Nazorat savollari
1.
Korporativ boshqaruvning qanday modellari mavjud?
2.
Korporativ boshqaruvning Ingliz-amerika modeli qanday xususiyatlarga ega?
3.
Korporativ boshqaruvning yapon modeli qanday xususiyatlarga ega?
4.
Korporativ boshqaruvning nemis modeli qanday xususiyatlarga ega?
5.
Korporativ boshqaruvning o‘zbek modeli qanday xususiyatlarga ega?
6.
Korporativ boshqaruv modellarining qanday farqli jihatlari mavjud?
7.
Qaysi modelda investorlar eng asosiy ishtirokchi hisoblanadi?
8.
Qaysi model unitar model hisoblanadi va uning bunday nomlanishiga qanday
sabab mavjud?
9.
Qaysi model ikki pog‘onali (insayderlik) model hisoblanadi va bunga qanday
sabab mavjud?
10.
Qaysi model tarmoqli model hisoblanadi va unda asosiy ishtirokchi kimlar
hisoblanadi?
34
3 -MAVZU. GLOBALLASHUV SHAROITIDA TRANSMILLIY
KORPORATSIYALAR
3.1. Transmilliy korporatsiyalarning funksiyalari
Transmilliy korporatsiyaning strategik maqsadi foydani maksimallashtirish
sharoitlarini halqaro iqtisodiy munosabatlar siyosatini shakllantirish orqali
yaratishdan iboratdir. Mazkur omil integrallashgan halqaro ishlab chiqarish
tizimini yaratishga imkoniyat beradi. BMT eskpertlarining baholashi bo‘yicha
transmilliy korporatsiyalar xalqaro ishlab chiqarish tizimida 30 foiz ulushni tashkil
etadi.
Transmilliy korporatsiya – bu xalqaro firma bo‘lib, u tashkil topgan
mamlakatdan tashqari bir nechta mamlakatlarda filiallarga ega. TMK foydani
hamda bozor hajmini maksimallashtirish natijasida oxirgi samarali natijaga ega
bo‘lish maqsadida qarorlarni qabul qilishning yagona mexanizmi asosida filiallarni
boshqaradi.
Transmilliy korporatsiyalarni tashkil etish orqali milliy sanoat korxonalari,
bank va sug‘urta xizmatlari, boshqa xizmat ko‘rsatish soha korxonalarining
xalqaro faoliyatini kengaytirishga erishiladi. Bunday korporatsiyalarni tashkil etish
orqali milliy kompaniyalar xorijiy mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatishi, xorijiy
kompaniyalar va firmalar, bank, sug‘urta va boshqa xizmat ko‘rsatish sohasidagi
kompaniyalar bilan xalqaro aloqalarni o‘rnatishni soddalashtiradi. Transmilliy
korporatsiya shunday xususiyatga egaki, unda boshqa mamlakatlardagi firmalar
jalb etish orqali kapitalni qo‘shilishi, qo‘shma korxonalarni tashkil etilishi, xorijiy
banklarning moliyaviy resurslarini jalb etish, xorijiy sanoat korxonalari va banklari
bilan mustahkam uzoq muddatli aloqalarni o‘rnatilishi kabi ijobiy xususiyatlari
mavjud.
Transmilliy korporatsiyalar quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
– ishlab chiqarish va kapitalni xalqaro miqyosda rivojlantirish;
– xalqaro mehnat taqsimotida milliy kompaniyalarning ishtirokini
faollashtirish;
35
– rivojlangan davlatlarning investitsiyalarini jalb etish;
– mahalliy bozorlardagi mavjud talablar asosida ishlab chiqarishni yo‘lga
qo‘yish;
– xalqaro miqyosda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish natijasida
mahsulotning hayotiy siklini uzaytirish, ma’naviy eskirganda esa xorijiy filiallarga
ishlab chiqarish uchun berilgan litsenziyalarni sotish;
– yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, ishbilarmon faollikni rivojlantirish;
– mamlakatga xorijiy kapitallarni kirib kelishi va hajmi oshishi;
– to‘lov balans holatini yaxshilanishi;
– aholi bandligini o‘sishi;
– TMK filiallaridagi ishchi va xizmatchilarning turmush darajasini oshishi;
– mahalliy kadrlarning malakalarini oshishi;
– mamlakat iqtisodiyotiga TMKlarni joriy etish orqali siyosiy islohotlarni
o‘tkazishni rag‘batlantirish;
– mamlakatning eksport potensialini mahalliy ishlab chiqarilgan
mahsulotlarni jahon bozorlariga olib chiqish orqali yaxshilash.
Bir vaqtning o‘zida TMK salbiy jihatlarga ham ega, ya’ni:
– mamlakatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirishda aks ta’sir ko‘rsatishi;
– monopol narxlarni o‘rnatish, o‘z shartlarini qo‘yish, qabul qiluvchi
mamlakatlarning qiziqishlarini cheklab qo‘yish;
– ustanovlenie monopolnыx sen, diktat usloviy, uщemlyayuщiy interesы
prinimayuщix stran;
– xorijiy davlatlarga yuqori malakali kadrlarni ketib qolishi;
– ekologik ifloslantiruvchi ya’ni foydali qazilmalarni qayta ishlamasdan
xom ashyo sifatida eskport qilinishi.
TMK bugungi kunda iqtisodiy va intellektual qudratli ko‘p tarmoqli
kompaniya bo‘lib, tashkiliy filialli tizimdan iborat, yuqori darajada markazlashgan,
bunday korporatsiyalarga xalqaro hududiy va tarmoqli kapitalning harakati xosdir.
Bir tomondan ushbu korporatsiyalar xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantiradi,
boshqa tomonda esa bunday aloqalarga ta’sir ko‘rsatadi. TMKlarning faoliyati
36
iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohlaraga ham ijobiy, ham salbiy ta’sirlar ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |