Chorvachilik
1-savol: Sizga chet mamlakatdan naslli mol olib kelish topshirig‘i berilgan bo‘lsa, qanday zotni va qaysi davlatni tanlar edingiz?
2-savol: Agarda sizning chorvangiz uchun ozuqa baza yetarli bo‘lmasa, siz qanday yo‘lni tanlagan bo‘lardingiz?
3-savol: Qoramolchilikda yuksak natijalarga erishish uchun sigirlarni qaysi yo‘l bilan qochirish maqsadga muvofiq deb hisoblaysiz tabiiy yoki sun’iy?
4-savol: Qoramolchilikda yuksak natijalarga erishish uchun ularning ozuqa ratsioniga qanday ozuqalarni kiritgan bo‘lar edingiz?
5-savol: Qoramolchilik fermalarida yaratilgan sharoitlardan qaysilari hayvon ehtiyoji uchun muhim deb o‘ylaysiz?
6-savol: Chorvachilikning qaysi tarmog‘ini rivojlantirish maqsadidasiz va kutiladigan natija qanday bo‘ladi?
7-savol: Sigirlarning sut mahsuldorligi yuqori bo‘lishi nimaga bog‘liq bo‘ladi?
8-savol: Chetdan keltirilgan naslli qoramol bilan mahalliy qoramolning o‘rtasida nima farq bor?
9-savol: Qoramolchilikni xalq xo‘jaliklarida tutgan o‘rni qanday ?
10-savol: Sigir sutinining odam organizmi uchun ahamiyati qanday ?
11-savol: Qoramollarning laktatsiya davri qancha kun?
12-savol: «Bushuyev» qanday zot va qayerda yaratilgan?
13-savol: Qoramollarning biologik xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz ?
14-savol: Qoramollarni urug‘lantirish usullari.
15-savol: Sun’iy urug‘lantirish usullarni ayting?
16-savol: Qoramollarni o‘sishini o‘rganish uchun qanday usullardan foydalaniladi?
17-savol: Zot deb nimaga aytiladi?
18-savol: Podani qayta tiklash deganda nima tushuniladi?
19-savol: O‘zbekiston hududida qanday qoramol zotlari urchitiladi?
20-savol: Bonitirovka deb nimaga aytiladi?
Parrrandachilik
1-savol: Kurkalarni bo‘rdoqilashda qanday saqlash usullaridan foydalaniladi?
2-savol: Bedanalar go‘shtbop qilib necha kun boqiladi?
3-savol: G‘ozlar go‘shtbop qilib necha kun boqiladi va necha kilogramm tirik vaznga yetkazilib go‘shtga topshiriladi?
4-savol: Qishloq xo‘jalik parrandalarni tullash davrini boshlanishida tanasida qanday o‘zgarishlar va qaysi ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanadi?
5-savol: Tovuq tuxumlarini inkubatsiyalash davrida inkubatorlarni isitgich xonalarida issiqlik havo harorati necha gradusni tashkil etishi kerak?
6-savol: Qishloq xo‘jalik parrandalari tuxumlarini sun’iy inkubatsiyalashda zamonaviy qanday markali inkubatorlardan foydalanilmoqda?
7-savol: Parrandalar ratsionida qaysi turdagi oziqalar ko‘p miqdorda bo‘lishi maqsadga muvofiq?
8-savol: Parrandalarni quruq omuxta yem bilan oziqlantirishning samaradorligi nimada?
9-savol: So‘yilgan parrandalarni pat va paridan tozalash uchun necha harorat suvda qancha vaqt saqlash kerak?
10-savol: Mahsuldorligi bo‘yicha parrandalar (tovuqlar) qanday yo‘nalishlarga tabaqalanadi?
11-savol: Sanoat parrandachiligida va parrandachilik xo‘jaliklarda iste’molli tuxum ishlab chiqarishda tovuqlar galasidan necha yil foydalanish maqsadga muvofiq?
12-savol: Qishloq xo‘jalik parrandalarining tana harorati bilan bog’lik biologik xususiyatlar?
13-savol: Jo‘jalarni jinsini aniqlashni qanday usullari mavjud va asboblardan foydalaniladi?
14-savol: Sanoat parrandachiligida va parrandachilik xo‘jaliklarida parranda go‘shti yetishtirishda go‘sht yo‘nalishdagi qanday krosslardan foydalanilmoqda?
15-savol: Bedanalar go‘shtbop qilib necha kun boqiladi va necha kilogramm tirik vaznga yetkazilib go‘shtga topshiriladi?
16-savol: Parrandalar uchun yemdon, suvdonlarni o‘lchovi va uni tayyorlashni tushuntiring?
17-savol: Kurka jo‘jalarini parvarishlash va oziqlantirish qoidalari?
18-savol: Xonalardagi ventilyatsiya va yorug‘likni davomiyligining ahamiyatini ayting?
19-savol: Inkubatsiyaga qo‘yilgan tuxumga bo‘lgan talablarni ayting?
20-savol: Parrandalarda uchraydigan kasalliklar, oldini olish tadbirlari va choralari?
Do'stlaringiz bilan baham: |