Bog'liq Naqd pulsiz hisob kitoblarni tashkil qilish qoidalari
4. Naqdsiz pul aylanmasi va uni tashkil qilish prinsiplari. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi va uning elementlari. Naqd pulsiz pul aylanishi – banklarda pul mablag‘larini to‘lovchilar va oluvchilarning hisobvaraqlari bo‘yicha yozuvlar yordamida yoki o‘zaro talablarni hisobga olish yo‘li bilan amalga oshiriladigan pul aylanishidir.
Naqdsiz pul aylanmasi quyidagi prinsiplar asosida tashkil etiladi:
Naqdsiz pul aylanmasining me’yoriy huquqiy asoslarining mavjudligi. O‘zbekistonda naqdsiz pul aylanmasining qonunchilik asoslari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi.
- O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risidagi qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasining banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonuni.
2. Naqd pulsiz hisob kitoblarni asosan banklarda ochilgan hisob raqamlar orqali o‘tkazilishi.
Mijozlar hisob raqam ochishda banklarni erkin tanlash huquqiga ega. Barcha naqdsiz to‘lovlar to‘lovchining joriy hisob raqamidagi pul mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Amaliyotda bir tijorat bankining mijozi ikkinchi bir tijorat bankining mijozi foydasiga naqd pulsiz to‘lovni amalga oshiradi. Bir bankdan 2-bankka o‘tayotgan to‘lovlar banklarning Nostro vakillik raqamlari orqali o‘tadi. Banklarning 2 turdagi nostro vakillik hisob raqamlari mavjud:
Vertikal vakillik hisob raqami
Gorizontal vakillik hisob raqami
Odatda har bir tijorat banki milliy valyutada bitta vertikal bitta gorizontal vakillik hisob raqamiga ega bo‘ladi.
Vertikal vakillik hisob raqami Markaziy bankning balansida ochiladi.
Gorizontal vakillik hisob raqami mamlakatning boshqa tijorat bankida ochiladi.
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari milliy valyutada faqat bitta nostro vakillik hisob raqamga ega. Bu hiso raqam O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining balansida ochilgan. Aniqrog‘i Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasidaochilgan.
To‘lovchining va to‘lovchining bankini likvidli bo‘lishi. To‘lovchining va to‘lovchining bankini likvidli bo‘lishi deganda ularni o‘z majburiyatlarini pul mablag‘lari bilan o‘z vaqtida va to‘liq to‘lay olish qobiliyatiga aytiladi. Xalqaro ta’mirlash va taraqqiyot banki ekspertlari korxonalarning likvidligini baholash uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni taklif qilishgan:
Joriy likvidlik koeffitsienti – (Jlk)
JA - joriy aktivlar
JP - joriy passivlar
Jlk = JA / JP
Jahon banki ekspertlarining bu koeffitsientining eng past normativ darajasini 1.25 qilib belgilangan.
Iqtisodiy kontragentlar o‘rtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishning asosiy shakllari quyidagilardan iborat:
1) inkasso operatsiyalari vositasidagi hisob-kitoblar;
2) akkreditivlar yordamidagi hisob-kitoblar;
3) bo‘nak to‘lovlari shaklidagi hisob-kitoblar;
4) ochilgan hisobvaraq bo‘yicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblar;
5) veksellar va cheklar shaklida amalga oshiriladigan hisob-kitoblar.
To‘lovni amalga oshirish uchun to‘lovchining roziligi bo‘lishi kerak. Ammo qonunchilikda ayrim hollarda to‘lovchidan so‘ramay uning pulidan olib qo‘yishga ruxsat etilgan. Misol uchun soliq inspeksiyasi tomonidan qo‘yilgan Inkasso topshiriqnomalar, sudlarning qarori bilan qo‘yilgan ijro varaqalari to‘lovni to‘lovchining roziligisiz amalga oshiriladi.
To‘lovlarning muddatliligi. Naqdsiz hisob kitoblarni to‘g‘ri amalga oshirilganligi ustida o‘tkaziladigan nazoratning mavjudligi
Naqd pulsiz hisob kitoblarda ishtirok etuvchi tomonlarning mulkiy javobgarligining mavjudligi.
Xalqaro bank amaliyotida naqd pulsiz hisob kitoblarning 4 shaklidan foydalanadi; To‘lov topshiriqnomalari; Cheklar; Hujjatlashtirilgan akkreditivlar; Inkasso.
Mijozlar hisob raqam ochishda banklarni erkin tanlash huquqiga ega. Barcha naqdsiz to‘lovlar to‘lovchining joriy hisob raqamidagi pul mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Amaliyotda bir tijorat bankining mijozi ikkinchi bir tijorat bankining mijozi foydasiga naqd pulsiz to‘lovni amalga oshiradi. Bir bankdan 2-bankka o‘tayotgan to‘lovlar banklarning Nostro vakillik raqamlari orqali o‘tadi. Banklarning 2 turdagi nostro vakillik hisob raqamlari mavjud:
Vertikal vakillik hisob raqami.
Gorizontal vakillik hisob raqami.
Odatda har bir tijorat banki milliy valyutada bitta vertikal bitta gorizontal vakillik hisob raqamiga ega bo‘ladi.
Vertikal vakillik hisob raqami Markaziy bankning balansida ochiladi.
Gorizontal vakillik hisob raqami mamlakatning boshqa tijorat bankida ochiladi.
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari milliy valyutada faqat bitta nostro vakillik hisob raqamga ega. Bu hiso raqam O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining balansida ochilgan. Aniqrog‘i Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasida ochilgan.
To‘lovchining va to‘lovchining bankini likvidli bo‘lishi. To‘lovchining va to‘lovchining bankini likvidli bo‘lishi deganda ularni o‘z majburiyatlarini pul mablag‘lari bilan o‘z vaqtida va to‘liq to‘lay olish qobiliyatiga aytiladi.
Jahon banki ekspertlarining bu koeffitsentining eng past normativ darajasini 1.25 qilib belgilangan.
To‘lovni amalga oshirish uchun to‘lovchining roziligi bo‘lishi kerak. Ammo qonunchilikda ayrim hollarda to‘lovchidan so‘ramay uning pulidan olib qo‘yishga ruxsat etilgan. Misol uchun soliq inspeksiyasi tomonidan qo‘yilgan Inkasso topshiriqnomalar, sudlarning qarori bilan qo‘yilgan ijro varaqalari to‘lovni to‘lovchining roziligisiz amalga oshiriladi.
To‘lovlarning muddatliligi
Naqdsiz hisob kitoblarni to‘g‘ri amalga oshirilganligi ustida o‘tkaziladigan nazoratning mavjudligi
Naqd pulsiz hisob kitoblarda ishtirok etuvchi tomonlarning mulkiy javobgarligining mavjudligi.
Xalqaro bank amaliyotida naqd pulsiz hisob kitoblarning 4 shaklidan foydalanadi: To‘lov topshiriqnomalari; Cheklar; Hujjatlashtirilgan akkreditivlar; Inkasso.
To‘lov topshiriqnomalarida tovarlar summasining ma’lum qismini oldindan to‘lab qo‘yish qo‘llaniladi. Bunda sifatsiz tovarlar etkazib berish va tovarlarni vaqtida etkazib bermaslik riski yuzaga keladi.
Evropa davlatlarida va AQSHda naqd pulsiz hisob kitoblarda tijorat banklarining kafolarlaridan foydalaniladi. Tijorat banki beradigan kafolatning 2 turi mavjud:
Mijozning to‘lov majburiyatlari bo‘yicha beriladigan kafolat.
Etkazib beriladigan tovarlarning sifati bo‘yicha beriladugan bank kafolati.
Taraqqiy etgan mamlakatlarda yuridik shaxslar o‘rtasidagi hisob kitoblarda hisob kitob cheklari keng qo‘llaniladi.
Agar sotib oluvchining joriy hisob raqamida pul mablag‘lari bo‘lmasa chek qaytariladi. CHunki chek summasi taraqqiy etgan davlatlarda depozit qilinmaydi.
Evropa taraqqiyot va tiklash banki eksperti N. Akamatsuning tadqiqotlari ko‘rsatdiki, Evropa va AQSHda cheklar bo‘yicha to‘lovsizlik muammosining mavjud emasligi tijorat banklari kreditlari hisobidan cheklarning to‘lanayotganligi bilan izohlanadi. Hisob kitob cheklarining asosiy kamchiligi to‘lovning kafolatlanmaganligidir. Hisob kitob cheklarining avzalligi – tovarlarning sotilishini tezlashtiradi.
Hujjatlashtirilgan akkreditivning 5 ta asosiy shakli mavjud:
1. CHaqirib olinadigan akkreditivlar – bu akkreditiv uni ochgan bank tomonidan istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin.
2. CHaqirib olinmaydigan akkreditivlar – bu akkreditivlar bekor qilinib bo‘lmaydi
3. Tasdiqlanadigan akkreditivlar - bu akkreditivlar 3-bank tomonidan tasdiqlanadi. Odatda kichik banklar tomonidan katta summaga ochilgan akkreditivlarni yirik banklar tan olmaydi. SHunda ular bu akkreditivni 3-bank tasdiqlashini talab qiladi.
4. Tasdiqlanmaydigan akkreditiv
5. Ta’minlangan akkreditivlar- bu shaklda O‘zbekistonda keng qo‘llaniladi. Bunda akkreditiv summasi mijozning joriy hisob raqamidan olinib, alohida schyotda deponent qilinadi.
Hozirgi vaqtda dunyo amaliyotida chaqirib olinmaydigan akkreditivlar keng qo‘llaniladi.