qimmatli qog‘ozlarning
bozor qiymati
deb e’tirof etiladi.
Jamiyat tomonidan olinayotgan mol-mulk (ko‘chmas mulk, qimmatli
qog‘ozlar, moddiy aktivlar va boshqalar)ning qiymati quyidagi tartibda aniqlanadi:
a) agar Jamiyat tomonidan olinayotgan mol-mulkning qiymati shartnoma
tuzishilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha
300 AQSH dollari mikdoridagi summadan ortmasa, bitim tahlil o‘tkazish va tijorat
takliflarini tanlash va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma imzolash yo‘li bilan tuzishiladi;
b) agar olinayotgan mol-mulkning qiymati 300 AQSH dollaridan 100 000
AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdordagi summani tashkil etsa, bitim birja
savdosida birja savdolarida shakllangan narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi;
v) agar Jamiyat tomonidan olinayotgan mol-mulkning qiymati 100 000
AQSH dollaridan 5 mln. AQSH dollarigacha teng bo‘lgan summani tashkil etsa,
Jamiyat tashkil etadigan tender komissiyasi tomonidan xaridlar bo‘yicha tender
o‘tkaziladi;
g) agar mol-mulkni xarid qilish investitsiya loyihasi doirasida amalga
oshirilsa va Jamiyat tomonidan olinayotgan mol-mulk 5 mln. AQSH dollariga teng
bulgan summadan ortsa, tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan tasdiqlanadigan idoralararo tender komissiyasi tomonidan xaridlar
132
bo‘yicha tender o‘tkaziladi;
d) agar mol-mulkni xarid qilish investitsiya loyihasi doirasida amalga
oshirilsa va Jamiyat tomonidan olinayotgan mol-mulk 10 mln. AQSH dollariga
teng bo‘lgan summadan ortsa, tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan idoralararo tender komissiyasi tomonidan
xaridlar bo‘yicha tender o‘tkaziladi va vakolatli organlar tomonidan ekspertiza
o‘tkazish hamda investitsiya loyihasining hujjatlarini tasdiqlash ishi amalga
oshiriladi.
Agar yirik bitim predmeti qarz, kredit, garov, kafillik hisoblansa, qarzni,
kreditni, garovni yoki kafillikni ta’minlovchi mol-mulkning bozor qiymati
aniqlanadi. Jamiyat buxgalteriyasi har chorakda hisobot davridan keyingi oyning
30-sanasidan kechiktirmay, Jamiyat sof aktivlarining balans qiymatini aniqlaydi va
Jamiyat Ijroiya organi, Ichki audit xizmati, Korporativ maslahatchi va Jamiyatning
tuzilmaviy bo‘linmalari rahbarlari e’tiboriga etkazadi. Jamiyat nomidan bitimlarni
tuzishishga jalb etilgan Jamiyatning tuzilmaviy bo‘linmalari rahbarlari bitimlarni
ekspertizadan o‘tkazadi va ushbu bitim yirik bitimga mos yoki mos emasligini
tekshiradi. Jumladan, tuzishilgan bitim kundalik xo‘jalik faoliyati jarayoniga
tuzishilganligi yoki aksi mansub emasligini tekshiriladi; bitim Jamiyatning
aksiyalari va boshqa qimmatli kog‘ozlarini joylashtirish hisobiga tuzishilgan yoki
tuzilmaganligini aniqlanadi; boshqa shaxsga berilayotgan mol-mulkning balans va
bozor qiymatini oxirgi hisobot sanasidagi buxgalterlik hisoboti ma’lumotlariga
asosan yirik bitimga muvofiqligi aniqlanadi; boshqa shaxsga berilayotgan mol-
mulkning balans va bozor qiymati yoki olinayotgan mol-mulkning qiymati oxirgi
hisobot sanasidagi buxgalterlik hisoboti ma’lumotlariga muvofiq Jamiyat sof
aktivlari balans qiymatining 15 foizidan ortishi yoki ortmasligi aniqlanadi.
SHundan so‘ng, tekshirilgan bitimda yirik bitim alomatlari aniqlansa Jamiyatning
ekspertiza o‘tkazayotgan tuzilmaviy bo‘linmalari rahbarlari Jamiyat ijroiya organi
rahbariga kutilayotgan bitim yirik bitimlar toifasiga kirishi to‘g‘risida
bildirishnoma, shuningdek, boshqaruvning qaysi organi ushbu yirik bitimni amalga
oshirish xuquqiga ega ekanligi to‘g‘risidagi xulosalarni taqdim etadi.
133
Jamiyat ijroiya organi rahbari esa yirik bitim belgilariga ega bitimni
huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun Jamiyatning yuridik xizmatiga taqdim
etadi. Jamiyatning yuridik xizmati ham yirik bitim belgilari bo‘yicha bitimni
ekspertizadan o‘tkazadi va tegishli xulosa taqdim etilgan taqdirda Jamiyatning
Ijroiya organi rahbari ushbu bitimni tasdiqlash masalasini Jamiyat boshqaruvi
muhokamasiga taqdim etadi. Jamiyatning yirik bitimlarni tuzish tartibiga rioya
etilishini nazorat qilish Ichki audit xizmati va Jamiyat taftish komissiyasi
tomonidan amalga oshiriladi. Jamiyat ichki audit xizmati Jamiyatning moliya-
xo‘jalik operatsiyalarini muntazam ravishda tekshirishda va Jamiyatning
kutilayotgan yirik bitimini Jamiyat ijroiya organi bilan birgalikda o‘rganishda
Jamiyatning yirik bitimlarni tuzish tartibiga rioya etilishi bo‘yicha joriy nazoratni
amalga oshiradi. Ichki audit xizmati tomonidan amaldagi qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda ma’qullanmagan yirik bitimlarni tuzish faktlarini aniqlasa
Ichki audit xizmati rahbari aniqlangan faktlar haqida Kuzatuv kengashiga va
Ijroiya organi rahbariga hisobot beradi. Jamiyatning boshqaruv organlari xilof ish
tutganlarga nisbatan tegishli choralar ko‘radi. Jamiyat taftish komissiyasi
Jamiyatning yirik bitimlarni tuzish tartibiga rioya etilishini kelgusida nazorat
qilishni amalga oshiradi. Jamiyat taftish komissiyasi hisobot choragida Jamiyat
tomonidan tuzishilgan shartnomalar va yirik bitimlarni har chorakda o‘rganadi,
hisobot choragida Jamiyatda yirik bitimlar mavjudligi, shuningdek qonun
hujjatlarining va Jamiyat ichki hujjatlarining bunday bitimlarni tuzishishga doir
talablariga rioya qilingan yoki qilinmaganligi to‘g‘risidagi xulosa tayyorlaydi.
Jamiyat taftish komissiyasi ushbu xulosani chorakda Jamiyat Kuzatuv
kengashining majlisiga taqdim etadi.
Jamiyat yirik bitimlar to‘g‘risidagi axborotni: yillik hisobotda muhim faktlar
asosida oshkor etadi. Jamiyatning hisobot davridagi yirik bitimlari to‘g‘risidagi
axborot, shu jumladan, bitim predmeti va summasi, bitimning kontragenti va yirik
bitimda emitentning kim (begonalashtiruvchi yoki oluvchi) ekanligi to‘g‘risidagi
axborot ushbu tartibning birinchi ilovasiga asosan yillik hisobotning bir qismi
hisoblanadi. (11.3.1-jadval)
134
Do'stlaringiz bilan baham: |