1.4. Korporativ tuzilmalarning tashkiliy shakllari
Xo‘jalik faoliyatini korporativ tashkil qilishning keng imkoniyatlari ularning afzalliklaridan foydalanishga asoslanib, korporatsiyalar yaratish variantlaridan foydalangan holda firmalararo munosabatlarni modellashtirish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Ularning asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatamiz:
Aksiyalar chiqarish orqali pul mablag‘lari jalb qilish kobiliyati cheklanmagan sonli investorlarning mablag‘larini jamlash imkonini va bu investorlarga jamiyatni boshqarishda ishtirok etishda ma’lum bir tanlov huquqini beradi.
Boshqariluvchanlik muammosini xal etilishi engillashadi. Tashiliy rasmiylashtirishning tugallanganligi, vakolatlar va javobgarliklarni aniqlashda reglamentga rioya qilish nazorat funksiyalarini aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organlari o‘rtasida taksimlash imkonini beradi, bu esa boshqaruv jarayonini professionallash imkoniyatini anglatadi.
Aksiyadorlar tarkibiga kirish va chiqishning soddalashtirilgan tarkibi manfaatdor shaxslarning urnini almashtirish uchun keng imkoniyatlar va mos ravishda, investitsiya taklifi dinamikasi yukori bulgan sharoitlarda yukori moslashuvchanlikni ta’minlaydi.
Cheklangan javobgarlik tamoyili risklarni kamaytirishga imkon beradi. Cheklangan javobgarlik tamoyilining kullanilishi risklarni aksiyadorlar va boshqaruvchilar o‘rtasida taksimlash orqali yirik korporatsiyalar yaratish imkoniyatini vujudga keltiradi.
Korporativ boshqaruvni uning xususiyatlari boshqaruv obyekti sifatida korporatsiyaning o‘ziga xosliklari bilan izoxlanadigan alohida bir turga ajratib, aksiyadorlar manfaatlarining ustuvorligi hamda ularning korporatsiyani rivojlantirish va boshqarishdagi roliga asoslangan, aksiyadorlarning uzaro aloka qilishini kuzda tutadigan (korporativ kommunikatsiyalar) mulkchilik huquqining amalga oshirilishini hisobga oladigan, butun korporatsiyani rivojlantirish strategiyasiga asoslangan va nixoyat, korporativ madaniyatni, ya’ni hulq - atvor tamoyillari, umumiy an’analar kompleksini vujudga keltiradigan boshqaruv sifatida tavsiflash mumkin.
Korporatsiyalar aktivlarni joylashtirish siyosatini o‘ziga qamrab oladi. Odatda har qanday xo‘jalik subyektlari ma’lum biznes turlari bo‘yicha mablag‘larini asosiy va aylanma aktivlarga investitsiya kiladi. Xozirgi kunda deyarli barcha kichik va yirik biznes korporatsiya shaklida tashkil qilingan. Misol uchun: BritishAirways, Nokia, Microsoft, Nestle, Sony, Unilever, Volkswagen va boshqalar.
Mamlakat qonunchiligida “korporatsiya” tushunchasi yuridik jihatdan mustahkamlab qo‘yilmaganligi sababli bu tushunchani talqin qilishda ikki xil ma’no kuzatiladi. Ayrim belgilar bo‘yicha korporatsiyalar qatoriga tijorat tashkilotlari hisoblangan va a’zolikka asoslangan barcha xo‘jalik subyektlari, boshqa belgilar bo‘yicha esa - faqat aksiyadorlik jamiyatlari kiritiladi. Biroq mamlakat iqtisodiy-huquqiy tizimida mohiyatiga ko‘ra kichikroq shartliliklar bilan, aynan aksiyadorlik jamiyatlari jahon xo‘jalik va huquqiy amaliyotida umumqabul qilingan korporatsiya tushunchasi bilan tenglashtiriladi. Aytib o‘tish kerakki, korporatsiya tushunchasii hozirgi sharoitlarda yana bir o‘ziga xos jihatni kasb etmoqda. U bir nechta yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan xo‘jalik subyektini belgilash uchun foydalanilib, ularning har birini boshqa mulkiy munosabatlarda birgalikda biznes yuritish, umumiy maqsadlar va manfaatlar, umumiy tashkiliy struktura bilan bog‘liq mustaqil iqtisodiy subyekt sifatida ko‘rib chiqish mumkin. 7
Do'stlaringiz bilan baham: |