Aktiv kapital - bu xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab iqarish quvvatidini aks ettiradi. Ular ikkita bo‘lim – asosiy va aylanma kapital ko‘rinishida buxgalteriya balansi aktivlarida rasmiy taqdim etiladi
Passiv kapital – bu uzoq muddatli mablag‘lar manbai bo‘lib, ular hisobiga xo‘jalik subyektining aktivlari shakllantiriladi.
Kapital bozorlarida resurslar jalb qilishning ikkita asosiy variantlari mavjud. Bular – ulush va qarz munosabatlarini ifodalovchi qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilish. Birinchi holatda kompaniya bozorga o‘z aksiyalarini chiqaradi, ya’ni qo‘shimcha aksiyalar sotish yoki ta’sischilar sonini ko‘paytirish orqali, yoki mavjud ta’sischilarning qo‘shimcha badallari evaziga mablag‘lar jalb qiladi. Ikkinchi xolatda esa kompaniya bozorga o‘z egalariga uzoq muddatli joriy daromad va tashkilot tomonidan o‘rnatilgan shartlar asosida qo‘yilgan kapitalni qaytarib olish olish imkoniyatini yaratuvchi muddatli qimmatli qog‘ozlarni (obligatsiyalar) chiqaradi va sotadi.
O‘z-o‘zini moliyalashtirish bilan taqqoslaganda kapital bozori aniq bir kompaniyani moliyalashtirish manbasi sifatida ishtirok etar ekan, uning imkoniyatlari nihoyatda kengdir. Agar potensial investorlarni rag‘batlantirish shartlari ma’qul bo‘lsa, investitsion talablarni kerakli darajalarda qondirish imkoniyatiga erishiladi. Ammo bularning hammasi nazariyaligicha qolaveradi, amaliyotda esa har qanday kompaniya ham kapital bozorlaridan korxona faoliyatini moliyalashtirishda qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish maqsadida foydalana olmaydi. Bozorlar faoliyati, bozor qatnashchilariga qo‘yilgan talablar ma’lum darajada ham davlat organlari, ham bozor mexanizmi tomonidan tartibga solinadi. Bunga muvofiq, davlatning roli moliyaviy va ishlab chiqarilgan kapitalning bir joyda jamlanib qolishiga to‘sqinlik qiluvchi antimonopol qonunchiliklarda o‘z aksini topadi.
Korxona faoliyatini moliyalashtirishning ikkita usuli kamchiliklardan xoli emas. Agar birinchi usulda (o‘zini moliyalashti-rish) jalb qilinadigan resurslar miqdor jihatidan chegaralangan bo‘lsa, ikkinchi usulda realizatsiya jarayoni chegaralangan va kichik va o‘rta biznes vakillari bu usuldan mablag‘lar jalb qilishda foydalana olmaydilar. Bu borada Bank krediti juda ma’qul ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Umuman olganda bank kreditining berilishi korxonaning ishlab chiqarish quvvatiga, foydaning barqarorligiga, korxona aksiyalarining kapital bozorida tarqalganlik darajasiga bog‘liq emas. Bularning barchasi faqat moliya bozorlarida mablag‘lar jalb qilishda hisobga olinadi. Bank kreditining yana bir qulayligi shundan iboratki, jalb qilinayotgan mablag‘lar miqdori nazariy jihatdan chegaralanmagan, kreditni rasmiylashtirish va olish qisqa muddatlarda amalga oshiriladi va hokazo. Bosh masala esa qanday qilib bankirni qulay shartlar asosida kredit berishga ishontira olishdir.
Budjetdan moliyalashtirish. Bu turli xil byudjet pog‘onalaridan mablag‘lar olinishini anglatuvchi, moliyalashtirishning eng qulay usullaridan biridir. Bu usulning qulayligi shundan iboratki, sovet hukumati davrida korxona rahbarlari bu mablag‘larning manbai deyarli tekinligiga o‘rganib qolishgan va olingan mablag‘lar aksariyat xollarda qaytarilmasdan qolib ketishi mumkin, ulardan foydalanish jarayoni kam nazorat qilinadi. Bir qator obyektiv sabablarga ko‘ra moliyalashtirishning bu manbasidan foydalanish imkoniyatlari borgan sari kamayib bormoqda.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida o‘zaro moliyalashtirish. Korxonalar o‘zaro xujalik munosabatlarini amalga oshirish jarayonida bir-birlariga turli xildagi mahsulotlar etkazib berishda to‘lovlarni kechiktirish hollari ham yuz beradi va buning natijasida o‘zaro moliyalashtirish xolati yuzaga keladi. Hisobotlarda “jonsizlashtirilshan” mablag‘larning miqdori sezilarli darajada bir qator omillarga, shu jumladan, bank tizimining ko‘pbo‘g‘inliligi va egiluvchanligiga (moslashuvchanligiga) bog‘liq. Moliyalashtirishning ushbu usulining boshqa usullardan eng katta farqi shundan iboratki, bu usul joriy faoliyatni qisqa muddatga moliyalashtirish tizimining tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi, o‘z navbatida boshqa usullar esa ko‘proq strategik ahamiyatga ega hislblanishadi.
Ikkinchi manba esa (kapital bozori) uni ishlab chiqarish va amalga oshirish (realizatsiya) qilishda katta xarajatlarni talab qiladi, bundan tashqari emissiya jarayonini tayyorlash va uni amalga oshirish ko‘p vaqtni talab qiladi. SHuning uchun ham bu usuldan mukammal tayyorgarlikdan so‘ng va korxona uchun strategik ahamiyatga ega loyixalarni amalga oshirish uchun zarur, katta miqdordagi kapitalni jalb qilishda foydalaniladi.
Moliya nazariyasi va umuman xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini moliyalashtirishda muhim tushunchalardan biri – bu kapitaldir. Bu kategoriyaga ta’rif berishda quyidagi 3 ta asosiy yondashuvni ajratib o‘tishimiz mumkin: iqtisodiy, buxgalteriya jihatdan yondashish, hisob-tahlil yondashuvi.
Iqtisodiy yondashuv doirasida jamiyating universal daromad manbalari bo‘lib hisoblanuvchi va resurslar mohiyatini keng miqiyos sifatida ko‘riluvchi kapitalning jismoniy konsepsiyasi amalga oshiriladi va quydagilarga ajratiladi: shaxsiy; xususiy; jamoa uyushmalari, shu jumladan, davlat. O‘z navbatida yuqorida keltirilgan kapital turlarini real (xaqiqiy) va moliyaviy turlarga ham ajratish mumkin. Real kapital ishlab chiqarish omili sifatida moddiy buyumlarda (binolar, asbob-uskunalar, transport vositali, xom-ashyo va xokazo) o‘z aksini topadi. Moliyaviy kapital esa o‘z aksini qimmatli qog‘qzlarda va pul mablag‘larida topadi. Bu konsepsiyaga asosan kapital miqdori buxgalteriya balansining aktivlari siqatida hisobga olinadi.
Hisob-tahlil yondashuvi mohiyatiga ko‘ra yuqoridagi ikkita yondashuvlar kombinatsiyasi sifatida ishtirok etadi va kapitalning jismoniy hamda moliyaviy konsepsiyalaridan foydalanadi. Bu xolatda kapital resurslarningtarkibiy qismi sifatida bir vaqtning o‘zida ikki tomonlama tavsiflanadi. Ular:
A) kapitalni joylashtirish yo‘nalishlari ( kapital mustaqil substansiya sifatida mavjud mo‘lmaydi va har doim biron bir jismoniy shakllarda saqlanadi).
B) kelib chiqish manbalari (qaerdan, kimdan olingan)
Daromadlar, xarajatlar, foyda hamda zarar tushunchalarining quyidai ta’riflari mavjud:
Daromadlar – bu subyektning ho‘jalik faoliyati natijasida, odatda, ijara haqi, foizlar, litsenziya to‘lovlari va dividentlar shaklida daromad keltiradigan faoliyat, ya’ni tovarlarning sotilishi, xizmatlarning ko‘rsatilishi yoki boshqa shaxslarning ho‘jalik suyu’ektining resurslaridan foydalanishi natijasida aktivlarning kelib tushishi yoki majburiyatlarning kamayishi orqali ro‘y beradigan iqttisodiy resurslarning ko‘payishidir.
Xarajatlar – bu aktivlarning kamayishi yoki foydani ko‘paytirish maqsadida xo‘jalik faoliyatidan kelib chiqadigan majburiyatlarni o‘z zimmasiga olish orqali ro‘y beradigan iqtisodiy resurslarning kamayishidir.
Foyda – bu xo‘jalik subyektiga ta’sir etadigan asosiy va asosiy bo‘lmagan faoliyat, hodisalar, sharoitlar kapitalining ko‘payishi bo‘lib, xususiy kapitalga to‘lanadigan badallar bundan mustasnodir.
Zararlar – bu asosiy faoliyat va barcha boshqa operatsiyalar, hodisalar, sharoitlar natijasida xususiy kapitalning kamayishi bo‘lib, xarajatlar yoki xususiy kapitalning taqsimlanishi natijasidagi kamayish bundan mustasnodir.
Daromadlar va xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot» tarkibida aks ettirilib, ular xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining hisobot davrdagi moliyaviy natijalarining foyda yoki zarar ekanligini aniqlash uchun ishlatiladi. Foyda (zarar) daromadlar va xarajatlarni bir-biri bilan solishtirish natijasida aniqlanadi, ya’ni:
Do'stlaringiz bilan baham: |