Narkoz tushunchasi,turlari,asoratlari bo’yicha shifokorning bemor bilan muloqot qilishining ahamiyati 111-1 Ped talabasi Abdumajidova Zebinisobonu Narkoz (yun. narkosis — karaxtlik) — sunʼiy yoʻl bilan (baʼzi kimyoviy moddalar va boshqa omillar taʼsirida) hosil qilinadigan chuqur uyqu holati, bunda kishi hech narsani sezmaydi, ixtiyoriy harakat qila olmaydi, es-hushi butunlay yoki qisman yoʻqoladi. Tibbiyotda xirurgik operatsiya vaqtida ogʻriqsizlantirish (anesteziya) maqsadida qoʻllanadi. Amerikalik xirurg Uorren birinchi bor efir narkoz bilan operatsiya qilgan (1846). Dastlab narkoz uchun faqat efir va xloroform foydalanib kelingan. Kimyo fanining rivojlanishi tufayli narkoz xolatini paydo qiladigan turli xil moddalar kashf etildi. - Narkozni vujudga keltiradigan narkotik moddalarning bemor organizmiga yuborilish usuliga qarab ingalyatsion (nafas yoʻllari orqali), noingalyaysion (nafas yoʻllaridan boshqa yoʻllar bilan) va kombinatsiyey narkoz (narkotik moddalar ikki va undan koʻp usul bilan yuborilganda) farq qilinadi. Ingalyatsion narkozda efir, flyuotan, siklopropan va boshqa moddalarning bugʻi xidlatiladi, bunda maxsus apparatlardan foydalaniladi. Narkotik moddalarni kislorod bilan aralashtirib yuborish nafas yoʻllarini har xil asoratlardan saqlaydi. Venaga yuborib paydo qilinadigan narkozda, asosan, uyqu dorilari — barbiturat kislota hosilalari ishlatiladi. Bu usulning afzalligi shundaki, bemor tez uxlab qolib, hech nimani sezmaydi. Suyak ichiga, toʻgʻri ichakka, teri ostiga, muskul orasiga qilinadigan narkoz kamdan-kam qoʻllanadi
- Koʻpincha vena narkozi bilan ingalyatsion narkoz birgalikda amalga oshiriladi. Bunda narkoz berish narkotik moddalarni venaga yuborishdan boshlanadi, bemor uxlab qolgach, ingalyatsion narkoz berishga oʻtiladi. Narkoz vaqtida nafasni vaqtincha toʻxtatib turadigan dori-darmonlar va nafas olishni bajaradigan maxsus narkoz apparatlarining qoʻllanilishi narkoz berayotgan vrach — narkotizator (anesteziolog)ga bemor organizmining barcha funksiyalarini idora etish imkoniyatini beradi. Shu tufayli oʻpka, yurak, yirik tomirlar va bosh miyani bemalol operatsiya qilish mumkin. Turli kimyoviy moddalar yuborib paydo qilinadigan narkozdan tashqari maxsus koʻrsatma bilan elektronarkoz qoʻllanadi.
NARKOZ VAQTIDA RO’Y BERADIGAN ASORATLAR Narkoz berishning buzilishi, narkotiklar dozasining oshirilishi va boshqa sabablarga ko‘ra, narkoz berish vaqtida har xil asoratlar yuzaga keladi. Narkozning birinchi bosqichida qo‘rqish natijasida psixik shok paydo bo‘ladi, bu holat ba’zan bemorni hatto o‘limga olib keladi. Bu og‘ir asoratning oldini olish uchun bemorni operatsiyaga ruhan tayyorlash lozim, uni tinchlantirish uchun 1 ml morfin ukol qilish yoki lyuminal ichirish kerak.Qo‘zg‘alish davrida aksari bemor qusadi. Qusish ancha xavfli hisoblanadi, chunki qusuq massalari nafas olish yo‘liga ketib qolib, odam bo‘g‘ilishi mumkin. Qusish ro‘y berganda darhol niqobni olish va bemorning boshini yon tomonga burish kerak. Bemorning og‘zini ochib, sochiq yoki doka bilan og‘iz bo‘shlig‘ini artib tozalash lozim. Bemor qusib bo‘lgandan keyin narkoz berish davom ettiriladi.
| - Ko‘pincha pastki jag‘ni noto‘g‘ri ushlash natijasida chuqur uyqu davrida til orqaga ketib qoladi. Mushaklarning bo‘shashishi natijasida til halqumning orqa devoriga tomon harakat qiladi va hiqildoqqa kiradigan yo‘lni to‘sib qo‘yadi. Bu nafas olishni qiyinlashtiradi, natijada bo‘yindagi vena qon tomirlari bo‘rtib, bemor ko‘karib ketadi, qonning rangi o‘zgaradi, puls tezlashib ketadi. Bu asoratning oldini olish uchun bemorning pastki jag‘i oldinga tomon chiqariladi. Og‘zi og‘iz kengaytirgich (rotorasshiritel) bilan ochib qo‘yiladi va tili tiltutqich (yazikoderjatel) bilan tortib turiladi, shunda nafas olish yo‘li ochilib, bemor bemalol nafas oladi.
SHIFOKORNING BEMOR BILAN MULOQOT QILISHII Bemor bilan muomalaga kirishishning o 'ziga yarasha shartlari bor, albatta. Shifokor bemor xastaligining taxminiy diagnozini, shaxsini, kasbini, ijtimoiy sharoitini, saviyasini, dunyoqarashini, bilim darajasini, lashqi psixik belgilarini o 'rganganidan so 'ng, o 'zini ham bu muloqotga ruhan tayyorlaganidan keyingina u bilan muloqot qilish uchun ma'naviy haqqi paydo bo'ladi. Bemor va shifokor muloqoti (shartli ravishda) ikki doirada kechadi. Birinchi, tashqi doira zanjirida yuqorida aytilgandek, shifokorning bemor bilan muloqotga tayyorlanish bosqichidagi amallar kiradi. Ikkinchi, ichki doirani esa bemor shaxsini, uning kasallik sabablarini begilovchi dalillar zanjiri tashkil etadi.Birinchi doira sohibining mahorat darajasi qay darajada yuksakligi uning ikkinchi doiraga «ko'prik» sola olish san'ati Man belgilanadi. Aynan shu «ko'prik» solinganidan so'ng bemor shifokorga ishonch va umid ko'zi bilan qaray boshlaydi.
| - Bemor shifokor bilan muloqotdan so'ng o'zini ruhan tetik va yengil his etishi kerak, dedik. Mohir shifokor haqida aytish mumkinki, yaxshi suhbatdosh atirfurushga o'xshaydi, garchi u senga atridan bermasa ham xushbo'y hidi yetib turadi. Shifokor bemor ko'nglini ko'tarib agar u yosh bo'Isa, «hali to'yingizda osh yeymiz, xizmat qilamiz», yoshi ulug'roq bo'Isa - «hali nevara-yu chevaralaringizni boqib yurasiz», qabilida gaplar aytishi kerakki, bemor beixtiyor bunday ko'ngilga yoquvchi muloqotni mamnuniyat bilan eslasin. Har bir shifokor Mahmud Qoshg'ariyning: «Bilag'on odamlarning nasihatlaridan foydalan. Chunki yaxshi so'z ta'sir qilgach, dilga joylashadi», degan purhikmatlarini yodda olib qolishi foydadan holi emas.
- Zero, I.V. Gyote aytgandek, «so'zni ishonch bilan gapir, eshituvchilarga ta'sir etish esa o'z o'zidan kelib qoladi».
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |