Narx va narx siyosati



Download 157,14 Kb.
Sana21.05.2022
Hajmi157,14 Kb.
#605691
Bog'liq
9-мавзу NARX VA NARX SIYOSATI


Narx va narx siyosati
Marketingdagi narx siyosati bu biror turdagi savdo faoliyati bilan shug‘ullanadigan har qanday korxonaning butun bir rivojlanish konsepsiyasidagi eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan masalalardan biridir.
Narxlar hamma narsani hal qiladi. Ular kompaniyaning bozordagi o‘rnini, uning raqobatchilar orasidagi holatini aniqlab beradi. O‘zini oqlamaydigan darajadagi past narxlar har qaysi savdo tashkilotining rentabelligini kamayishiga olib keladi. Aksincha holat ya’ni, o‘zini oqlamaydigan darajadagi yuqori narxlar savdo hajmini keskin darajada kamayib ketishiga olib keladi. Demak, korxona bu holatda ham rentabelligini yo‘qotadi. Narxlar quyidagilarda hal qiluvchi omil hisoblanadi:
1.Daromadni ta’minlashda;
2.Mahsulot yoki tovarga talabni paydo bo‘lishida; 3.Kompaniyaning biror bir bo‘limi yoki tizimini ishlashining samaradorligini aniqlashda; 4.Korxonaning o‘z ishini olib borishidagi raqobatbardoshliligida; 5.Korxonaning tijorat maqsadlarini amalga oshirishda; 6.Tashkilotning rentabelligini aniqlashda.
Korxonaning narx siyosatida birinchi o‘rinda, marketing tomonidan xaridorlarning qiziqishlari va ehtiyojlari haqidagi tushunchalar, iste’molchi omillari ko‘rib chiqilishi kerak.
Marketing uchun narx siyosati albatta qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqqan holda o‘zgaradi. Masalan, agar, savdo tashkiloti sotish uchun yangi bozorlarni izlasa, iste’molchi auditoriyasini kengaytirishga harakat qilsa, unda marketingdagi narx siyosatida past narxlar bilan yangi iste’molchilarni jalb etish uchun uning rahbari savdodan tushumni ataylab kamaytirish g‘oyasini kiritishi kerak bo‘ladi.
Marketingning narx siyosatining asosida qo‘shimcha narx yotadi. Marketologlarshuningdek, tovarning narxi va uning tannarxi o‘rtasidagi farqning miqdorini ham hisobga oladi. Bu ham juda muhim omillardan biridir. Korxonaning rivojlanish bosqichi kabi muhim bo‘lgan korxonaning mavjudlik bosqichlari ham bor. Bu bosqichlar esa:
1.kengayish; 2.modernizatsiya qilish; 3.yangi kashfiyotlarni kiritish; 4.qayta tashkil etish; 5.optimallashtirish; 6.xodimlarni qisqartirish; 7.yopish; 8.bankrotlik bosqichlaridir.
Marketingning narx siyosatiga muvofiq ravishda har qanday savdo korxonasi narxni shakllantirishga o‘z diqqatini qaratishi kerak. Narx siyosati yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlardan kelib chiqqan holda tubdan o‘zgarishi mumkin. Marketingda narx siyosatida shuningdek, mana bunday narxni tahlil qilishning tarkibiy qismlari ko‘rib chiqiladi:
1. Muayyan darajadagi narx normalari va mo‘ljallari;
2. Iste’molchining afzalliklari jihatlarini hisobga olish;
3. Narxni oqilona va mos ravishda o‘zgartirish omillari;
4. Narxni o‘zgartirish omillari;
5. Boshqa marketing omillari bilan aloqasi;
6.  Talabning egiluvchanligi;
7. Uning taklif bilan mosligi;
8. Mahsulotning sifati;
9.  Ehtimoliy chegirmalar;
10. Aksiyali takliflar;
11. Kompaniyani rivojlanish konsepsiyasini amalga oshirish bosqichlari.
Bu yerda aytib o‘tish kerakki, sifat narxni shakllantirishdagi asosiy omil hisoblanadi. Tovarning narxiniuning tannarxidan keyin, sifatiga qarab belgilash ancha obyektivroq bo’ladi.
Obyektiv narxlar uchun mahsulotni ekspertizadan o‘tkazish kerak bo‘ladi. Ya’ni, bunda sifat darajasi, turi, markasi, o‘rami, ishlab chiqaruvchisi, saqlash muddatlari ko‘rib chiqiladi.
Marketingning narx siyosati narxni shakllantirish va narxni boshqarishga bo‘linadi. Agar korxonaning marketingdagi narx siyosatini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, unda narx bu yerda marketingni rivojlantirishning hozirgi zamonaviy bosqichidagi asosiy element hisoblanadi. 
Download 157,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish