“
Fermerlar maktabi” o‘quv kursi (suhbat) uchun
NAMUNAVIY SAVOLLAR
to‘plami
Layoqati, malakasi, motivatsiyasi, rejalari va tajribasi
1-savol: Ikki oy davomida intensiv o‘qish va amaliy tajriba orttirishga tayyormisiz?
2-savol: Agro sohada oxirgi marta qachon va qanday kitob o‘qidingiz?
3-savol: Siz OTMdagi o‘qishingiz bilan Fermerlar maktabidagi o‘qishni bir vaqtda qanday o‘zlashtirmoqchisiz?
4-savol: Siz joriy ishingiz bilan Fermerlar maktabidagi o‘qishni bir vaqtda qanday o‘zlashtirmoqchisiz?
5-savol: Siz markaz (shahar)da yashar ekansiz, ushbu o’quv kursini yakunlagach fermer xo‘jaligida ishlash yoki agrar sohada o‘z ishingizni boshlashga qanchalik imkoniyatingiz bor?
6-savol: Nima uchun Fermerlar maktabi o‘quv kursida o‘qish uchun salohiyatim yetarli deb o‘ylaysiz?
7-savol: Qanday kuchli jihatlaringiz haqida so‘zlay olasiz?
8-savol: Siz faxrlanadigan eng katta yutug‘ingiz nima?
9-savol: Qishloq xo‘jaligida qanday ijodiy (kreativ) yechimlarni taklif eta olasiz?
10-savol: Hayotingizda muammoni noodatiy usul bilan hal qilgan paytlaringiz bo‘lganmi?
11-savol: Sizni bu loyihada qatnashishga nima undadi?
12-savol: Nega o‘zingizni shu loyihada qatnashishga loyiqman deb hisoblaysiz?
13-savol: Kurs yakunlangach hozirgi asosiy ish joyingizni (kasbingizni) tashlab (masalan hozir o‘qituvchi ekansiz), fermerlik bilan shug‘ullanishni boshlash niyatingiz bormi?
14-savol: Fermerlar maktabi o‘quv kursi bitiruvchilariga imtiyozlik kredit uchun sertifikat berilmaydigan bo‘lsa, sizni o‘qishga undaydigan boshqa omillar bormi?
15-savol: O‘qishni bitirgach qaysi yo‘nalishda faoliyat boshlamoqchisiz?
16-savol: O‘qishni bitirgach qaysi yo‘nalishda faoliyatni davom ettirmoqchisiz?
17-savol: Agar siz imtiyozlik kreditga ega bo‘lsangiz, uni qaysi agro sohada tadbirkorlik qilish uchun foydalangan bo‘lardingiz?
18-savol: Shahar sharoitida tanlangan yo‘nalishlar bo‘yicha ish boshlash imkoniyatingiz bormi? Yoki qaysi tumanda ish boshlashni rejalashtirmoqdasiz?
19-savol: Siz oldin .... bilan shug‘ullangan ekansiz, shu to‘g‘risida ma’lumot bersangiz?
20-savol: Avval olgan kreditingiz va undan qanday foydalanganingiz haqida gapirib bersangiz?
21-savol: Sizningcha bank krediti qanchalik sizni ishingizni boshlashga yordam beradi?
22-savol: Avval agrar sohadagi faoliyat uchun kredit olmagan ekansiz, hozir kredit olsangiz undan qanday foydalanmoqchisiz?
23-savol: Axborot-kommunikatsion texnologiyalarning agrar sohani rivojlantirishda qanday ahamiyati bor deb hisoblaysiz?
24-savol: Sizningcha axborot-kommunikatsion texnologiyalari agrar sohadagi qanday muammoni hal etishi mumkin?
25-savol: Fermerlar va qishloq xo‘jaligi tadbirkorlari uchun xizmat qiladigan qanday veb-sayt yoki mobil ilovalarni bilasiz?
26-savol: Kundalik hayotingizda internetdan nima maqsadlarda foydalanasiz?
27-savol: Kompyuterdan foydalanishni bilasizmi? Qanday dasturlarda ishlay olasiz? Masalan, Power Point dasturida taqdimot yarata olasizmi yoki MS Excel dasturidan nima maqsadlarda foydalanish mumkin
28-savol: Siz o’z tanlov yo’nalishingiz bo’yicha loyihani amalga oshirish uchun yer maydoni mavjudmi?