Tuzuvchi: А.Аbdullayev
Fanning ishchi o`quv dasturi “Ijtimoiy madaniy faoliyat va musiqiy ta`lim” kafedrasining 2019 yil __ ________dagi “___” – son yig`ilishida muhokamadan o`tgan va fakul`tet Kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: _____________________ O.R. Topildiyev
Fanning ishchi o`quv dasturi “Pedagogika” fakul`teti Kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2019 yil ___ ______dagi “___”– sonli bayonnoma).
Fakul'tet Kengashi raisi: _______________ T.U. Abdullayev
Kelishildi:
O`quv-uslubiy boshqarma boshlig`i v.v.b: __________ Z.Mo’minov
О‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi о‘rni
“Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish asoslari” fani – talabalarga О‘zbekistonda madaniyat va san’atga e’tibor, madaniyat va san’at sohasi boshqaruviga oid nazariy, amaliy asoslar, xorijiy modellar, ilmiy-tarixiy tajribalar, madaniyat va san’at sohasida boshqaruv usullari va qarorlari, tizimdagi samaradorlik, transformatsion jarayonlar, zamon talablari, jahon standartlariga javob beradigan boshqaruv tizimining mohiyati va vazifalari haqida ma’lumotlarni mukammal egallashlari, о‘z bilimlarini oshirishlariga kо‘maklashadi.
О‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasi faoliyatini tashkil qilish va boshqarishning tashkiliy-huquqiy asoslari yaratilgan. Mavjud madaniyat markazlari, teatrlar, muzeylar, madaniyat va istirohat bog‘lari, madaniyat saroylari, havaskorlik va badiiy jamoalari, konsert tashkilotlar, yuzlab kutubxona-axborot muassasalarni boshqarish, bozor iqtisodiyoti sharoitida, bugungi talablar darajasida faoliyat yuritishi uchun mustahkam moddiy-texnika bazasi yaratilgani haqida tushunchalar beradi.
Harakatlar strategiyasida belgilangan ijtimoiy islohotlar madaniyat va san’at sohasini teran anglash, ushbu sohani boshqarish, keng jamoatchilik bilan ishlash, jumladan madaniyat muassasalari faoliyatini amalga oshirishda dasturilamal sifatida katta mazmun kasb etadi.
“Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish asoslari” fani “Ssenariynavislik va madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish”, “Madaniyat iqtisodiyoti”, “Madaniyat markazlari ishi”, “Parkshunoslik”, “Muzeyshunoslik” va “San’at menejmenti va marketingi” singari fanlar bilan о‘zaro bog‘liqlikda olib boriladi. Shuningdek, bu fan madaniyat va san’at sohasida kadrlar tayyorlashda ta’limning tarkibiy qismini tashkil etadi.
Fanda mavzular oddiydan murakkabga tamoyili asosida mantiqiy ketma-ketlikda keltirildi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib berilgan. Bunda mavzu bо‘yicha talabalarga DTS asosida yetkazilishi zarur bо‘lgan bilim va kо‘nikmalar tо‘la qamrab olishi, mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bо‘layotgan ijtimoiy-madaniy va demokratik о‘zgarishlar va boshqa sohalardagi islohotlarni ustuvor masalalarini qamrab olishi hamda fan va texnologiyalarning sо‘nggi yutuqlari e’tiborga olingan.
Ushbu dasturda madaniyat va san’at sohasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish tizimidagi islohotlar, sohaning rivojlanishdagi zamonaviy, tarixiy-ilmiy konsepsiyalari, madaniyat va san’at sohasi boshqaruvining ilmiy, nazariy maktablari, О‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasiga oid shiddatli islohotlar, boshqaruvning xorijiy va milliy modellari kabi qator dolzarb masalalar qamrab olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |