning standart narxida yechiladi. Kiritilgan trafik paketidan foydalanishni boshlashdan oldin, trafik sizga taqdim etilganiga ishonch hosil qiling. Trafik 
qoldig'ini tekshirish kodlari: MB - *103#, SMS - *105# raqamlari va daqiqalar - *106#. 

Kiritilgan daqiqalar, SMS va MBlar paketi tugagandan so'ng, narxlanish belgilangan tariflarga muvofiq amalga oshiriladi.

Tarif rejalarda «Perezagruzka» xizmatidan
foydalanish imkoniyati mavjud. «Perezagruzka» xizmatining narxi - 2 000 so'm tashkil etadi.«Perezagruzka» xizmati abonent to'lovini oldindan yechib, tarifga kiritilgan trafikni taqdim etish 
imkonini beradi. Xizmatni yoqish kodi - *5#. Bunda avvalgi paketdan foydalanilmagan daqiqalar, SMS va MBlar «Perezagruzka» xizmati faollashtirilgandan so'ng bekor bo’ladi. «Perezagruzka» xizmatini muvaffaqiyatli faollashtirgandan 
so'ng, oylik abonent to'lovi yechilishining navbatdagi sanasi 1 oyga suriladi. Xizmatni ulash uchun Abonent hisobida tarif rejani ulanish minimal miqdori va «Perezagruzka» xizmatining narxiga teng miqdordagi mablag’ bo'lishi kerak. 

«Uydagidek» tarif rejasiga «STATUS», «Status NEW», «Status+» tariflari turkumi, hamda «PLATINUM», «GOLD», «SILVER», «Status Silver OLD», «ZO'R 20», «ZO'R 15», «ProInternet 30 GB» tariflaridan o’tish narxi – 5 000 so’mni tashkil 
etadi. Qolgan tariflardan o'tish – bepul.

«Uydagidek» tarif rejasiga o'tilganda, avvalgi tarifdagi trafik qoldig' o’tmaydi va kuyadi. 

Raqam ma'muriy blok holatiga tushirilganda blok holati uchun 421 so'm kunlik abonent to'lovi yechiladi. Shu bilan birga tarif bo’yicha abonent to’lovi yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so’ng, agar abonent hisobida 
yetarli mablag’ mavjud bo’lsa, tarif rejaning oylik abonent to'lovi yechiladi. Keyingi abonent to'lovi yechilishi sanasi blok holatidan chiqarilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar oylik abonent to’lovi yechilishiga yetarli 
mablag’ bo’lmasa, u holda aloqa xizmatlaridan foydalanish tarifda belgilangan standart narxlarga asosan amalga oshiriladi. Agar abonent hisobida tarif reja bo’yicha paketlar mavjud bo’lsa, ammo abonent to’lovi yechilishi uchun hisobda 
yetarli mablag’ mavjud bo’lmasa, raqam blok holatidan chiqarilgandan so’ng hisobdan mablag’ yechilmaydi, qoldiq paketlarning amal qilish muddati o’zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o’tgandan so’ng kuyadi. Abonentning 
balansida 180 kun davomida mablag’ 0 yoki 0 dan past bo’lsa, ushbu holatda Operator abonentni aloqa xizmatlaridan foydalanishdan bir tomonlama va butunlay voz kechganligi deb qabul qiladi. 

Mazkur narxnomaning 3-sonli bo’lim ro’yxatida ko’rsatilgan davlat va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan veb-resurslardan foydalanish O’zbekiston hududida amaldagi tarif rejalari doirasida narxlanmaydi. 

Ushbu tarif rejalarda bo'lgan abonentlar, uyali aloqa operatorlari raqamlaridan kiruvchi qo'ng'iroqlar va SMSlarini hisobda hatto nol va salbiy bo’lganda ham qabul qilish mumkin. 

O’zbekistonning chegara hududlarda Camel-rouming xizmati uchun ortiqcha mablag’ yechilmaslik uchun (Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Afg'oniston), telefon apparatingizdan «Beeline Uz» tarmoqni qo’l sozlama 
yordamida tanlab olish kerak bo’ladi; 

Qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan apparatida faksimil xizmati, raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, modem va hokazo qurilmalardan qabul qilingan qo’ng’iroqlarning qabul qilinishi fakti hisoblanadi; 

Barcha tarif rejalarda muloqot uchun maksimal suhbat davomliyligi 40 daqiqa etib belgilagan; 

Sputnik 1 - Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476);

Sputnik 2 - Inmarsat В, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216); Sputnik 3 - Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817); Sputnik 4 – 
Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069). 


 
Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi 
 
 
Narxnoma 28.01.2022 y. kuchga kiritilgan. 
(28.01.2022 yil № 52/22 sonli buyruqqa asosan) 

Download 4,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish