NARGIZA ERKABOYEVADAN ADABIYOT FANI BO`YICHA NAMUNAVIY TEST
1. Qaysi javobda berilgan ta’rif Xoja Ahmad Yassaviyning jiyani bo`lgan ijodkorga xos?
A) Shirin abyoti ishtihori Turkistonda beg`oyatdurur.
B) Latif g`azaliyoti intishori Iroq va Xurosonda benihoyatdurur.
C) Darveshvash va xushxulq, munbasit kishi erdi.
D) Ammo bag`oyat ziyrak va zakiy va zoid va muttaqiy kishi ermish.
2. Qaysi asar "...odamilar ishonchi, mòminlar quvonchi, himmati adiz, aqli tengsiz" deya ta’riflangan hukmdorga bag`ishlangan?
A) "Qisasi Rabg`uziy" B) "Hibat ul-haqoyiq"
C) "Muhabbatnoma" D) "Qutadģu bilig"
3. Qaysi javobda Ahmad Taroziy tomonidan Shoshiy deb nomlangan ijodkor qalamiga mansub bayt berilgan?
A) Jahonni tutdi Yusufdek jamoli,
Malohat Misrida sultonmudur bu?
B) Labing qandini so`ray desam, aytur
Ayo ko`rdungmu solmish ko`zni qanda?
C) Bo`ying sarvu sanubardek, beling qil,
Vafo qilg`on kishilarga vafo qil.
D) Dilbarimning zulfi sunbul, chehrasi gulzor erur,
Bo`yina oshiq sanavbar, yuzina gul zor erur.
4. Lutfiyning "Dudog'ing ma’dani jondur dedim.." g'azali boshdan oyoq qanday san’at asosida qurilgan?
A) tashbeh B) laff va nashr C) irsoli masal D) savol-javob
5. "Abulfayzxon" fojiasida "Abulfayzxonning jonini qutqaringiz" deb kim aytgan edi?
A) Eron podshohi B) Eron qo'shin boshliqlari C) Ibrohimbiy D) Qozi Nizom
6. Dunyoni no'noq tabibga o'xshatgan shoir kim?
A) Mirza Kenjabekov
B) Yo'ldosh Eshbek
C) Sirojiddin Sayyid
D) Iqbol Mirzo
7. Ijoddan tashqari zargarlik bilan ham mashg'ul bo'lgan shoir ijodiga mansub she’r nomi qaysi javobda keltirilgan?
A) “Adolat yaxshi” B) “Yangroq hayot” C) “Ajab ermas” D) “Til”
8. Mumtoz adabiyotimizda tiriklik suvi, obihayot so'zlari qo'llanganda ko'pchilik o'rinlarda kimning nomi tilga olinadi?
A) Yusuf B) Xizr C) Sulaymon D) Jamshid
9. G'azalning qaysi turida baytlar ketma-ketligini sujet tasviri boshqaradi?
A) voqeaband g'azal B) musalsal g'azal
C) yakpora g'azal D) parokanda g'azal
10. A.S.Pushkinning “Bog`chasaroy fontani” dostonini o`zbek tiliga tarjima qilgan ijodkorning dramasi nomi qaysi javobda qayd etilgan?
A) “Yaxshilikka yaxshilik” B) “Mehrim” C) “Dushman” D) “Yana uylanaman”
11. Abdulla Oripov qaysi she’rlari bilan Abdulla Qahhorning nazariga tushgan edi?
A) “Munojotni tinglab”, “Ruhim” B) “Munojotni tinglab”, “Qushcha”
C) “Munojotni tinglab”, “Burgut” D) “Ruhim”, “Birinchi muhabbatim”
12. Bilik birla bilinur saodat yo`li,
Bilik birla saodat yo`lini ula.
Ushbu misralar qaysi asardan olingan?
A) “Qutadg`u bilig” B) “Muhabbatnoma”
C) “Yatimat ud-dahr” D) "Hibat ul-haqoyiq"
13. “Bulbul” ertagida Chin imperatori o'z bog'ida g'aroyib bulbul borligini qayerdan biladi?
A) elchining maktubidan B) qo`shni mamlakat shohining maktubidan
C) kitobchadan D) bulbul haqida dehqonlarning to`qigan qo`shig`idan
14. «Yomonga qo‘shilma, bo‘lursan yomon,
Qarosin yuqtirar hamisha qozon» hikmatli so‘zi qaysi ijodkorga tegishli?
A) Yusuf Xos Hojib B) Firdavsiy C) Ahmad Yugnakiy D) Rudakiy
15. «Latofatnoma» necha nomadan iborat?
A) 10 nomadan B) 11 nomadan C) 12 nomadan D) 8 nomadan
16. Huvaydoning nasl-u nasabi va vatani haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni toping.
A) Xo‘janazar G‘oyibnazar o‘g‘li Huvaydo sulolasi o‘shlik bo‘lib, o‘zi Chimyonda tug‘ilgan
B) Xo‘janazar G‘oyibnazar o‘g‘li Huvaydo sulolasi chimyonlik bo‘lib, o‘zi O‘shda tug‘ilgan
C) Xo‘janazar Ernazar o‘g‘li Huvaydo sulolasi o‘shlik bo‘lib, o‘zi Andijonda tug‘ilgan
D) Xo‘janazar Huvaydo Chimyoniy O‘shda yashab ijod etgan
17. Shermuhammad Munis asarlari qaysi qatorda berilgan?
A) «Devoni Munis», «Savodi ta’lim», «Maxzan ul-asror»
B) «Munis ul-ushshoq», «Guliston bit-turkiy», «Firdavs ul-iqbol»
C) «Firdavs ul-iqbol», «Munis ul-ushshoq», «Savodi ta’lim»
D) «Devoni Munis», «Ravzat us-safo», «Tarixi muluki Ajam»
18. Sergey Yeseninning qaysi she’ri lirikaning eng yuksak talablariga javob beradi, unda holat, manzara, makon va zamon bor?
A) «Dog‘lar ketmish majruh ko‘nglimdan» B) «Singlimga xat»
C) «Xurosonda bir darvoza bor» D) «Bu dunyoda men ham yo‘lovchi»
19. Tug`ilgan yurtini Quz O`rda deb tanishtirgan shoir kim?
A) Ahmad Yugnakiy B) Ahmad Yassaviy
C) Yusuf Xos Hojib D) Mahmud Koshg`ariy
20. Qaysi she’r “Bahor kelsa boshlanar bog`da bulbul xonishi” degan misralar bilan boshlanadi?
A) “Bahorni sog`indim”
B) “Sen bahorni sog`inmadingmi?”
C) “Iltijo” D) “Tun ochar ko`zlarim”
21. Navoiyning 1499-yilda yaratilgan asari qaysi?
A) “Majolis un-nafois” B) “Mezon ul-avzon”
C) “Nasoyim ul-muhabbat” D) “Muhokamat ul-lug`atayn”
22. “Qolganda menga o`zni chunon ayladi jallod,
Lutfini raqiblarga ayon ayladi jallod” baytining muallifi kim?
A) Nodira B) Uvaysiy C) Amiriy D) Zavqiy
23. "Abay nasihatlari"ning 32-so`zi nima haqida?
A) dunyoning o`zgarib turishi haqida B) ilm o`rganish haqida
C) har xil hikmatli so`zlar berilgan D) mehr, oqibat haqida
24. Bugun podshoh sanga saltanat,
Beribdur xudo, ko'rdi marhamat... Ushbu so'zlar kimning kimga o'giti hisoblanadi?
A) Navoiyning Husayn Boyqaroga
B) Ogahiyning Muhammad Rahimxon Feruzga
C) Navoiyning shahzoda Badiuzzamonga
D) Sakkokiyning Mirzo Ulug`bekka
25. Masalchilar haqida keltirilgan qaysi ma’lumotlar to'g'ri?
1. Fedr Ezop masallarini lotin tiliga she’riy yo'l bilan o'girgan.
2. Babriy Ezop masallarini lotin tiliga she’riy yo`l bilan o'girgan.
3. Lessing germaniyalik masalchi bo'lib, XVIII asrda yashagan.
4. Lafonten fransiyalik masalchi bo'lib, XVII asrda yashagan.
5. Gellert fransiyalik masalchi bo'lib, XVIII asrda yashagan.
A) 1, 2, 4, 5 B) 2, 3, 5 C) 1, 3, 4 D) 2, 3, 4
26. Maxtumquli hayoti va ijodiga oid javoblarini belgilang.
1. Maxtumquli XVIII asrda yashab ijod etgan.
2. Otasi Davlatmamat Ozodiy taxallusi bilan qo'shiq va g'azallar yozgan.
3. Maxtumqulining asosiy hayotiy mashg'uloti zargarlik edi.
4. Maxtumqulining Buxorodagi Mirarab madrasasida o'qiganligi haqida ma’lumot bor.
5. Maxtumquli she’rlaridan javonmardlik tariqati nafasi yaqqol ufurib turadi.
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 3, 4
27. Odil Yoqubovning “Ulug'bek xazinasi” romanida jang maydonlaridan lashkarni tashlab qochgan sotqin kim?
A) Amir Sulton Jondor B) Iskandar Barlos C) Ibrohim Po`lat o`g`li D) Idris barlos
28. “Oygul bilan Baxtiyor” ertagida Oygul solingan sandiq qaysi yurt qirg`oqlariga kelib qoladi?
A) Jambil B) Jarjon C) Susambil D) Jurjon
29. «Tangri yorlaqagani uchun, davlati borni davlatsizlantirdi, xoqoni borni xoqonsizlantirdi, dushmanni el qilgan, tizzasi borni cho‘kkalatgan, boshi borni ta’zim qildirgan». Ushbu ta’rif kim haqida?
A) Kultegin B) Eltarish xoqon C) Bilga xoqon D) Bo‘min xoqon
30. Avloniyning qaysi asarlari “Ikkinchi muallim” kitobiga kiritilgan?
1) “Chin do`st” 2) “To`g`rilik” 3) “Xurus ila bo`ri” 4) “Janjalkashlik zarari” 5) “Yalg`on do`st” 6) “Vatanni suymak”
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3, 5, 6
Ustoz: Nargiza Erkaboyeva
Admin: @trenermozga
Kanalimizga a’zo bo`ling.
Do'stlaringiz bilan baham: |